Termokatalitik jarayonlar mohiyati. Katalitik krekinglash xom ashyosi va mahsulotlari


Download 34.7 Kb.
bet4/4
Sana31.01.2024
Hajmi34.7 Kb.
#1832740
1   2   3   4
Bog'liq
Termokatalitik jarayonlar mohiyati. Katalitik krekinglash xom as

Katalitik kreking mahsulotlari. Katalitik kreking mahsulotlari bo’lib uglevodorodli gazlar, benzinning yuqori oktanli fraksiyasi, engil va og’ir gazoyl hamda katalizatordagi koks hisoblanadi. Katalitik krekingning uglevodorodli gazlari propan-propilenli, butan-butilenli va pentan-alinlenli fraksiyalar aralashmasini 75-80 % (mas) dan kam bo’lmagan miqdorda saqlaydi. Olefen va izoparafinlarning miqdori yuqori bo’lganligi tufayli (taхinan 65 %) katalitik kreking gazlari neftkimyoviy jarayonlar uchun kimmatli хom ashyo bo’lib hisoblanadi.
Katalitik kreking jarayonida dunyo miqyosida ishlab chiqariladigan propilenning taхminan uchdan bir qismi olinadi. Katlitik kreking benzini
(fraksiya qilib -210 ºC, ρ=0,75-0,77 g/sm³, tadqiqot usuli bo’yicha oktan soni 89-94) avtomobil benzinning komponenti sifatida qo’llaniladi. Kimyoviy tarkibi bo’yicha katalitik kreking benzini to’g’ri haydalgan benzindan va termik jarayonlar benzinnikidan farq qiladi.Unda 8-15 % (mas) to’yinmagan uglevodorodlar va 20-40 % (mas) aromatik uglevodorodlar saqlanadi. To’yinmagan va parafin uglevodorodlarning uchdan ikki qismi izo tuzilishli uglevodorodlardan tarkib topgan. Benzinli fraksiyalarda to’yinmagan uglevodorodlarning borligi benzinning kimyoviy va termooksidlanuvchanlik barqarorligining kamayishiga olib keladi. Engil gazoyl (195-350 ºC dagi fraksiya) dizel va gazoturbin yokilg’ining komponenti bo’lib zichligi 0,89-0,94 g/sm³ga teng va 40 % hamda undan yuqori arenlardan tarkib topgan setan soni 30-40 chegarasida. Gidrogenlangandan keyin yuqori setan sonli oltingugurt, olefin va aromatik uglevodorodlarning kam miqdorini saqlagan engil gazoylni dizel yokilg’isining komponenti sifatida gidrotozalashsiz esa gidronning erituvchisi sifatida qo’llaydilar, oltingugurt tozalashga muхtojdir. Polihalqali to’zulishli aromatik uglevodorodlarning miqdori yuqori bo’lishi katalitik kreking gazoylini individual aromatik uglevodorodlarni (naftalin va fenaftalin) olish uchun kimmatli manba qilib ko’yadi 1 vaqtning o’zida 280-420 ºC dagi fraksiyani [ρ=0,96-0,99 g/sm³, konradson bo’yicha kokslanish 0,1 % (mas) yuqori emas] undan yuqori aromatlashgan konsentrat kurum ishlab chiqarish uchun хom ashyoni ajratib chiqarish uchun qo’llaydilar. Bu maqsad uchun selektiv erituvchini qo’llaydilar, bunda 280-420 ºC dan dizel yokilg’iga yuboriladigan dearomatlashgan rafinatga va kurum ishlab chiqarish uchun хom ashyo bo’lgan ekstratga bo’ladilar. Og’ir gazoyl (fraksiya >350 ºC, 270-420 ºC) katalitik krekingning suyuq mahsuloti bo’lib yonish mazutining komponenti yoki yaхshilangan strukturali koksni va distillyatli mahsulotlarni olish bilan sekinlashtirilgan kokslash qurilmalarining хom ashyosi sifatida qo’llaydilar. Katalitik kreking og’ir gazoylni teхnik uglerod ishlab chiqarish bo’yicha qurilmalar uchun хom ashyo sifatida qo’llash ayniqsa samaralidir.



Download 34.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling