Termokimyodan laboratoriya ishlanmasi
Download 402.17 Kb. Pdf ko'rish
|
termokimyodan laboratoriya ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyo kafedrasi fizikaviy kimyo termokimyodan laboratoriya ishlanmasi
- Namangan-2011 Mazkur majmua
- Kafedra mudiri: R.Dexqonov
- Asbobning tavsifi
- Kalorimetrning doimiyligini topish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi fizikaviy kimyo termokimyodan laboratoriya ishlanmasi Тuzuvchi: G’. Siddiqov Namangan-2011 Mazkur majmua laboratoriya ishlanmasi tabiiy fanlar fakul’tetti kimyo kafedrasining “26”- avgust 1- son yig’ilishida muhokama qilindi va tasdiqlangan
Kafedra mudiri: R.Dexqonov
Tuzlarning erish issiqligini aniqlash Tuzlr suvda eriganda issiqlik yo yutiladi, yoki chiqadi. Modda xolati o`zgarganda va ximiyaviy reaksiya bo`lganda chiqadigan issiqlik effektini termoximiya o`rganadi. Rus akademigi G.I.Gess kashf qilgan qonun termximiyaga asos soladi. Bu qonunga muvofiq, revksiyaninig issiqlik effekti o`zaro taьsir etuvchi moddalarntng dastlabki va oxirgi holatlariga bog’liq bo`lib, shu moddalarning bir holatdan boshqa holatga qanday yo`l bilan o`tganiga bog’liq emas.
Modda o`zgarishining issiqlik effektinii bevosita aniq o`lchab bo`lmaydigan hollarda shu qonundan foydalanib, uning qiymati hisoblab topiladi. Masalan, kristallogidrat hosil bo`lshida chiqadigan issiqlik qiymatini bevosita aniq o`lchash qiyin, chunki suvsiz qattiq modda bilan suvda kristallogidratlar hosil bo`lish reaksiyasi dastlab suvsiz modda kristallchalari sirtqi qavatlarida suv bilan ta’sir etib bo`lguncha tez boradi, keyin esa reaksich juda sekinlashib qoladi Bundan tashqari, modda suvdv erishi natijasida jarayon juda murakkablashib ketadi. Ammo termoximiyaning asosiy qonunidan foydalanib, krisstallogadrat hosil bo`lish issiqligini bilvosita yo`l bilan hisoblab topish mumkin; bunig uchun suvsiz tuz hamda kristallogidratning erish issiqligi o`lchanadi va birinchi qiymatdan ikkinchi qiymat ayirib tashlanadi.
1.ionlarning krstall panjarasi buziladi . Bunda Q 1 teng miqdorda issiqlik yutiladi.
2. Ionlar gidratlanadi, bunda Q 2 teng miqdorda issiqlik chiqadi.
Tuzning erish issiqligi jarayolar issiqlik effektining algebraik summvsiga teng: Q erish = Q 2 + Q 1
Kristall panjarasi mustaxkam bo`lgan va eritma sust gadratlanadigan moddalar eriganda issiqlik yutiladi. Kristall panjarasi mustaxkam bo`lmagan yoki eritmada kuchli gidratlangan (masalan, N + va ON
- ) ionlnr hosil qiladigan moddalar eriganda esa issiqlik chiqadi. Eritiladigan bir molь moddaga to`g’ri keladigan erituvchining miqdori oshirilsa, moddaning erish issiqligi ko`tariladi. Agar bir molь moddaga 100-300moldan ko`proq erituvchi to`g’ri kelsa, eritma yana suyultirilishi baoan erish issiqligi qiymati sezilar-sezilmas o`zgaradi.
Bir molь modda erituvchida yutiladigan yoki ajralib chiqadigan issiqlik miqdori erish issiqligi deyiladi, erituvchidan shuncha miqdorda olingan bo`ladiki, erituvchidan yana qo`shilishi bilan issiqlik effekti o`lchab bo`lmaydigan darajada o`zgaradi. Ishning maqsadi 1. Issiqlikni kalorimetrik metodda o`lchash usuli bilan tanishish. 2. Tuzning erish issiqligini topish . 3. Susiz tuzdan kristallogidratlar hosil bo`lish issiqligini topish. Ish uchun kerakli jixozlar Aralashtirgich o`rnatilgan D’yuar idishi; 0,5l li kolba; Bekman termometri; tuz solish uchun probirka; shisha tayoqcha; analitik tarozi, 1 minutga mo`jjallangan qum soat. Kaliy nitrat; mis kuporasi; suvsiz mis (II)-sulьfat.
Tuzning erish issiqligini topish uchun kalorimetrdan foydalansa bo`ladi (5- rasm). 500ml li Dьyur idish (1) og’zi probka (3) yordamida Bekman termometri (4) o`rnatiladi va tuz solish uchun probka (ampula) (5) mahkamlanadi, probkaning ichida shisha tayoqcha (6) bo`ladi. Eritma (7) bilan aralashtiriladi.
Kalorimetr ichida bo`ladigan jarayonning issiqlik effektini hisoblash uchun kalorimetr doimiyligini, aralashtirgich, suv va tuz solingan probirka bilan birgalikda 1 0 S ga isitish uchun kerak bo`lgan issiqlik kaloriya hisobida bo`lishi zarur. Δt darajaga isitish uchun
Q = KΔt Issiqlik kerak bo`ladi. Kalorimetr doimiyligi K ni erish issiqligi maьlum bo`lgan biror tuz, kaliy nitratning, erish issiqligidan foydalanib topsa bo`ladi. Buning uchun (6-7 g) kaliy nitrat tuzini xovonchaga solib, yaxshilab tuyiladi. Ichiga tayoqcha solingan bo`sh ampulaga bir gramgacha aniqlikda tortiladi, ampulaga taxminan
1- rasm, kalorimetrningsxemasi: 1-Dьyuar idish;2-shtativ; 3- teshikli probirka; 4- bekman termometri; 5- ampula; 6- shisha tayoqcha; 7-ralashtirgich. 2-rasm. Tuzva kislota eritmalari yoki ishqor eritmalarini solish uchun shisha tayoqchali ampula.
5 g (~0,05 g-molь) tuz solinib, yana tortiladi. Bu og’irliklar farqidan tuzning og’irligi topiladi. Dьyuar idishi (probirkasiz) texnik tarozida o`ndan bir aniqlikda tortib olinadi va idish temperaturasi 18 0 S bo`lgan distillanagan suvda 300 ml chamasida qo`yiladi. Suv solingan idish yana tortiladi va og’irliklar farqiga qarab suvning og’irligi aniqlanadi. Kalorimetr (Dьyuar idishi )probka bilan bekitiladi, probka bekman termometri, aralashtirgich va tuz solingan ampula (2-rasm) o`rnatiladi. Suvning temperaturasi o`lchanadi, shundan keyin tuz eriganda temperatura qanday o`zgarishi Bekman termometri yordamida topiladi. Kaliy nitrat eriganda issiqlik yutiladi; shuning uchun bekman termometri moslanganda simob menski termometrning yuqori qismida bo`lishi kerak. Kalorimetr muxit orasida issiqlik almshinishini hisoblash va tajriba vaqtida temperatura xaqiyqatdan qanday o`zgarishini tapish uchun kalorimetrda bo`ladigan proses 3 davrga bo`linadi : 1) boshlang’ich davr -5minut davom etadi; 2) asosiy daar – tuzning erish jarayoni;
3) so`ngi davr - 5 minut. Kalorimetrdagi suv 5 minut davomida, temperatura bir tekisda o`zgaradigan holatga kelguecha aralashtirib turiladi, bunda temperatura har
3-Rasm. Vaqt o’tishiga qarab temperaturaning o’zgarishi.
0,5 minutda 0,002 0 S gacha aniqlik bilan yozib olinadi. SHundan keyin tuz solingan ampula tayoqcha bilan sindiriladi, bunda tuzning hammasi suvga tushishi kerak; eritmani aralashtirib turib, erish temperaturasi qanday o`zgarayotgani (asosiy davr) kuzatib boriladi. Asosiy davr tamom bo`lib, so`ngi davr boshidan teperatura bir tekisda o`zgaruvchan holatga kelib qoladi. Sungi davrda ham, boshlang’ich davrdagi singari, temperatura 5 minut davomida o`lchab boriladi. Tuzning erish temperaturasi qancha o`zgarishini aniq hisoblash uchun. Mllimetrga bo`lingan qog’ozga grafik tuziladi, absissa o`qaga vaqt, ordinata o`qiga tempereturaning har 0,5 minutdagi o`zgarishi qo`yiladi. SHu tariqa topilgan nuqtalar birlashtirilsa, ikkita qiya to`g’ri chiziq hosil bo`ladi, bunda chiziqlarning qiyaligi kalorimetr bilan muhit temperaturasi orasidagi farqqa bog’liqdir. Bunda taxminan qanday diagramma hosil bo`lishi 7-rasmda ko`rsatilgan (AV-boshlang’ich davr, DE – so`ngi davr). Jarayonning boshidan oxirigacha kalorimetr bilan muhit orasida issiqlik almashinib turadi, shu sababli tuz eriganda temperatura qanchalik o`zgarganini topish uchun tegishli tuzatish kiritish kerak. Bunda temperatura o`zgarishining boshlang’tch hamda so`ngi davri uchun hosil qilingan chiziqlar davom ettiriladi. (grafikda punktr chiziq bilan ko`rsatilgan). VD nuqtalar oralig’i ikkiga bo`linadi va S nuqtadan ordinata o`qiga paralel to`g’ri chiziq o`tkaziladi, S΄΄ to`g’ri chiziq punktr chiziqlarni kesib o`tguncha davom ettiriladi. SHu chiziq kesib o`tgan nuqtalar oralig’i Δt = t
1 – t
2 tuz erishi natijasida o`zgargan temperaturaga to`g’ri keladi. Δt shu yo`sinda topilgandan keyin kalorimetr doimiyligi quyidagi tenglama bilan hisoblab topiladi: erish Q m K t
bunda Q erish – tuzning erish issiqligi; T emp
era tu ra n in g o `z g ar is h i 0 C
Vaqt, minut m – tuzning (kaliy nitratning) mollar soni. Kaliy nitratning 18 0 S erish issiqligi Q erish = -8,52 kkal/molь ga teng. Tajriba. Kalorimetrda suvsiz mis sulьfat CuSO 4 (taxminan 5,5 g) va uning kristallogidrati CuSO 4 ∙5H 2 O (taxminan 8 g) eritilganda temperaturani o`zgarishi kalorimetr doimiyligi o`lchangan usulda topiladi. Tajriba uchun tuzlar aniq tortib olingan bo`lishi zarur. Suvsiz mis sulьfat hosil qilish uchun tuzning kristallogidrati chinni kosachada qattiq qizdiriladi. Tuzning erish issiqligi (1) tenglamaga muvofiq kuzatiladi. Q erish = KΔt/m ga teng bo`ladi. Hisoblab chiqarish
Kalorimetr doimiyligining topilgan qiymatiga va tajriba natijalariga qarab, suvsiz mis sulьfat va uning kristallogidratining erish issiqligi hisoblab chiqariladi. Suvsiz tuzning erish issiqligi qiymatidan tuz kristallogidrati erish issiqligining qiymati ayirib tashlanib, suvsiz tuzdan kristallogidrat hosil bo`lish issiqligi topiladi. Kuzatish natijalarining yozilish tartibi.
№ KNO
3 CuSO
4 CuSO
4 ∙5H2O
1 Bo`shprobirkaning og’irligi g 1 , g
2 Tuz solingan probirkaning og’irligi g 1
3 Tuzning og’irligi g = g 2 - g
1 , g
4 Bo`sh kolba (d’yuar idishi)ning og’irligi G 1. g
5 Distillangan suv solingankolbaning og’irligi G 2 , g
6 Suning og’irligi G 1 = G
2 – G
1, g
№ Har 0,5 o`lvangan temperatura 1 2
4 5 6 7 8 9 10 1 Kalorimetrdagi suvning teperaturasi
2 KNO 3 eritmasining temperaturasi
3 Kalorimetrdagi suning temperaturasi
CuSO 4
Kalorimetrdagi suvning
Qilingan ish haqida hisobot 1. Kalorimetr sxemasini chizish 2. Vaqt o`tishiga qarab temperaturaning o`zgarish grafigini tuzish. 3. Kalorimetr doimiyligini hisoblab chiqarish. 4. suvsiz tuzning kristallogidrat hosil bo`lish issiqligini hisoblab chiqarish.
1. Termoximiya asosiy qonunining fizik ma’nosi nimadan iborat? 2. Termoximiyaning asosiy qonuni qaysi vaqitda issiqlik effektini hisoblash uchun qo`llaniladi? 3. Tuz erganda qanday prosess sodir bo`ladi?. 4. Moddaning erish issiqligi deb nimaga aytiladi? 5. Erish issiqligini kalorimetrik metod yordamida o`lchash usuli nimadan iborat?
temperaturasi
CuSO
4 ∙5H
2 O eritmasining temperaturasi
Download 402.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling