3. Maktabgacha yoshidagi bolalar bilish jarayonlarining rivojlanishi - Bog‘cha Yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli xalqalar, qutichalar va shu singari o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofikdir.
- Bog‘cha Yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar.
- Bog‘cha Yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini:
1. Suratning mazmunini (syujetini) to‘g‘ri idrok qilishga; - 1. Suratning mazmunini (syujetini) to‘g‘ri idrok qilishga;
- 2. Suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga;
- 3. Tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak.
- Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir. Bog‘cha Yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bog‘cha Yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. O‘yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar.
- Bu Yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning o‘z oldiga qo‘ygan yangi talablari asosida takomillasha boradi. Maktabgacha Yoshdagi bolalarning xotirasi ko‘rgazmali, obrazli bo‘lishi bilan xarakterlidir.
- 4.Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi.
- Bog‘cha Yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin:
- birinchi davr - bu 3-4 Yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir;
- ikkinchi davr - bu 4-5 Yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini boshqarish;
- uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
- Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qat’iylasha boradi. Axloqiy tushunchalar manbai sifatida, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kattalar, Shuningdek, tengdoshlari ham bo‘lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, Shuningdek, kattalarning ayniqsa, onalarning maqtovi va tanqidlari ta’sirida o‘tadi va mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |