Termodinamikaning 2- qonuni Aylanma jarayonlar
Download 48.56 Kb.
|
1 2
Bog'liqMamajonov Shahzod (Автосохраненный)
.Smuv =Smaks
Bunda berk sistemaning muvozanat holatiga mumkin bo`lgan eng katta entropiya to`gri keladi. Ayni vaqtda sistemaning barcha energiyasi sistemaning barcha jismlari orasida bir tekis tarqaladigan issiqlikka ailanadi. Shunday qilib, termodinamik sistemaning ichki energiyasi U ning hammasidan ham real sharoitda ishga aylantirish uchun foydalanavermaydi, uning entropiya o`zgarishi bilan boglangan bir qismi bunda yuqotiladi. Ichki energiyaning ishga aylantirilishi mumkin bo`lgan qismi sistemaning erkin energiyasi deb ataladi va F bilan belgilanadi. L.Bolsman entropiya S bilan sistema holatining termodinamika ehtimolligini orasidagi munosabatni aniqladi va uni quyidagi formula bilan ifodaladi: , bu erda k–Bolcman konstantasi. Bu nuqtai nazardan olganda, entropiyani sistema holatining termodinamik o`lchovi deb qarasa bo`ladi (entropiyaning statik mohtyati), termodinamikaning ikkinchi qonunini esa bunday tariflash mumkin: berk termodinamik sistemadla barcha tabiiy prosesslar sistema ehtimolligi kamroq holatdan ehtimolligi ko`proq holatga o`tadigan tarzda boradi. Hozirgi zamon termodinamikasida berk va ochiq sistemalar ham tekshiriladi. Atrofdagi muhit bilan energiya (masalan, issiqlik almashinishi iuli bilan energiya), masalan, issiqlik almashinishi yo`li bilan almashinadigan sistema berk sistema deb ataladi. Atrofdagi muhit bilan energiyagina emas, balki modda ham almashinadigan sistema ochiq sistema deyiladi. Berk va ochiq sistemalarda beradigan termodinamik prosesslar vaqt birligi ichida entropiyaning ortishi yoki entropiya tezligining o`zgarishi bilan harakterlanadi: Bunda sistemaning barqaror holati sifatida stasional holat, yani vaqt o`tishi bilan energiyaning kirishi va chiqishi o`zgartirilmay turadigan holat (berk sistemalar uchun) yoki energiya hamda moddaning kirishi va chiqishi o`zgartirilmay saqlab turadi. Berk sistemada stasionar holat sistemada yuz beradigan qaytmas prosesslar hisobiga entropiyaning ortishi issiqlikning atrofdagi muhitga berilishi bilan to`la muvozanatlashadigan sharoitga to`gri keladi. Natijada entropiya biror o`zgarmas darajada saqlab turiladi: S=const . Entropiyaning o`zgarish tezligi nolga teng bo`ladi. Energiyaning ochiq termodinamik sistemada ro`y beradigan aylanish prosesslari atrofdagi muhitda yuz beradigan prosesslar bilan birgalikda ko`rib chiqilishi kerak, atrofdagi muhit esa sistema bilan ham energiya, ham modda almashinuvi yo`li bilan boglangan, shu sababli ochiq sistema uchun entropiyaning o`zgarish tezligini ko`rib chiqar ekanmiz, entropiyaning sistemaning o`zida voke bo`ladigan prosesslar hisobiga o`zgarishi ni ham, atrofdagi muhit bilan almashinuv prosesslari hisobiga o`zgarishi ni ham hisobga olish kerak, yani (Prigojin formulasi) ni nazarda tutish kerak. Download 48.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling