Termodinamika
Download 39.4 Kb.
|
1-MARUZA “Termodinamika” faniga kirish. Termodinamik tizim va termik parametrlari
“TERMODINAMIKA” FANIGA KIRISH. TERMODINAMIK TIZIM VA TERMIK PARAMETRLARI REJA:
1.2. Holat parametrlari Tayanch so‘zlar va iboralar. Termodinamika, holat parametrlari, issiqlik, harorat shkalalari, bosim, termodinamikaviy jarayon1.1. Kirish. Fanning rivojlanish tarixi va asosiy namoyondalari. Termodinamika–energiyaning aylanish (o‘zgarish) qonuniyatlari haqidagi fandir. Termodinamikaga XIX asrda asos solingan edi. Bu davrda issiqlik dvigatellarining taraqqiyoti tufayli issiqlikning ishga aylanish qonuniyatlarini o‘rganish zaruriyati tug‘ildi. Termodinamika turli fizikaviy va kimyoviy jarayonlarning u yoki bu tizimlarda qaysi yo‘nalishda sodir bo‘lishini aniqlashga imkon beradi. Termodinamikaning tuzilish printsipi juda sodda. Termodinamika asosiga tajriba yo‘li bilan aniqlangan ikkita asosiy qonun qo‘yilgan. Termodinamikaning birinchi qonuni energiya aylanish jarayonlarining miqdoriy tomonini tavsiflaydi, ikkinchi qonuni esa fizikaviy tizimlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarning sifat tomonini (yo‘nalganligini) belgilaydi. Faqat shu ikkita qonundan foydalanib, qat’iy deduktsiya uslubi yordamida termodinamikaning barcha asosiy xulosalarini chiqarish mumkin. 1 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling