Termodinamikaning i-qonuni. Sistemalar. Termodinamik parametrlar


Termodinamikaning birinchi qonuni


Download 88.19 Kb.
bet2/7
Sana14.10.2023
Hajmi88.19 Kb.
#1701563
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TERMODINAMIKANING 1-QONUNI

2.2. Termodinamikaning birinchi qonuni
Termodinamikaning birinchi qonuni shunday ta׳riflanadi: sistemaga Keltirilgan barcha issiqlik sistema ichki energiyasining o’zgarishiga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarf bo’ladi:
Q=U2-U1+L
Bunda Q- sistemaga Keltirilgan issiqlik;
U1-jarayonning boshlanishada sistemaning ichki energiyasi;
U2-jarayonning oxirida sistemaning ichki energiyasi
L - sistema bajargan ish.
Agar birinchi qonunni differensial shaklda ifodalasak va gaz bajargan ishni 1 kg gaz uchun taaluqli desak, u holda yuqoridagi tenglama quyidagi ko’rinishga keladi:
dq=du-dl
Termodinamakaning birinchi qonuni energiya turlari orasidagi miqdoriy boliqliklarni ko’rsatgani bilan energiyaning bir turi boshqa turga aylanadigan shart-sharoitlami ko’rsatmaydi.


Gazning kengayishida bajarilgan ish


Issiqlik –termodinamikasining eng muhim tushunchalaridan biridir. Issiqlik tushunchasi mohiyatan ish tushunchasiga yaqin. Issiqlik ham, ish ham energiya uzatish formalaridandir. Shuning uchun ham jismning biror issiqlik yoki ish zahirasi bor deb atashning hech qanday maonosi yo’q.
Faqat jismga mahlum miqdorda issiqlik yoki ish berilgan (yoxud jismdan olingan) deb tahkidlash mumkin.
Gazning kengayishida bajargan ishi uning holat parametrlari p,u va t larga bog’liqdir.
Gazning kengayishida bajargan ishini tenglamasini keltirib chiqarish uchun, termodinamik jarayon muvozanatda hamda bosim o’zgarmas deb qabul qilamiz.
Aytaylik, stilindr porshini ostida 1 kg gaz tursin. Uning bosimi R atrof muhit bosimi Rm ga teng, solishtirma hajmi U1 va porshin yuzasi F bo’lsin (2-rasm).
Gazga elementar dq issiqlik miqdori uzatilsa, gaz o’zgarmas bosimda kengayib porshinni biror de masofaga siljitadi hamda tashqi kuchlarga qarshi elementar ish bajaradi:

dA=psde=pdu (2.12)


Gazning U1 hajmdagi U2 gacha kengayishida bajarilgan to’la ishni (3-rasm) quyidagicha ifodalash mumkin.


(2.13)
Yuqoridagi ifodadan ko’rinib turibdiki, yopiq termodinamik tizimda gazning kengayishi hisobiga bajarilgan ish bosim bilan hajm o’zgarishining ko’paytmasiga teng.
Termodinamik tizimning bajargan ishi musbat yoki manfiy ishorali bo’lishi mumkin. Masalan, gaz tashqi kuchlar tahsiridan siqilsa, yag’ni porshin chap tomonga qarab harakatlansa, unda bajarilgan ish manfiy (dA<0), aksincha kengaygan gaz porshinni o’ng tomonga qarab harakatlantirsa, unda tizim (gaz) ning bajargan ishi musbat (dA>0) ishorali bo’ladi.




2.2-rasm.

2.3-rasm

Tashqi bosim kuchlariga bajaradigan, tizim hajmining o’zgarishiga bog’liq bo’lgan ish A1 kengayish ishi deb yuritiladi. Kengayish ishini tizim atrofdagi muhit ustida bajaradi.


Shuni qayd qilib o’tish lozimki, tashqi bosim kuchlariga qarshi kengayish ishi jism hajmi V o’zgarishdagina (va tashqi bosim nolga teng bo’lagandagina) bajariladi.
Bundan keyin biz asosan muvozanatdagi jarayonlarni ko’rib chiqamiz, ular uchun r=rm tenglik to’g’ridir. Tizim kengayish ishining (13) tenglama bilan aniqlanadigan kattaligini pV –diagramma yordamida hisoblash qulay. Tizim hajmi o’zgarish jarayonining shu diagrammada tasvirlanishini ko’rib chiqamiz (3-rasm).
Tizim hajmi V1 dan V2 gacha o’zgaradi. Hajm o’zgaradigan jarayonda tizim o’tadigan holatlar nuqta A va V lar orasidagi jarayon egri chizig’ida joylashadi. Tizimning kengayish ishi PV –diagrammada jarayon egri chizig’i ostidagi yuza bilan tasvirlanishi (13) tenglamada ko’rinib turibdi.
Tizim V1 hajmga ega bo’lgan holatdan V2 holatgacha kengayganda tizim bajaradigan ishning kattaligi bu holatlarning parametrlarigagina emas, balki, kengayig jarayonining qanday yo’l bilan amalga oshirilayotganligiga ham bog’liq. Haqiqatan ham 4-rasmda tasvirlangan PV – diagrammada ko’rinib turibdiki, kengayish jarayoni qaysi yo’ldan (A, V, yoki S dan)v2 borishiga qarab integralning kattaligi turlicha bo’ladi.





2.4-rasm.
Shunday qilib kengayish ishi jarayonning funkstiyasidir.



Download 88.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling