Termiz davlat universiteti òzbek filologiyasi fakulteti filologiyasi va tillarni òqitish
Download 60.63 Kb.
|
Xasanova Umida.
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat
Termiz davlat universitetiòzbek filologiyasi fakultetifilologiyasi va tillarni òqitishòzbek-tili ta'lim yònalishi1-kurs 522-gurux talabasiXasanova Umidaninghozirgi òzbek adabiy tilifanidan tayyorlaganTAQDIMOTIMavzu:Sòz yasalishining davriy taraqqiyoti va tilshunoslar qarashlariSo’z yasash yangi ma’noli so’z hosil qilish demakdir. So’z yasalishi lug’aviy ma’noning o’zgarishi asosida vujudga kelib, yasama so’z ko’pincha bir turkumdan boshqa turkumga ko’chadi.
O’zbek tilida bulardan tashqari so’z yasalishining yana bir qator usullari mavjud. Chunonchi, bir turkumdagi so’z boshqa turkumga ko’chadi va o’z ma’nosini o’zgartiradi. Masalan, barno (sifat), Barno (ot), to’xta (fe’l), To’xta (ot). Shuningdek, bir turkumdagi o’zaro so’z o’z ma’nosini o’zgartirishi, boshqa ma’no ifodalashi mumkin.
Soʻz yasalishi — 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Masalan, affiks yordamida Soʻz yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), „qil“ yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda „yasalish“ soʻzi „yasamoq“ feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi;
Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama suzlarning paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi.
Mоrfеmika so’zning nоmustaqil tarkibiy qismlari haqidagi ta’limоt. Ma’lumki, o’zbеk tilida, flеktiv tillardagidan farqli o’larоq, o’zak mustaqil ma’nо anglatish хususiyatiga ega. So’zning o’zakdan bоshqa qismlari esa undan ayricha qo’llanmaydi va ma’nо anglatmaydi.
Sintaktik usul bilan so’z yasash ham unumdor usullardan sanaladi. Ikki yoki undan ortiq so’zlarning o’zaro qo’shilishi natijasida so’z yasalishi sintaktik usul bilan so’z yasalishi deyiladi. Sintaktik usul bilan qo’shma va juft so’zlar yasaladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, o’zbek tilida so’z yasalish usullarini nafaqat tilshunoslar, balki har bir o’z tilini sevadigan inson yaxshi bilishi zarur. Zero, so’zlarni to’g’ri va o’z o’rnida qo’llashimiz bizni tilimizni qay darajada bilishimizni anglatadigan bir ko’zgudir.
E’tiboringiz uchun rahmatDownload 60.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling