Термиз давлат университети


Download 42.62 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi42.62 Kb.
#1780331
Bog'liq
IXTISOSLIK TERMINLARI USTIDA ISHLASH.


IXTISOSLIK TERMINLARI USTIDA ISHLASH.


REJA:

  1. Ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi faniga kirish.


2. Fanni o‘qitishning maqsadi, vazifalari, ixtisoslik fanlari va ularning o‘ziga xosliklari.

3. Fan bo‘yicha talabaning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish masalasiga alohida e’tibor berilgan. Albatta, sekin-astalik bilan bo‘lsada, ta’lim jarayoniga qator yangi pedagogik texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Biroq, bu borada hali hal etilishi lozim bo‘lgan bir qancha muhim muammolar borki, ular pedagogik olimlarimizning zimmasiga ulkan mas’uliyatlar yuklaydi.


Hozirda o‘qituvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik mahoratga, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur bilimlarga ega bo‘lishi, ta’lim-tarbiya ishlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan samarali foydalanishi davr talabi hisoblanadi.
Yosh avlodning har tomonlama yetuk, bilimli, yuksak ma’naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bo‘lib yetishishini ta’minlash yo‘lida amalga osho’rilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bo‘g‘ini sifatida pedagog xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash bo‘yicha yuksak mahoratga ega bo‘lishlarini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga osho’rish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risida"gi konun va kadrlar tayyorlash Milliy dasturini bajarish ko‘p boskichli o‘kuv tizimiga o‘tish, malakali bakalavrlar tayyorlash oliy va o‘rta ta’lim tizimida ishlayotgan professor-o‘qituvchilar zimmasiga ulkan ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi. (5)
Bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligi shundaki, ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish hamda ixtisoslik fanlarini o‘qitishning maqsad va mazmunini belgilab olishni nazarda tutadi.
Bitiruv malakaviy ishi ko’rish, adabiyotlar tahlili, beshta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishining ko’rish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ish obyekti va predmeti, ishning metodlari hamda ishdagi yangiliklar yoritilgan.
Mavzuning birinchi bandida o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan, ikkinchi bandida o‘quv fani va uni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq bo‘lgan pedagogik texno-logiyalarni tanlash yoritilgan, uchunchi bandida yerga asosiy ishlov berish mashinalari ma’ruza mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli va texnologik haritasi ishlanmasini o‘qitishning faol usullari asosida ishlab chiqilgan, to‘rtinchi bandida yerga asosiy ishlov berish mashinalari mavzusini modul texnologiyasi asosida o‘qitish tahlili berilgan, beshinchi bandida yerga asosiy ishlov berish mashinalari darsida zamonaviy pedtexnologiyalardan foydalanish usullari yoritib berilgan.
Yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashto’rish va tadbiq etishga qobilyatli, qabul qilinayotgan qarorlarga ongli munosabatda bo‘ladigan va javobgarlik hissini seza oladigan ijodiy faol, malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashlash muommosining dolzarbligi bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini Ixtisoslik o‘quv fanlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish (“Don ekinlarini o‘rib-yig‘ib olish mashinalari” mavzusini o‘qitish misolida) deb nomlashga asos bo‘ldi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishimizning quyidagi maqsad va vazifalarini belgilab oldik:
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Mehnat ta’limi fanidan o‘quvchilarni qishloq xo‘jaligi mehnatiga samarali tayyorlashga imkon beruvchi o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanib, ularda boshoqli ekinlarning agrobiologik xususiyatlari, mashina bilan o‘rib olishga yaroqliligi, qo‘yilgan agrotexnik talablar, mashinaning tuzilishi, tasnifi hamda ishlashi haqida boshlang‘ich tushuncha, bilim va ko‘nikmalarni shakllanto’rishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha ilmiy pedagogik adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ilmiy-amaliy jurnallar materiallarni o‘rganib, tahlil qilish;
Mehnat talimi fanidan qishloq xo‘jalik asoslari bo‘limining “Don ekinlarini o‘rib-yig‘ib olish mashinalari” mavzusini samarali tayyorlashga imkon beruvchi o‘qitishning zamonaviy usullarini aniqlash va ta’lim jarayonida qo‘llash;
ta’limning zamonaviy o‘qitish shakllarini muqobillashtiruvchi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganib tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishi obyekti: Mehnat talimi fanidan o‘quvchilarni qishloq xo‘jaligi mehnatiga samarali tayyorlashga imkon beruvchi o‘qitishning zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlash jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishi predmeti: o‘quvchilarga qishloq xo‘jalik asoslari bo‘limini o‘qitishning mazmuni.
Bitiruv malakaviy ishi metodlari: o‘qitishning frontal, og‘zaki individual, kuzatishlar va tajribalarni tahlil qilish va boshqarish.
Bitiruv malakaviy ishidagi yangilik: ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish imkonini beradi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy axamiyati: ish natijalaridan mehnat ta’limi o‘qituvchilari, kasb-xunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va o‘quv-ishlab chiqarish ustalari, 5112100- mehnat ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda shu yo‘nalishda ilmiy tadqiqot olib borayotgan xodimlar amalda foydalanishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining hajmi: ko’rish, adabiyotlar tahlili, beshta qismdan, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan, ilovalar va 57 sahifadan iborat.
Hozirda o‘qituvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik mahoratga, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur bilimlarga ega bo‘lishi, ta’lim-tarbiya ishlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan samarali foydalanishi davr talabi hisoblanadi.
Yosh avlodning har tomonlama yetuk, bilimli, yuksak ma’naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bo‘lib yetishishini ta’minlash yo‘lida amalga osho’rilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bo‘g‘ini sifatida pedagog xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash bo‘yicha yuksak mahoratga ega bo‘lishlarini ta’minlash bitiruv malakaviy ishimizning asosi hisoblanadi va biz quyida tahlil qilgan adabiyotlarda uning mazmunini beramiz:
1.I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. — T.: «Ma’naviyat», 2008. 61-bet. Darslikda I.A.Karimovning quyidagi fikrlari yaqqol ifoda etilgan:
«Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi Asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umumiy masaladir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargoxlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzand-larimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan keib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi». (1)
Ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini osho’rish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidentimizning yuqoridagi so‘zlari ibratlidir.
2. M.Shoumarova, T.Abdillayev - Qishloq xujaligi mashinalari. Toshkent, «ukituvchi», 2002. 3-24 betlar.(28)
Darslikda Respublikamiz dehqonchiligining hamma sohalarida qo‘llanilayotigan texnalogiyalarning mexanizatsiyalash uchun ishlatilayotgan zamonaviy qishloq xo‘jalik mashinalarining tuzulishi, texnologik ish jarayoni, ularni mahalliy sharoitga moslab sozlash, ish sifatini nazorat qilish kabi ma’lumotlar hamda ishchi qismlari parametrlariga ishlov beradigan obyekt xususiyatlariga moslab nazariy asoslash negizlari kelto’rilgan.
3. Abduquddusov O. Qishloq xo‘jalik mashinalari fanidan dars ishlanmalari. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1997. 4-34 betlar. (3)
«Qishloq xo‘jalik mashinalari fanidan dars ishlanmalari» metodik qo‘llanmasi hunar-texnika bilim yurtlari o‘qituvchilari uchun mo‘djallangan. Unda respublikamiz qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan mashinalar bo‘yicha (kanop va tamaki yetishto’rishda ishlatiladigan mashanalardan tashkari) dars ishlanmalari berilgan.
Har bir darsda mashinaga qo‘yiladigan agrotexnika talablari, ularning tuzilishi, ishlashi, ishlatishda sodir bo‘ladigan nuqsonlarni tuzatish, ularning to‘g‘ri ishlatilishini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgai.
Metodik qo‘llaimadan qishloq maktablarining mehnat ta’limi o‘qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.
4. Holiqov A. Pedagogik mahorat. Toshkent, “Tafakkur bo‘stoni”, 2011, 48-63 betlar.(26)
Ushbu darslikda muallif hozirgi kunda "Pedagogik mahorat" fanida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar nuqtai nazaridan yondashgan. O‘qituvchilik kasbi - hamisha navqiron kasb sifatida e’zozlanib kelingan. Shuning uchun ushbu kasbiy faoliyatning ilmiy - nazariy va amaliy - metodik asoslari yildan yilga o‘z xususiyatlarini boyitib bormoqda. Darslikda "Pedagogik mahorat" fanining nazariy va metodologik asoslariga, mazmuni, funksiyasi, tarkibiy qismlariga, ularning vazifalariga jiddiy e’tibor berilgan. Shu bilan birga o‘quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarishda o‘qituvchilar va tarbiyachilarning o‘z kasbiga milliy - ma’naviy jihatdan munosabati qanday bo‘lishi kerakligi yoritilgan.
Darslikda ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarga, tarbiyachilarga, pedagogik faoliyatga tayyorlanayotgan talabalarga kasbiy pedagogik mahoratni egallash hamda uni uzluksiz takomillashto’rib borish to‘g‘risida har tomonlama mukammal tavsiyalar berilgan.
5. Hasanboyev J. va boshqalar. Pedagogika Toshkent, “Noshir”, 2011, 4-52 betlar.(27)
Mazkur darslik pedagogika nazariyasi kursining maqsad va vazifalari, fanning umumiy asoslari, pedagogika fanirting ilmiy-tadqiqot metodlari, tarbiya va ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, turlari, ta’lim-tarbiyajarayonida milliy merosdan foydalanishyo’llari, shakllari va vositalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, ta’lim oluvchilar bilimlarini tashkil etish, korreksion pedagogika haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Darslik pedagogika oliy o‘quv yurtlarining mutaxassis fakultetlari talabalari, pedagogika kollejlarining o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrlar va aspirantlar, shuningdek, pedagog-mutaxassislarga mo‘ljallab tayyorlandi.
Ushbu darslik «Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy faol shaxsni shakllanto’rishning pedagogik texnologiyalari»ni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish mavzusiga oid fundamental hamda «Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy, pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo‘yicha bosqichma-bosqich malaka osho’rish texnologiyalarini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy tadqiqot doirasida ishlab chiqildi.
6. Yo‘ldoshev J.G‘. , Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik tex-nologiyalarni amaliyotga joriy qilish. T., «Fan vatexnalogiua», 2008, 132 bet.(10)
Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’li-
mi vazirligining 2008 yil 24 maydagi 153-sonli «O‘qituv-
chilarning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari
bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini osho’rish tadbirlari haqida»gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini osho’rish kursi namunaviy o‘quv rejasi» asosida o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini yanada osho’rish bo‘yicha kaskad usulida bosqichma-bosqich o‘quvlarning 4 ta bosqichlarini o‘tkazuvchi trenerlar uchun tayyorlandi. Shuningdek, qo‘llanma malaka osho’rish institutlarining profyossor-o‘qituvchilari, metodistlar, xalq ta’limi organlari mutaxassislari va umum-ta’lim maktablarining zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilayotgan pedagog xodimlari uchun amalda foydalanishga mo‘ljallangan.
7. Ishmuxamedov R. Abduqodirov A. Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar).-T.: Iste’dod, 2008.- 180 b.(7)
Ushbu qo‘llanma talaba (yoki o‘quvchi)larni o‘qitish jarayonida treninglar, ochiq munozaralar, yakka, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan professor- o‘qituvchilarni pedagogik jarayonga tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan uslubiy tavsiyalar va maslahatlarni o‘z ichiga olgan. Shu bilan bir qatorda, risolada o‘qituvchilar uchun ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uslubiyati bo‘yicha namunalar, darsga ko’rish va uni tahlil qilish texnikasi hamda ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan turli tarbiyaviy mashg‘ulotlar orqali milliy marosim va tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, shunindek, ta’lim muassasalarida o‘tiladigan «Pedagogik texnologiyalar» ko‘rslarida foydalanish imkoniyatini beradigan taqdimot materiallari berilgan.
Qo‘llanmada kelto’rilgan pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkaziladigan mashg‘ulot jarayoni uslubiyatini har bir professor-o‘qituvchi o‘zi o‘qitayotgan fani va predmetining mazmuni, maqsadi, shuningdek, sharoiti, talaba (yoki o‘quvchi)larning imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘zgarto’rishi yoki o‘qitish jarayonida kelto’rilgan texnologiyalar asosida o‘zining mualliflik texnologiyalarini yaratishi va ulardan foydalanishi mumkin.
Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi huzuridagi Masofali o‘qitish markazining tinglovchilari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, o‘quv-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha rahbar muovinlari, mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha uslubchilari va professor- o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.
Bajarilgan bitiruv malakaviy ishimizda 29 ta darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni hamda internet saytlari materiallarini to‘plab, ularni o‘rgandik va tahlil qildik.
Hozirda har bir ta’lim muasassalarida ta’lim-tarbiya samaradorligini osho’rish jiddiy vazifa bo‘lib turibdi. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalarini nuxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rgaiib borish orqali o‘z kasbiy mahoratini muntazam osho’rib borishi bitiruv malakaviy ishimizda o‘z aksini topgan.
Yuqoridagi adabiyotlar tahlilidan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini “Don ekinlarini o‘rib-yig‘ib olish mashinalari” mavzusini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish” deb nomlanishiga asos bo‘ldi.
Ta’lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari xam takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga osho’rish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyaga aylanib bormoqda. Shu asosda ta’lim-tarbiya sohasida so‘nggi davrda pedagogik texnologiya amal qila boshladi.
Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga osho’riladi. Pedagogik texnologiyada esa ishlov beriladigan material o‘quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo‘lib, ularga o‘qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida har turli ta’sirlar o‘tkaziladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo‘lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o‘tib kelmoqda. Dastlab bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar o‘rtasigacha «ta’limda texnologiya» deb qo‘llanylib, o‘quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o‘rtalarida AQShda qo‘llana boshlagan. Bunda «pedagogik texnologiya» va «ta’lim texnologiyasi» ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o‘qitishga nisbatan qo‘llangan edi.
Oradan vaqt o‘tishi davomida shu ifodalarni qo‘llash darajasi kengayib borishi natijasida ularning ma’nolari ham tegishlicha o‘zgarib bordi. Hozirga kelib esa pedagogik texnologiya ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar asoslab berildi.
50-yillar o‘rtasidan 60-yillargacha «ta’lim texnologiyasi» ifodasi qo‘llanilib, bunda programmalashto’rilgan ta’limni nazarda tutilgan.(8)
70-yillarda «pedagogik texnologiya» ifodasi qo‘llanilib, u avvaldan loyixalashto’rilgan va aniq belg‘ilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‘quv jarayonini bildirgan.
1979 yilda AQShning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: «Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘zlashto’rishning hamma jixatlarini qamrab oluvchi muammoni taxlil qilish va rejalashto’rish, ta’minlash, muammoning yechimini baholash va boshqarish uchun odamlar, g‘oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o‘z tarkibiga oladigan kompleks, integ-rativ jarayondan iborat..».(10)
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan o‘quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab, uni ta’limdagi, o‘qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo‘lsa, ikkinchidan, ta’lim texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom o‘quv jarayonining o‘zini qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.
Pedagogik texnologiyaning ta’riflari
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo‘lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko‘rib chiqamiz:
Texnologiya (yunoncha techne- san’at, mahorat, malaka, logos- ta’limot)- degan ma’noni bildiradi.(13)
Texnologiya-biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at). (17)
Texnologiya-ishlov berish, axvolni o‘zgarto’rish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V. M. Shepel) (13)
Pedagogik texnologiya-o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psyusologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T. Lixachev).(17)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.: «Ma’naviyat», 2008.


2.Karimov I.A. Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqkiyotining poydevori. T.: «Sharq», 1997.
3. Abduquddusov O. Qishloq xo‘jalik mashinalari fanidan dars ishlanmalari. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1997. 4-34 betlar.
4. Azizxujayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent. 2003.
5. Axlidinov R. Maktabni boshqarish san’ati. T. «Fan», 2006.
6.Zamonaviy dars. Ilmiy-metodik to‘plam. A.Avloniy nomidagi



Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling