Terrorizmga qarshi kurash


Terroristik harakatlarga qarshi O’zbekiston Respublikasida yaratilgan huquqiy baza asoslari va jahon miqyosidagi ishtiroki


Download 0.71 Mb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1528117
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Terrorizmga qarshi kurash 2

Terroristik harakatlarga qarshi O’zbekiston Respublikasida yaratilgan huquqiy baza asoslari va jahon miqyosidagi ishtiroki

  • Mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizmning umumbashariy miqyosdagi xavfi ekanligidan jahon hamjamiyati bilan birgalikda unga qarshi kurashish lozimligini jahonning nufuzli minbarlarida e’lon qildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 28 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambelyasining 48 sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatining Afg`oniston muammosini izchil o`rganish va yechishga chaqirdi. Keyinchalik 1998 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil topgan "6+2" guruhini BMT rahbarligi ostida 1998-1999 yillarda olib borilgan faoliyat Afg`oniston terrorchilikka qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu guruh Afg`oniston bilan chegaradosh 6 davlat: Xitoy, O`zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va mintaqa tashqarisidan ta’sir ko`rsatib turgan ikki davlat AQSH va Rossiya vakillaridan tashkil topgan edi.
  • Yurtboshimizning 1999 yilda Evropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkilotining (EHHT) Istanbul da bo`lib o`tgan sammitda 2000 yilning 7-8 sentяbr kunlari Nyu-Yo`rkda bo`lib o`tgan BMT bosh assambleyasining "Mingyillik Sammiti"da, BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish taklifiga hamohang tarzda 2001 yilning 28 sentybrda BMT doirasida terrorizmga qarshi kurash qo`mitasi tuzildi.
  • Shunday kelishuvlik asosida O`zbekiston- AQSH hamkorligida tashkil etilgan xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida AQSH xarbiy havo kuchlarining trasport va vertalyotlariga Afg`onistonda qidiruv-qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish uchun havo hududi (Xonabod tumani) ochib berilib, terrorizmga qarshi vaqtinchalik foydalanish imkoniyati yaratildi.
  • O`zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi olib borayotgan siyosatining maqsadi mintaqada global miqyosda tinchlik, barqarorlikni saqlash, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi, xalqning erkin farovon hayotini ta’minlashdir. Respublikamiz hukumati tamonidan terrorizmga qarshi qaratilgan koplab xalqaro shartnomalardan hozirgaчa BMTning 12 ta, Yevropa Kengashi doirasida esa 7 ta xalqaro shartnomalari imzolandi.
  • Bulardan tashqari, O`zbekiston halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham namoyon bolmoqda. Jumladan, O`zbekiston Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeHHT), Markaziy Osiyo hamkorligi Tashkiloti (MOHT) va boshqalar. O`zbekistonning bunday tashkilotlardagi ishtiroki, tashabbusi, global havfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda davlatimizning tutgan o`rni muhim ekanligini tasdiqlaydi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling