Termiz davlat universiteti


I.2. II GURUH ANIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI


Download 161.13 Kb.
bet12/25
Sana29.12.2021
Hajmi161.13 Kb.
#183733
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Namuna kurs ishi

I.2. II GURUH ANIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI

(Cl-, Br-, J-, CNS-, S-2)

Guruh reagenti AgNO3 bo‘lib, suvda va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydigan oq cho‘kmalarni hosil qiladi.

Cl- XLORID IONINING ANALITIK REAKSIYALARI

Kumush nitrat bilan reaksiyasi. Kumush nitrat xlorid ioni bilan AgCl oq cho‘kmasini hosil qiladi. Bu cho‘kma konsentrlangan ammiak, ammoniy karbonat va natriy tiosulfatda eriydi:

Cl- + Ag+ = AgCl

AgCl+ 2NH3 = [Ag(NH3)2]+ + Cl-

AgCl+ 2NH4+ + 2CO32- = [Ag(NH3)2]+ + Cl- + 2HCO3-

AgCl+ 2S2O32- = [Ag(S2O3)2]3- + Cl-

Kumushning ammiakatli komplekslariga konsentrlangan nitrat kislotasi ta’sir ettirilsa, AgCl oq cho‘kmasining hosil bo‘lishi kuzatiladi:



[Ag(NH3)2]+ + Cl- + 2H+ = AgCl + 2NH4+

Kaliy yod ta’sirida esa bu eritmalarda AgJ sariq cho‘kmasining hosil bo‘lishi kuzatiladi:



[Ag(NH3)2]+ + J- = AgJ + 2NH3

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 2-3 tomchi natriy xlorid eritmasidan solib, ustiga 3-5 tomchi kumush nitratdan tomizing. Bunda oq cho‘kmaning hosil bo‘lishini kuzating. Cho‘kmaga 5-10 tomchi konsentrlangan ammiak eritmasi yoki ammoniy karbonatdan qo‘shing. Cho‘kmaning erishini kuzating. Keyin esa probirkadagi cho‘kmani 2 qimsga bo‘ling va birinchisiga 5 tomchi konsentrlangan nitrat kislotasi, ikkinchisiga esa 5 tomchi kaliy yod eritmasidan tomizing. Bunda ikkala probirkada cho‘kmalarning hosil bo‘lishini kuzating.


Download 161.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling