Termogazoyl ishlab Chigarish uchun neftning og'ir goldiqlarini termik krekinglash jarayonining quvvati 555 ming t/vil bo'lgan texnologiyasini loyihalash
Download 24.9 Kb.
|
1 2
Bog'liqTermogazoyl ishlab Chigarish uchun neftning og
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarayon tezligi
Termogazoyl ishlab Chigarish uchun neftning og'ir goldiqlarini termik krekinglash jarayonining quvvati 555 ming t/vil bo'lgan texnologiyasini loyihalash Termik kreking va og`ir neft xomashyosini visbrekinglash Jarayon tavsifi. So`nggi yillarda neft distillyatlari termik krekingi orqali yuqori oktanli benzin komponentlarini olish o`zining avvalgi ahamiyatini yo`qotdi. Hozirgi vaqtda ko`p tarqalgan termik kreking engil shakli – visbrekingdir. Bu jarayon 2 MPa bosimgacha va temperatura 450 0C gacha bo`lgan sharoitda amalga oshiriladi. Visbrekingning maqsadi boshlang`ich xomashyo – gudronni qovushqoqligini kamaytirib qozonxona yoqilg`isi olish bilan yakunlanadi. Qozonxona yoqilg`isi bilan birgalikda oz miqdorida gaz, benzin va dizel fraksiyasi ham hosil bo`ladi. Mahsulotlarning o`rtacha chiqishi quyida keltirilgan: Massaviy chiqishi, % Gaz 3-4 Benzin 7-8 Dizel fraksiyasi 8-9 Qozonxona yoqilg`isi 79-82 Visbrekingning asosiy reakcion apparati quvurli pech hisoblanadi, unda temperatura ta`sirida xom ashyoni bir qism krekingi va uning “engillashishi” sodir bo`ladi. Jarayon tezligini aniqlash, xom ashyoni belgilangan temperaturada reaksion zonada bo`lish vaqti, mahsulotlar chiqishi va zmeevikli pechni geometrik o`lchamlarini aniqlash visbreking pechini hisoblashning mohiyatini tashkil etadi. Jarayon tezligi. Termik kreking jarayoni umumiy tezligi alohida sodir bo`luvchi parchalanish, kondensaciyalanish, polimerlanish va boshqa kimyoviy reakciyalar natijasi hisoblanadi. Xomashyo katta hajmdagi turli uglevodorodlar va nouglevodorod komponentlaridan iborat bo`lganligi sababli, barcha kimyoviy reakciyalarni xisobga olib bulmaydi. Shuning uchun amalda shartli ravishda jarayon tezligi deganda vaqt birligi ichida benzin chiqishi tushuniladi. Bu holatni kreking jarayonida taxminan birinchi tartibli reakciya sifatida qarash mumkin. Jarayonning bir xil davomiyligida benzin chiqishi quyidagi tenglama orqali ifodalaniladi: (1.1) yoki (1.2) bu yerda Xb1 va Xb2 – t1 va t2 temperaturalarda benzinni massaviy chiqishi, %; a – temperatura gradienti; kt – temperatura koeffisienti. Temperatura gradienti va koefficienti qiymatlari 1.1. jadvalda keltirilgan. 1.1. Jadval. Kreking tezligining temperatura koeffisientlari va temperatura gradientlari (a) qiymatlari. (1.1) va (1.2) formulalar benzin hosil bo`lish tezligi Xi 1 sekundda massa foizlarda ifodalanganda amal qiladi. Benzin chiqishi o`zgarmas bo`lgan holatlarda temperatura bilan jarayon davomiyligi orasidagi bog`liqlik quyidagi tenglama yordamida ifodalanadi: (1.3) yoki (1.4) bu yerda τ1 va τ2 – t1 va t2 temperaturalarda benzinni bir xil o`zgarish darajasiga, ya`ni benzin chiqishiga erishish uchun zarur bo`ladigan vaqt. Download 24.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling