Termiz shahar 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida “Yoshlar huquqbuzarlikka qarshi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati bayoni №


Download 18.4 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi18.4 Kb.
#1601798
Bog'liq
27-sentabr kuni Huquqbuzarlik bayoni


“TASDIQLAYMAN”
Termiz shahar 5-umumiy
o’rta ta’lim maktabi direktori
__________R.O.Qayumova

Termiz shahar 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida
“Yoshlar huquqbuzarlikka qarshi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati



BAYONI №__

7.02.2019 y Termiz shahar





Yig‘ilish raisi:
Qatnashdilar:

- R.O.Qayumova - maktab direktori
- U.Ramazonov- maktab psixologi
- J.X.To’rayev - yoshlar yetakchisi
Yuqori sinf o‘quvchilari


K U N T A R T I B I D A

Yoshlar huquqbuzarlikka qarshi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati to‘g‘risida


Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning yoshlar yetakchisi J.X. To’rayev so‘zga chiqdi.
Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish, bolalarning huquqiy himoyasini ta’minlash, o‘smirlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish tizimini mustahkamlash, ota-onalarning farzandlari oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi 371-sonli qonunida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan Termiz shahar 5-sonli umumta’lim maktabida aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va reja asosida amalga oshirilmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi bilan hamkorlikda ish ish olib borilmoqda.
Ta’lim oluvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Maktab umumiy ota-onalar yig‘ilishlari, jumladan har chorakda o‘tkazilayotgan sinf majlislarida ushbu masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish va ularning demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlaridagi faolligini oshirish maqsadida bir qator davra suhbatlari, tadbirlar tashkil etildi.
Shundan so‘ng maktab psixologi U.Ramazonov so‘zni oldi. O‘quvchilar o‘rtasida giyohvand moddalar iste’moli va ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot o‘tkazilmoqda. Maktablarda huquqbuzarlikka moyil, dars mashg‘ulotlari vaqtida o‘tamaslik, o‘qituvchi va sinfdoshlariga xalaqit beradigan, sababsiz ravishda darslarga kelmay yurgan o‘quvchilar borligini aytdi. Ularning ota-onalari haqida, ish joylari haqidagi ma’lumotlar, o‘quvchilarning tushuntirish xatlari olinmoqda. Ularga o‘quvchining maktabga kelishidan maqsadi faqatgina o‘qish, izlanish va kelajagi uchun zamin yaratish ekanligini ta’kidlanmoqda. O‘quvchilariga giyohvand moddalari, ularning zarari, uning ortida faqatgina o‘lim turganligi to‘g‘risida tushunchalar berildi. Bugungi kunda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ushbu masala yuzasidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar, davra suhbatlariga qaramasdan huquqbuzarliklar ular orasida sodir etilayapti. Bunda esa asosan ota-onalarning mas’uliyatsizligi va o‘z vaqtida bu holatlarning oldini olish yuzasidan yetarli darajada tarbiya bermaganliklari ta’kidlandi. Maktab o‘quvchilari orasida huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlanib ular haqida ma’lumotlar bazasi har oyda yangilanib bormoqda. Shuning uchun o‘quvchilar orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari doimiy olib borilishi zarurligini aytib o‘tdi.
O‘quvchi-yoshlarga ushbu masala yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish, tadbirlar tashkil etish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berib o‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


YIG‘ILISH QAROR QILADI:



  1. O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari doimiy olib borilsin.



Yoshlar yetakchisi: J.X. To’rayev
Download 18.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling