boshqaruvida yana islohotlar o'tkazilib, Sud sistemasi yanada isloh qilinmoqda.
Davlatni boshqarishning Prezidentlik shakli mamlakat boshqaruvi tizimini isloh qilishning boshlanishi bo'ldi.
Prezident davlat hokimiyatining boshlig'i bo'lib, bir vaqtning o'zida Vazirlar Mahkamasining raisi vazifasini
bajaradigan bo'ldi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat, xo'jalik jamiyatning barcha sohalaridan tortib,
intizom o'rnatish, ijroiya hokimiyatini butun choralar bilan mustahkamlash ehtiyoji shuni talab qildi. Demak,
Prezident suveren Respublika boshlig'i va ayni mahalda Respublikada ijroiya hokimiyati rahbari sifatida faoliyat
yurgizadi. Bu ayrim g'alamislarning fikricha aftoritar hokimiyatni o'rnatilishi emas, aksincha, hozirgi paytda kuchli
ijroiya hokimiyati bo'lishi kerakligidandir. Aks holda, jilov qo'ldan chiqib ketishi va mamlakat inqirozga yuz tutishi
hech gap emas. Masalan, Koreya, Turkiya va boshqa mamlakatlarni olsak. Ular iqtisodiy islohotlar yoki o'tish
davrida juda kuchli ijroiya hokimiyatga asoslangan edi.
WWW.ARXIV.UZ
Mashhur rus tarixshunosi V.V. Bartold (1869-1930) bu to'g'rida shunday deb yozgan
: «Sharq xalqlari
bizning madaniyatimiz ustunligiga shundagina ishonadilarki, qachonki, biz ularni ular o'zlarining
bilishlaridan (bilganlaridan) ko'ra yaxshiroq bilishimizga tan bersalar
» (Bartold V.V. Sochineniya. Tom
I. Moskva, 1963 g., s. 607 -608.).
Haqiqatan ham chorizm itibdodi, so'ng sho'rolar zamonida qariyib 130 yil davomida biz
o'tmishimizdan ayrildik.
E'tibor bering
, «Qadimgi Rus davlati» IX asrda shakllanganligidan kelib chiqib, imperiyaning boshqa
biron-bir xalqi (armanlar va gruzinlardan tashqari) davlatchilik tarixi mazkur ko'rsatgichdan (IX asr)
Do'stlaringiz bilan baham: |