Termiz muhandislik-texnologiya instituti mexanika fakulteti «yer usti transport tizimlari»


Stenddan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi


Download 1.23 Mb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1524259
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekcpert amalyot.doc Bekzod Choriyev

Stenddan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: sinalayotgan ressor tayanch arava 12 ga o’rnatiladi va himoya to’sig’i yopiladi. Ressoraning chiziqli siljishini nazorat qiluvchi qurilma 10 harakatlanuvchan shkalaga 11 ga to’g’irlanadi, ya’ni ressora shkalaning nol (0) ko’rsatgichiga qo’yiladi. Bu shkala ressorani eguvchi kuch ta’sirida chiziqli siljishini o’lchash imkonini beradi. Ressorani eguvchi kuch gidravlik silindr 8 orqali hosil qilinadi. Moy silindrga shesternyali nasos 3 orqali uzatiladi, nasos aylanma harakatni elektrodvigateli 5 dan oladi. Silindrga kelayotgan moy bosimi manometr 9 orqali nazorat qilinadi. Ressora yetarlicha egilgandan so’ng taqsimlagich 7 orqali silindr shtogi boshlang’ich holatiga qaytariladi. Taqsimlagich 7 uchta holatda ishlaydi, ya’ni chiziqli siljish ko’rsatgichi yozib olinishi uchun ressorani siqilgan holda ushlabturish imkoni bor. Agarda gidravlik tizimda moy bosimi oshib ketsa saqlagich klapan 6 orqali ortiqcha moy bak 2 ga qaytarib yuboriladi.

2-rasm. LABO kichik yuk avtomobili uchun ressoralarni bikrligini aniqlashning eksperimental sinash stendining prinsipial sxemasi

Elektrodvigatel 5 va nasos 3 orasidagi aylanma harakat ravonligini ta’minlash maqsadida mufta 4 o’rnatilgan. Gidravlik tizimdagi moyning tozaligini ta’minlash uchun nasos 3 ga ulangan quvurning uchiga filtr o’rnatilgan. Laboratoriya ishlarini olib borish davomida listli ressora dastlab bitta, keyinchalik bittadan ko’paytirib boriladi va har doim ressora qalinlashganda uning chiziqli siljishi nazorat qilib yozib boriladi. Manometer 9 orqali unga berilayotgan kuchni hosil qiluvchi gidravlik silindr bosimi ham nazorat qilib boriladi. Eksperimental sinovlarni o’tkazish davomida ressora listlari orasidagi ishqalanishni hisobga olish kerak bo’ladi, chunki listlar orasidagi ishqalanish ressorani bikrligiga yetarli darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun listlar soni ko’paytirilganda ular orasiga rezina prokladka qo’yiladi.


Loyihalangan ushbu tadqiqot stendi istalgan yuk avtomobili ressorlarining xarakteristikalarini olish bilan birgalikda «Avtomobilsozlik va traktorsozlik» yo’nalishlari bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarning «Traktorlar va avtomobillar konstruksiyasi» hamda «Avtomobillar va traktorlarni sinash asoslari» fanlarini yanada chuqurroq o’zlashtirish imkonin beradi.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling