Termiz davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi
I BOB.AQSHGA UMUMGEOGRAFIK TAVSIF
Download 270.5 Kb.
|
Amerika Qo`shma Shtatlarining turizm geografiyasi
I BOB.AQSHGA UMUMGEOGRAFIK TAVSIFAQSHning iqtisodiy geografik tavsifi. AQSH Shimoliy Amerikaning qoq markazida joylashgan jahonning eng yirik davlatlaridan hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 3718 kv. milya ya’ni 9631 kv. kilometrni tashkil qiladi. AQSH aholi soniga ko’ra ham dunyoda yetakchi o’rinda turadi. 2007-yil so’nggi ma’lumotlariga ko’ra aholi soni 301,139,947 ni tashkil qiladi. aholi o’sish ko’rsatkichi esa ancha past – 0.9%. Poytaxti – Vashington DC shahri (570,898 kishi). Amerika Qo’shma Shtatlarida 50dan ortiq shtatlar mavjud va har bir shtat o’zining gerbi, bayrog’I, madhiyasiga egadir. Yirik shaharlariga Nyu-York, Los-Anjeles, Chikago, Hyuston, Filodelfiya, San Diego, San Antonio, Dallas va Detroit kiradi (2003). Pul birligi – AQSh dollari. AQShida mahalliy til ingliz tili (82%) bo’lishi bilan birga mamlakatning janubiy qismlaida aholining ko’p qismi ispan tilida (11%) so’zlashadi (2000). Etnik jihatga ko’ra oq tanli aholi 75.1%ni tashkil qilsa, qora tanlilar esa 12.3%dir. Aholining 10 mlndan ko’proq qismi osiyoliklar, deyarli 2.5 mln Amerika hindulari va Alyaska mahalliy aholisi, 15 mlnga yaqini esa boshqa irq vakillari tashkil qiladi. AQShda protestantlar 52%, katoliklar 24%, musulmonlar esa 15%dir (2002). Aholining savodxonlik darajasi 97%ni tashkil etadi (1979). AQSHning davlat boshqaruv tizimi – federal respublikadir. Prezident 4yilga saylanadi va 1marta qayta saylanish imkoniga egadir. AQSH geografik o’rni va aholisi, Amerika Qo`shma Shtatlari Shimoliy Amerika qit`asida joylashgan bo`lib, maydonining kattaligi bo`yicha dunyoda Rossiya, Kanada va Xitoydan keyin to`rtinchi o`rinni egallaydi. Uning maydoni 9,4 mln. km2 ga yaqin bo`lib, hududiy jihatdan 3 qismdan iborat: 1. Asosiy qism. Butun hududning 84%ini egallaydi. Sharqdan g`arbga 4,5 ming, shimoldan janubga salkam 3 ming km. ga cho`zilgan. Shimoldan Kanada, janubdan Meksika, sharqdan Atlantika va g`arbdan Tinch okeani bilan o`ralgan. 2. Alyaska hamda Aleut orollari (1,5 mln. km2 ). Mamlakat hududining 16%ini tashkil etadi.Alyaska Kanadaning shimoli-g`arbiy qismi bilan chegaradosh. 3. Gavayi orollari (16,7 ming km2 ). U Tinch okeanida, qirg`oqdan 3200 km uzoqlikda joylashgan 24 oroldan iborat arxepelag bo`lib, mamlakat hududining 0,2% ini tashkil etadi. Maydoni – 9 519 431 kv.km (4-o’rin) Aholisi – 324,2 mln. kishi (3-o’rin) Poytaxti – Vashington shahri Davlat tuzumi – federativ respublika Mustaqillik kuni– 4 iyul 1776 yil (3 sentyabr 1783 yil) SHiori – Ollohga ishonamiz! (1956 yildan) – In god we trust! an’anaviy – Ko’plikdan birlikka! – E pluribus unum! YaMM – 17,419 trln. AQSH dollari Aholi jon boshiga YaMM – 55805 AQSH dollari AQShning geografik o`rni tarixning barcha bosqichlarida mamlakatning rivojlanishiga qulaylik yaratgan. Bu, avvalo, dengiz chegaralarida (12 ming km) ajoyib tabiiy bandargohlarning mavjudligi, ayniqsa mamlakat hududining Atlantika va Tinch okeanlari orasida joylashganligi bilan bog`liq. Kanada bilan quruqlik chegaralari ham tabiiy chegaralar, ya`ni daryo va ko`llar orqali o`tadi va savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga qulayliklar tug`diradi. Davlat tuzumigako`ra, AQSh 50 shtat hamdaalohida federal okrugdan iborat federativ respublikadir. Har bir shtat o`z konstitutsiyasiga, qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat organlariga, saylab qo`yiladigan gubernatoriga, shuningdek, o`z ramziy belgisiga ega. Kolumbiya federal okrugi hududida mamlakat poytaxti – Vashington shahri joylashgan bo`lib, unda 600 ming aholi yashaydi. AQSH tomonidan boshqariladigan bir qator hududlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat: AQSH hududlari: Virgin orollari, Puerto-Riko, SHarqiy Samoa. Harbiy baza hududlari: Guam, Miduey, Jonston va Send, Pal’mira, Jarvis, Kingmen-Rif, Xoulend, Beyker, Navassa. AQSHning ikki tashqi qo’shnisi mavjud bo’lib, bu davlatlarning har ikkisi ham uning siyosatini to’liq qo’llaydi. Uch davlat NAFTA tashkiloti tarkibiga kiradi. Bu esa uning siyosiy qo’shnichilik holatining ijobiy xususiyati bo’lib hisoblanadi. Kanada (asosiy quruqlikda 64160 km.lik chegara + 2477 km.lik Alyaska yarim orolidagi chegara) va Meksika (3326 km) oralig’idagi chegara hududlar asosan tabiiy geografik ob’ektlar (tog’lar, daryo va ko’llar) orqali o’tgan. Bu holat qo’shni davlatlar bilan deyarli tabiiy to’siqlarsiz aloqa o’rnata olishlariga imkon beradi. AQSHning suv hududlari orqali bitta qo’shnisi mavjud – Bering bo’g’ozi yonida joylashgan Ratmanov va Kruzenshtern orollari oralig’idan Rossiya – AQSH chegaralari o’tadi. AQSH aholisi soniga ko’ra jahonda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o’rinda turishi hammaga ma’lum. Aholi soni shakllanishida immigratsiya katta ahamiyatga ega. Agar davlat hududi endi o’zlashtirilayotgan davrda bu yerga asosan yevropaliklar kelib o’rnashgan bo’lsa, keyingi davrlarda jahonning barcha mintaqalaridan migrantlarning ko’chib kelishi kuzatilmoqda. SHu sababli migratsion sal’do 3‰ ga teng. Aholining yillik tabiiy ko’payish darajasi ancha past – 5‰. Tug’ilish darajasi 13‰ bo’lgan holda o’lim koeffitsienti 8‰ni tashkil qiladi. Tug’ilish koeffitsientining yuqori ko’rsatkichi asosan migrantlar orasidagi yuqori tabiiy o’sish ko’rsatkichlari sababli yuzaga kelgan. Buning natijasida uning yosh tarkibida bolalar – 19%, kattalar – 67%, qariyalar – 14%ni tashkil qiladi. Barcha iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar kabi AQSHda ham aholi o’rtacha umr ko’rish darajasi yuqori. Aholi o’rtasida o’rtacha umr ko’rish darajasi 79 yoshga teng bo’lib, ayollarda bu ko’rsatkich 81, erkaklarda esa 76 yoshni tashkil qiladi. Milliy tarkibida amerikanlar – 81,7%, afro-amerikanlar - 12,9%, osiyoliklar – 4,2%, tub aholi – 1%, boshqalar – 0,2%ga teng. Diniy tarkibida xristian dini katta salmoqni tashkil qiladi (protestantlar – 51,3%, katoliklar – 23,9%). Bundan tashqari, aholi orasida iudaistlar (1,7%), buddistlar (0,7%), musulmonlar (0,6%), ateistlar (4%) va turli din vakillari (17,8%) ham istiqomat qiladi. Aholi AQSH hududi bo’ylab notekis taqsimlangan. O’rtacha zichlik 1 km2 ga teng bo’lib, bu ko’rsatkich shimoliy sharqiy shtatlarda ancha yuqori, shimoliy shtatlarda esa past ko’rsatkich kuzatiladi. Aholisining 81% shaharlarda istiqomat qiladi. N’yu-York, Los-Anjeles, CHikago, X’yuston, Filadelfiya eng yirik millioner shaharlar bo’lib hisoblanadi. Urbanizatsiya jarayonining rivojlanganligi natijasida bu yerda SHimoli-sharqiy (Bos-Vash), Ko’lbo’yi (CHipits), Kaliforniya (San-San) megalopolislari shakllangan. Download 270.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling