Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Bug‘alteriya hisobi va audit ta‘lim yo‘nalishi 4-22 guruh talabasi Fozilov Bekzodning Iqtisodiy nazariya fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 5.96 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi5.96 Kb.
#1637415
Bog'liq
Ulug‘ov Olimjon nazariya Klark nazariyasi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Bug‘alteriya hisobi va audit ta‘lim yo‘nalishi 4-22 guruh talabasi Ulug‘ov Olimjonning Iqtisodiy nazariya fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI

J.B.Klarkning iqtisodiy ta’limoti

Reja: 1. Neoklassik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi 2. J.B.Klarkning iqtisodiy ta’limotlari haqida 3. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qarshi bo`lgan dinamik shartsharoitlar

(1847-1938) marjinalizmning "amerika maktabi" vakili bo`lib, XIX asr oxirida iqtisodiy ta'limotlarda neoklassik yo`nalish shakllanishiga muhim xissa qo`shdi. AQSHda tug`ilgan bo`lajak olim keyinchalik Yevropa universitetlarida ta'lim oldi, Karl Knis (Germaniyada "Tarixiy maktab" asoschilaridan biri) uning ustozi bo`lgan.

AQSHga qaytgach o`qituvchilik qildi, T.Veblen uning qo`lida ta'lim olgan ekan. Klark Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasining tashkilotchisi edi va 1893-1895 yy. Uning uchinchi prezidenti bo`lgan. Uning asosiy asarlari: "Boylik falsafasi" (1886) va "Boylik taqsimoti" (1899). Bu asarlarda (ayniqsa 2-sida) iqtisodiyot fanining uch tabiiy bo`limlari, "ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumdorligi to`g`risidagi qonun" masalalarining yoritilishi muhimdir

Klarkning yozishicha, iqtisodiyot fanining predmeti jamiyatning barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat (ish haqi, foiz, foyda), bular o`z navbatida mos ravihda "ish bajarganligi uchun", "kapitalni berib turgani uchun" va "ish haqi va foizni koordinatsiya qilingani uchun" olinadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, bu daromadlar "sog` aql bilan" aniqlanganda. Ishlab chiqarish bilan shug`ullangan "insonlar sinfi"dan bironta odam bir-biriga da'vo qila olmaydi.

Klark "eng yuqori ishchi", "ishning eng yuqori xarakteri", "eng yuqori naflik", "chegaraviy naflik", "eng yuqori unumdorlik" va boshqa marjinalistik kategoriyalar bilan ish yuritadi. U mikroiqtisodiy tahlilni to`laligicha ustuvor prinsip deb qabul qiladi. Robinzon hayotining iqtisodiy tadqiqotlarida qo`llanilishi o`z-o`zidan bo`lgan emas, chunki yakkalangan shaxs xo`jaligini boshqaruvchilar hozirgi davlat iqtisodiyotini boshqarishda davom etmoqdalar.

"Ijtimoiy daromadlarni taqsimlash" ijtimoiy qonun bilan tartibga solinadi, bu qonun "eng mukammal erkin raqobat"da har bir ishlab chiqarish omilini u hosil qilgan boylik summasi bilan ta'min etishi mumkin. Albatta, bu boylik miqdoriy jihatdan inson farovonligini ta'minlashdagi manJon Beyts Klark PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 300 balari cheklanganligi bilan xarakterlanadi. "Har bir ihlab chiqarish omili" ijtimoiy mahsulotda o`zi bevosita ishlab chiqargan boylik hissasiga ega .

Klark iqtisodiyotni statika va dinamika qismlariga bo`ladi (mexanika fani kabi). Avvalgi tadqiqotlarda statika qo`llanilgan bo`lsa, endilikda tabiiy-dinamik usul taklif etiladi. U iqtisodiyot fanini uch qism (bo`lim)ga bo`ladi: 1) boylikning universal xodisalari; 2) ijtimoiy-iqtisodiy statika (boylik bilan keyin nima bo`lishi to`g`risida gap yuritiladi); 3) ijtimoiy-iqtisodiy dinamika (agar jamiyat faoliyat shakli va usulini o`zgartiradigan bo`lsa, bu sharoitda boylik va jamiyatning farovonligi bilan nima ro`y beradi, degan gap yuritiladi). Klark fikricha, xayoliy statik ijtimoiy ishalb chiqarishga operatsiyalarning o`zgarmas xarakteri xosdir, bunda doimo avvalgi texnologik jarayonlarda yaxshi ma'lum Usha boyliklar yaratilaveradi, boylik hajmi bunda o`smaydi va kamaymaydi. Yer ham bir xil mahnat qurollari yordamida ishlanadi, o`sha hosil olinadi, boshqacha aytganda, ishlab chiqarish organizmi o`z shaklini o`zgartirmaydi. Demak, bu holatda harakat yopiq sistema (tizim)da boradi, iqtisodiyot barqaror va muvozanatda bo`ladi. Klarkning yozishicha, "iqtisodiy dinamikada" jahonning normal boyligi ko`proq bo`ladi va ish haqining tabiiy darajasi keyin hozirgidan ancha baland bo`ladi.

Kapitalga foizning shakllanishi O.Bem-Baverkning "kutilmalar nazariyasi"ga o`xshash fikr yuritiladi. Eng yuqori unumdorlik qonunidan shunday xulosa chiqariladiki, ishlab chiqarish omilining bahosi uning nisbiy kamomadligi bilan bog`liq. Bu esa, xususan, "adolatli ish haqi" doimo mehnatning eng yuqori unumdorligiga mos keladi, mehnat esa boshqa unumliroq ishlab chiarish omili, ya'ni kapitalga nisbatan past bo`ladi.


Download 5.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling