Termiz shahar 2-bolalar musiqa va san'at maktabi umumiy fortepiano hamda jo'rnavoz o'qituvchisi Saitova Maftuna Egamberdi qizi 3-4-sinf o'quvchilariga o'tkazgan ochiq dars Bayonnomasi


Download 42.5 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1221754
Bog'liq
Termiz shahar 2


Termiz shahar 2-bolalar musiqa va san'at maktabi umumiy fortepiano hamda jo'rnavoz o'qituvchisi Saitova Maftuna Egamberdi qizi 3-4-sinf o'quvchilariga o'tkazgan ochiq dars
Bayonnomasi
17.02.2023 yil
Qatnashdilar: 3-4-sinf o'quvchilari.
2-BMSM: O'qituvchilari.

Termiz shahar 2-bolalar musiqa va san'at maktabi Umumiy fortepiano va jo'rnavoz o'qituvchisi Saitova Maftuna Egamberdi qizi 17-fevral 2023 yilda 3-4-sinf o'quvchilari bilan ochiq dars o'tkazdi. Ochiq darsda 3-4-sinf o'quvchilari hamda 2-bolalar musiqa va san'at maktabi o'qituvchilari fortepiano bo'limi boshlig'i Bozorova.N.M, fortepiano sinfi o'qituvchisi Yekaterina Bakumenko, xor sinfi o'qituvchisi Xolto'rayeva F.N, dutor sinfi o'qituvchisi Usmonova.N.R qatnashdilar.


Ochiq dars fanining nomi: "Jo'rnavozlik"
Ochiq darsning mavzusi: "Mashhur o'zbek kompozitorlari T.Sodiqov, G.Mushel, E.Salihov va H.Rahimovning hayot yo'llari va yaratgan hushnavo asarlari"
Ochiq dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakillantirish.
Ochiq darsning rejasi: 1. Mashhur o'zbek kompozitorlari T.Sodiqov, G.Mushel, E.Salihov va H.Rahimovning hayot yo'llari.
2. T.Sodiqov, G.Mushel, E.Salihov va H.Rahimovning yaratgan asarlari.
3. T.Sodiqov, G.Mushel, E.Salihov va H.Rahimov yaratgan asarlarning tahlili.
Yuqoridagi rejalar asosida o'qituvchi 1-reja "Mashhur o'zbek kompozitorlari T.Sodiqov, G.Mushel, E.Salihov va H.Rahimovning hayot yo'llari" rejasi asosida o'quvchilarga og'zaki va ko'rgazmali metod orqali ma'lumot berib 1-rejani yoritib o'tdi. Bu borada o'qituvchi o'quvchilar bilan qisqa savol-javob o'tkazdi. O'qituvchi 1-rejani umumiy xulosaladi. 2-reja "T.Sodiqov, G.Mushel, E.Salihov va H.Rahimovning yaratgan asarlari" rejasi asosida o'quvchilarga amaliy va og'zaki metodi orqali ma'lumotlar berdi. Bunda o'qituvchi M.Saitova va Akademik xonandalik o'qituvchisi Nariho Georgiyevna bilan birgalikda o'zbek kompozitorlari T.Sodiqovning "Bahor" hamda H.Rahimovning "Sevimli yorim" romansini shu bilan birga o'qituvchi M.Saitova va skripka o'qituvchisi Sharif Alimov bilan birgalikda o'zbek kompozitorlari G.Mushelning "Melodiya" hamda E.Salihovning "Umid" asarlarini ijro etib berdilar.
Bu borada o'qituvchi o'quvchilar bilan o'zbek kompozitorlari yaratgan asarlari haqida qisqa savol-javob o'tkazdi. O'qituvchi M.Saitova 2-rejani umumlashtirib xulosa qildi. So'ngra 3-reja "T.Sodiqov, G.Mushel, E.Salihov va H.Rahimov yaratgan asarlarning tahlili" rejasi asosida o'qituvchi o'quvchilarga og'zaki va amaliy ma'lumotlar berdi. Bunda o'qituvchi M.Saitova o'zbek kompozitorlari T.Sodiqovning "Bahor" hamda H.Rahimovning "Sevimli yorim" romanslarini hamda G.Mushelning "Melodiya" va E.Salihovning "Umid" asarlarini tahlil qilib berdi. Mazkur asarlarning mazmuni, harakteri, janri, tempi, o'lchovi, tonalniki, dinamik belgilari va asarni qay yo'sinda ijro etish kerakligi haqida so'zlab o'quvchilarga tushuntirib berdi. Bu borada o'qituvchi o'quvchilar bilan qisqa savol-javob o'tkazdi. Mavzuni o'qituvchi xulosaladi. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholandi. Ochiq dars tugaganidan so'ng dars muhokamasi bo'lib o'tdi.
Unda 2-bolalar musiqa va san'at maktabi o'qituvchilari fortepiano bo'limi boshlig'i Bozorova.N.M ochiq dars yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi. Muhokamalar avvalida M.Saitovaning o'ziga so'z berildi. "Avvalo meni bugungi Umumiy fortepiano 3-4-sinf o'quvchilariga o'tkazgan ochiq darsimga tashrif buyirganingiz uchun sizlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Jo'navozlik fanidan "Mashhur o'zbek kompozitorlari T.Sodiqov, G.Mushel, E.Salihov va H.Rahimovning hayot yo'llari va yaratgan hushnavo asarlari" mavzusiga o'quvchilar ma'lumotga ega bo'lishdi deb o'ylayman, oldimga qo'ygan maqsadimga erishdim deb o'ylayman- dedi M.Saitova.
Fortepiano bo'limi boshlig'i Bozorova.N.M: " Men darsni qoniqarli deb hisoblayman hamma ish o'z vaqtida bajarildi, vaqt teng taqsimlandi, o'qituvchining o'zini tutishi talab darajasida. Dars ajoyib o'tdi va menga juda ham manzur bo'ldi" -dedi.
Fortepiano sinfi o'qituvchisi Yekaterina Bakumenko: "Yuqoridagi barcha fikrlar to'g'ri, men ham darsni kuzatdim, dars jarayoni to'g'ri tashkil etilgan, dars mavzusi va rejasi o'qib eshittirildi, o'quvchilarning darsga faolligi, o'qituvchining o'zini tutishi, kiyinish madaniyati, nutq madaniyati barchasi o'qituvchiga mos va o'z o'rnida".
Xor sinfi o'qituvchisi Xolto'rayeva Firuza: "Xulosa qilib aytadigan bo'lsam 3-4-sinf o'quvchilari bilan olib borilgan ochiq darsda shaxsan men juz'iy hato kamchilikka yo'l qo'yilmadi deb hisoblayman". Men o'qituvchi M.Saitovaning ochiq darsini qoniqarli deb hisoblayman.
Xalq cholg'ulari bo'limi dutor sinfi o'qituvchisi Usmonova.N.R: "Men ham yuqoridagi fikrlarga qo'shilaman, ochiq dars qoniqarli bo'ldi deb hisoblayman".
Yuqorilàrdan kelib chiqib qaror qilindi:
Bildirilgan fikr mulohazalarni e'tiborga olib, M.Saitovaning "Jo'rnavozlik" fanidan "Mashhur o'zbek kompozitorlari T.Sodiqov, G.Mushel, E.Salihov va H.Rahimovning hayot yo'llari va yaratgan hushnavo asarlari" mavzusida o'tgan ochiq darsi ijobiy baholab, qoniqarli deb hisoblansin.
2-bolalar musiqa va san'at maktabi O'IBDO'B: Daminova.S.T
Ochiq dars kuzatuvchilari:
Fortepiano bo'limi boshlig'i: Bozorova.N.M
Fortepiano sinfi o'qituvchisi: Yekaterina.B
Xor sinfi o'qituvchisi: Xolto'rayrva.F.N
Dutor sinfi o'qituvchisi: Usmonova.N.R
Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling