Termogazoyl ishlab Chigarish uchun neftning og'ir goldiqlarini termik krekinglash jarayonining quvvati 555 ming t/vil bo'lgan texnologiyasini loyihalash


Download 24.9 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi24.9 Kb.
#1582116
1   2
Bog'liq
Termogazoyl ishlab Chigarish uchun neftning og

J arayonning moddiy balansi. Ko`pchilik ikkilamchi jarayonlarning, shu jumladan visbreking jarayonining o`ziga xosligi to`liq yoki qisman o`zgarib ulgurmagan xom ashyoni resirkulyasiyalash, ya`ni qaytadan o`zgarishga kiritishdan iboratdir. Demak, yuqorida keltirilgan visbreking mahsulotlari chiqishlari reakciyaga kirishmagan qoldiqlarni reakcion zonaga to`liq qaytarilgani hisobiga berilgan. Shu sababli xom ashyoni bir martali o`tkazish bo`yicha mahsulot chiqishini hisoblash va uning resirkulyasiyasi sharoitdagi chiqishini hisoblash turlari mavjud. Qurilmalarning moddiy balanslari resirkulyasiyani e`tiborga olib, har bir mahsulotning chiqishlari yig`indisi sifatida hisoblanadi. Umumiy chiqishni hisoblash uchun ushbu kattaliklar kiritiladi:
R ektifikasiya koeffisienti kr: (1.5)
va yuklanish koeffisienti kyu: (1.6)
bu yerda Gh – toza xomashyo sarfi, kg/s; Gr – resirkulyasiyalanuvchi qoldiq yoki fraksiya sarfi, kg/s.
Agar bir marotabali o`tkazishda hosil bo`lgan qandaydir mahsulot Xi ning (foizlarda) massa ulushi ma`lum bo`lsa, to`liq sirkulyasiyalanishdagi o`zgarmay qolgan xomashyo chiqishi yig`indisi quyidagicha aniqlanadi:
Xi = Xi (1+kr) = Xi ko (1.7)
Visbreking pechidagi reaksion zmeevikni hisoblash.
470 0C da boradigan jarayon uchun reaksion zmeevikning uzunligini
hisoblash Obryadchikov usuli [8] bo`yicha amalga oshiriladi. Dastlabki kattaliklar sifatida 450 0C 1 sekundda 0,007 % benzin hosil bo`lish kreking tezligi qabul qilinadi. Bu qiymat bo`yicha zarur bo`lgan miqdordagi benzin hosil bo`lish vaqti aniqlanadi. Zmeevikda hosil bo`lgan benzin chiqishi va bosimi yordamida grafikdan (2.1 rasm) 470 0C dagi “bug` – suyuqlik” aralashmasining zichligi aniqlanadi.
Zmeevikli quvurlardagi xom ashyoning harakat tezligi (Vh, m/s) quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi:


(1.8)
u yerda GX – xomashyo sarfi, kg/s; ρar – 470 0C dagi bug` suyuqlik aralashmasining zichligi, kg/m3; dich – zmeevikli quvurning ichki diametri, m.
1.1 Rasm. Reaksion zmeevikli engil termik kreking
pechidagi benzin miqdorining
bug` – suyuqlik aralashmasi zichligiga bog`liqligi: 1–1,96; 2–2,45 ; 3–2,94; 4–3,43:
470 0С dagi ‘bug ‘- suyuqlik
аrаlashmasi zichligi, кг/м3
Termik kreking jarayoni va sanoat qurilmalari
Jarayonni amalga oshirishdan maqsad. Neftni haydash jarayonida olingan qoldiqlarga termik kreking rejimida ishlov berib, ularning termik parchalanishi natijasida qo’shimcha neft mahsulotlari olish.
Jarayonni amalga oshirish uchun xom ashyo va olinadigan mahsulotlar. Bu jarayon uchun xom ashyo sifatida neftni birlamchi haydashda olingan qaynash temperaturasi 3500 S dan yuqori bo’lgan mazut, 5000S dan yuqori bo’lgan gudron yoki kokslash va katalitik krekinglash jarayonida olingan og’ir gazoyllar qo’llaniladi.
Bu jarayon natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi:
1. Gaz tarkibida turli xildagi uglevodorodlari bo’lib, gazni frakstiyalarga ajratish qurilmalari uchun xom ashyo hisoblanadi.
2. Benzin - oktan soni 66-72 agar oltingugurtli neft qayta ishlanayotgan bo’lsa, benzin tarkibida 0,5-1,2 % (massa) oltingugurt bo’ladi. Termik krekinglashdan olingan og’ir gazoyl qayta ishlanayotgan bo’lsa, benzin tarkibida 25 % (massa) to’yinmagan uglevodorodlar mavjud bo’lib, past kimyoviy stabillikka ega bo’ladi.
3. Kerosin - gazoyl frakstiyasi - kemalarda ishlatiladigan mazutning asosiy komponenti hisoblanadi, gidrotozalashdan so’ng dizel yoqilg’isi komponenti sifatida ishlatilishi mumkin.
4. Kreking - qoldiq - ishlab chiqarish qurilmalari uchun yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Mazutga nisbatan uning yonish issiqligi katta, qovushqoqlik va qotish temperaturasi pastdir.

1-rasm. Termik krekinglash texnologik tizimi
I-xom ashyo; II-gaz; III-barqarorlashtiruvchi kolonna yuqorisidan chiquvchi fraksiya; IV-barqaror benzin; V-kerosin-gazoyl fraksiyasi; VI-kreking qolqig’i

Termogazoyl ishlab chiqarish uchun termik krekinglash qurilmasi


Termik kreking jarayonining asosiy maqsadi texnik uglerod ishlab chiqarish uchun xom – ashyo ishlab chiqarishdir. Xom – ashyo sifatida og’iri katalitik gazoyllar aralashmasi va moylarni selektiv tozalashdan olingan distillashli ekstraktlar ishlatiladi. Kreking jarayonida termogazoyldan tashqari, gaz, benzin frakstiyasi va kreking qoldiq olinadi.
Termogazoylning asosiy sifat ko’rsatgichlari quyidagilar hisoblanadi: korrelyastiya indeksi, oltingugurt miqdori, frakstion tarkibi qovushqoqligi va qotish temperaturasi.

2-rasm.
Vakuum termogazoyli ishlab chiqarish uchun termik krekinglash qurilmasi
1, 16, 18-porshenli nasoslar; 2, 3 - quvurli pechlar; 4 - reaksion
kamera; 5, 14 - gazoseparatorlar; 6, 13 - sovutgich-kondensatorlar; 7 -
yugori bosimli bug'latgich; 8-10, 15, 19, 24 - markazdan gochma
nasoslar; 11, 17- rektifikatsion kolonnalar; 12
- quyi bosimli bug' latgich; 20 – issiqlik almashtirgich; 21-23 - sovutgichlar.
Download 24.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling