Termoplastlardan buyum olish usullari qanday sinflarga bo'linadi?


Download 479.95 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi479.95 Kb.
#1565101
  1   2
Bog'liq
Kim.tex. Mt. plastmassa. Hemis


  1. Termoplastlardan buyum olish usullari qanday sinflarga bo'linadi?

  2. Qaysi turdagi plastmassalar granulalanadi?

  3. Qaysi plastmassalar tabletkaga aylantiriladi va nima uchun?

  4. Plastmassalarni tabletka yoki granula holatida ishlatish qanday

afzalliklarga ega?

  1. Polietilen plyonka ishlab chiqarish texnologik sxemasini keltiring. Jarayonning ketma ketligini yozing.

Javoblar

  1. Hozirgi paytda plastmassa buyumlar turli usullar bilan ishlab chiqariladi. Bu usullarni tanlash polimer turiga, uning dastlabki holatiga, shuningdek, buyumning shakli va o'lchamlariga bog‘liq.

  2. Usullarning ko‘pligi (30 dan ortiq), ularni sinflarga bo‘lish zarurligini taqozo etadi.Bunda Mak-Kelvi tomonidan taklif qilingan, turli usullarni bir xil guruhlarga birlashtirish yo‘li to‘g‘riroq hisoblanadi. Bunda birinchi guruhga faqat fizik jarayonlarga asoslangan usullar, ikkinchi guruhga faqat kimyoviy jarayonlarga asoslangan usullar, uchinchi guruhga esa fizik-kimyoviy jarayonlarga asoslangan usullar kiritilgan.





  1. Polimer kompozitsiyasini granula holatiga aylantirish

  2. Granulalash — polimerni sochiluvchan donador mahsulotga aylantirishdir. Granulalash sochilgan holatdagi zichlikning qiymatini oshirib beradi: material granulalari deyarli bir xil o'lchamga ega (3—5 mm). Sochilgan holatdagi hajmiy og‘irlikning ortishi granuladan buyum tayyorlovchi agregatning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.

Granulalash jarayoni quyidagilardan iborat: kukun holatidagi polimer yoki PKM silindrga solinadi, m a’lum harorat ta ’siri ostida material oquvchan holatga o‘tadi, shnek yordamida massa shakllovchi kallak orqali olib tasma yoki sim shakiida uzluksiz siqib chiqariladi, sovitilib kesib granulaga aylantiriladi. Bunday agregatlar granulator deb yuritiladi.



  1. Tabletka olish

  2. Termoreaktiv kompozitsion materiallar ko‘pincha sochiluvchan holatda bo'ladi. Ulardan bu holatda foydalanish ancha noqulay. Shuning uchun ular oldindan zichlab tabletka holiga keltiriladi. Bu jarayon ftoroplastlar uchun ham qo‘llaniladi.Tabletkalash maxsus gidravlik (avtomatlashtirilgan) presslarda bajariladi. Xona haroratida press-kukunlar m a’lum o ‘lcham va shakldagi, havodan ozod bo‘lgan, jipslashgan massaga aylanadi.Tolasimon press materiallardan shnekli agregat orqali m a’lum (arqon) shaklga ega bo‘lgan tabletka olish mumkin.Tabletkalash press-kukunlarning sochilib isrof bo‘lishini kamaytiradi. Tabletkalar tezroq isiydi, issiqlikning atrof-muhitga tarqalishi kamayadi va o‘lchab berish osonlashadi. Natijada presslash usuli bilan olingan buyumni olish davri qisqaradi.




  1. Bu usullarning afazlligi press holidagi kukunlarning sochilib, yerga toʻkilib isrof bo'lmasligi. Yana bir afzalligi shundaki, suyuq granulani istalgan shaklga keltirsak bo'ladi. Yana granulalarni agregativ holatini o'zgartirish oson.

Tabletkalash press-kukunlarning sochilib isrof bo‘lishini kamaytiradi. Tabletkalar tezroq isiydi, issiqlikning atrof-m uhitga tarqalishi kamayadi va o‘lchab berish osonlashadi. Natijada presslash usuli bilan olingan buyumni olish davri qisqaradi.


  1. Download 479.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling