Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti: nemis tili ta


Oʻqituvchining kasb professiogrammasi


Download 36.57 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi36.57 Kb.
#1567424
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Taʼlim psixologiyasi

Oʻqituvchining kasb professiogrammasi
O’qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir.«O'qituvchi-deydi Al Forobiy – aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur». U o'z fikrini davom ettirib, «O'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq, ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi» deb ta'kidlaydi.Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino flkricha, «O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo'y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq-qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib uning aql qatlamlariga kira olmog'i lozim».
Nosiriddin Tusiy o'zining «O'qituvchilarni tarbiyalash to'g'risida» asarida shunday deydi: «O'qituvchi munozaralarini olib borishda isbot qilishni bilishi, o'z fikrlarining to'g'riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo'lishi lozim. O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandalik, qo'pol yoki qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchining o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin».Yusuf Xos Hojib Qoshg'ariy «Men a'zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o'qituvchilik yo'li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a'zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok boisalar, nodonlik bilimsizlik tufayli o'n ming va yuz minglarcha odamlar halok boiadilar….»Jomiy bola dunyoqarashiru’ng kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o'zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunosib tutgan odam, hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.

Download 36.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling