Termoplast polimerlar asosida olingan kompozitsion materiallarning xossalari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
termoplast-polimerlar-asosida-olingan-kompozitsion-materiallarning-xossalari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1060 NATIJALAR. Bu jarayon aniq bir hajmda xomashyo tayyorlangandan va qolip yopilgandan keyin, gidrosilindrda hosil bo‘lgan kuch ta’sirida purkash tugunchasi (uzeli)da sodir bo‘ladi. Purkash tugunehasida hosil bo‘lgan kuch ta’siri (gidrosilindr)da shnek oldinga qarab harakat qiladi, soplo va quyish kanali sistemasi orqali suyuqlanma qolipning ichki yuzasiga uzatiladi, chunki shnekdagi bosim qolipdagi bosimga nisbatan yuqori. Quyish sistemasi — kanallar majmuasidan iborat bo‘lib, unda polimer suyuqlanmasi forma uyasiga tushadi. Quyish sistemasi ham har xil bo‘ladi va asosiy forma — qolip elementlaridan biri hisoblanadi. Quyish sistemasi mashina silindrini qolip bilan tutashtirish vazifasini bajaradi va u orqali qolip to‘ldiriladi: Shakllanish ichki bo‘shlig‘ida bosimning pasayishi suyuqlanma beriladigan joyning uzoqlashishiga bog‘liq. Qolip ichida termoplast suyuqlanmaning harakatlanishi bilan bir paytda qolip devori orqali sovitish boshlanadi, chunki suyuqlanma temperaturasi qolip haroratiga nisbatan yuqoridir. Natijada qolip devori atrofidan aniq bir qalinlikda kanal hosil bo'ladi. Uning qalinligi soviy borgan sari tobora oshib boradi. Litnikka yaqin joyda qoiip devoriga yopishgan polimer qalinligi o ‘zgarmaydi, desak ham bo‘ladi, bunga sabab qolipga kirayotgan suyuqlanmaning harorati yuqori bo'ladi. Suyuqlanma oqish yo‘lida to‘sqinliklar bo‘lsa (qolipga quyilgan metall, belgi chiqiqlar), oqim ayrim oqimlarga bo‘linadi va bu oqimlar birlashganda tutash choklar hosil boMadi. Ularning mustahkamligi monolit buyumdan past bo‘ladi. Qolipning ichki bo‘shlig‘iga kirayotgan materialning massasi quyish siklini boshidan to oxirigacha (bosim ostida ushlab turgunga qadar), litnikdagi polimer qotib bo'lgandan keyin ham o'zgarmaydi. Bosim ostida quyishda fizik-kimyoviy asoslar ekstruziya usuliga yaqindir. Bu yerda ko‘p o ‘xshashliklar bor, lekin tubdan farq qiladigan tomoni — shakllash jarayoni juda tez kechadi. Shuning uchun suyuqlanma qolipga juda katta tezlik bilan yuboriladi va qolipda makromolekula oriyentatsiyasi sodir bo'ladi, bunda qo'shimcha harorat paydo bo'ladi. Shuning uchun tayyor buyumning hajmi va zichligi bosim ostida ushlab turish momenti tugallanishiga qarab qolipning ichki bo‘shlig‘idagi o‘rtacha harorati va bosimi bilan aniqlanadi. MUHOKAMA. Qolip suyuqlanma bilan to'lgandan keyin u soviy boshlaydi, natijada suyuqlanma zichligi oshadi, hajmi kamayadi, shu tufayli quyish sistemasi orqali SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling