Terrorizmning paydo bolishi. Terrorizmning davlat va fuqarolarga tahdidi va tasiri
Download 83.5 Kb.
|
Surayyo Hayot faoliyati
Reja: Terrorizmning paydo bolishi. Terrorizmning davlat va fuqarolarga tahdidi va tasiri. Ozbekiston va xorijiy davlatlar qonunchiligida terrorizmga qarshi kurash masalasining huquqiy tartibga solinishi. BMT va Oʻzbekiston: Terrorizmga qarshi kurash va inson huquqlari sohasida hamkorlik Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, ayniqsa uning songgi 10 yilida xalqaro jamoatchilikni qattiq tashvishga solib qoydi Terrorizm bu malum siyosiy maqsadlarga erishishga yonaltirilgan, tinchlikka, fuqarolar xavfsiligiga va hayotiga zoravonlik ishlatish, yoki, uni qollash xavf xatarini tugdiradi. 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining Terrorizmga qarshi kurash togrisidagi qonunida terrorizmga Xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, dalatning suverentini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy siyosiy beqarorlashtirish, aholini qorqitish maqsadida davlat organlarini xalqaro tashkilotlarni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy va yuridik shaxsning biror bir faoliyatini amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zorlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tugdiruvchi boshqa qilimishlar, ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorlichilik tashkilotlarining mavjud bolishini, ishlab turishini, moliyalashtirishni taminlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga, ularning faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag-vositalar va resurslar berish, yoki yigishga, boshqa xizmatlar korsatishga qaratilga faoliyat tarzida tarif berladi. Terrorizm insoniyat jamiyati rivojlanishinig kapitalizmgacha bolgan davri. Buyuk fransuz inqilobi bilan bevosita bogliq bolgan feodolizmdan kapitalizmgacha otish davri, bir qator Yevropa davlatlarida monarxiya tuzumi bilan kurashish, shuningdek, burju demokratiyasi qaror topish davrining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy hodisasi sifatida organish kerak. XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning eng daxshatli turi avj oldi. Bu diniy ekstremizmdir. Bu dinni niqob qilib olib, ozlaricha islom davlatini tuzamiz deb, odamlarga tasir otkazish turli qoporuvchilik haraktlarini olib borishdir. Diniy ekstremizm nima, u qanday paydo boldi degan savol tugiladi. Bu savollarga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abduganievich Karimov xulosalaridan javob topamiz: Jamiyat hayotining bir qismi bolgan din, ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan muqarrar ravishda munosabatda bolgan. Ularga tasir korsatgan va ozi ham boshqa sohalarning tasiriga duch kelgan. Hozir mavjud bolib turgan diniy tartiblarning kopchiligi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy burilishlar, tangliklar davrida shakllanganligi bejiz emas. Shu tariqa din insoniyat tarixining turli davrlarida siyosat bilan ozmi kopmi ochiq oydin munosabatg kirishgan. Kopincha undan siyosiy va bazan bir taraflama, tor maqsadlarda foydalanib kelingan. Afsuski insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bolgan odamlardagi etiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm(ota ketgan mutaasiblik) sifatida foydalanganligini korsatuvchi misollar kop. fanatizmning oziga xos xususiyati va korinishlari avvalambor oz dinini haqiqiyligiga ota qattiq ishonish, bishqa diniy etiqodlarga murosasiz munosabatda bolishdan iboratdir. Aynan fanatizm illatiga yoliqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik tolqinini keltirib chiqarishga qodir boladilar. Ustiga-ustak ommaviylik unsuri muayyan bir xatti-haraktlar uchun shaxsiy javobgarlik hisini yoqotib yuboradi, harakatga omma, xalq harakati tusini beradi. Ozining shak-shubhasiz haqligiga, haqiqatni faqat ozi bilishiga ishonch hisi songi choralarga zoravonlik harakatlariga moyilligi bilan ajralib turadigan diniy ekstremizmning paydo bolishiga zamin yaratadi. Adolat yuzasidan shuni etirof etish kerakki, diniy fanatizmning otilib chiqishga sof diniy ziddiyatlardan kora koproq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammlrning hal qilinmagaligi sabab boladi. Diniy fanatizmni alanga oldirish orqali hokimiyatga intilish, aldangan avomning kor-korona gazabidan ozining qora niyatlari yolida foydalanish siyosiy yoki shaxsiy manfaatlarga erishishni din bilan niqoblash hudojoylikni ashaddiy haqorat qilishdir. Islom ekstremizmi bugungi kunda yagona mafkuraga ega bolgan turli tuman yonalishdagi oqimlarning mushtarakligini ozida namoyon etadi. Bu borada misollar kop: Misrdagi Al-Jamoa, Musulmon birodarlar, yaqin sharqda Xamas, Xizbi Alloh, Al-Jihod va faol harakat qilayotgan qator boshqa tashkilotlar Filippindagi(Mindanao oroli) Abu Sayyor guruhi va nihoyat Afgonistondagi Tolibon harakati va u yerda panoh topgan Ozbekiston Islom Harakati jangarilari va hokazolar. Hozirgi vaqtda diniy ekstremizmni keng yoyilishiga yoshlarimizning ongini zaharlab ularga turli xildagi kitoblar, varaqalar tarqatib terrorizmning yanda avj olishiga olib kelmoqda. Ulrning tasiriga tushib qolgan yoshlarimiz bu balodan qutula olmay, natijada oz yurtlariga xiyonat qilib, ularga qoshilib vatanlarini yakson qilish uchun harakat qilmoqdalar. Terrorizmning daxshatli tasirlarini koplab misollarda korishimiz mumkin. Xususan 2001-yilning 11-sentabrida AQSHdagi Butunjahon Savdo Markazining portlashi sodir etilgan terroristik harakatlar ichida eng kattasi boldi. Minglab odmlar qurbon boldi, Amerika hukumati 1 trillion 380 mlrd dollar miqdorida zrar kordi. Bunday xatti-harakatlar bizning Respublikamizda ham yoq emas, masalan Ozbekiston Islom Harakati rahnamolari 1999-yil 16-fevralda sodir etgan terroristik harakatlari natijasida qancha begunoh odamlar jabr kordi. Bundan tashqari 2000-yilda Bostonliq, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlariga suqulib kirmoqchi bolgan ekstremistlarning harakatlari bunga yaqqol misoldir. Terrorchilik harakatining quloch yoygan joyi, bu Afgoniston Respublikasidir. Prezidentimiz Islom Karimovning Mingyillik sammiti deb nom olgan anjumanda sozlagan nutqida 20 yildan ortiq vaqt mobaynida urush davom etib kelayotgan Afgoniston hozirgi paytda xalqaro terrorchilik va ekstremizmning polegoni hamda tayanch bazasiga milliardlab daromad keltirayotgan dunyo narkotik ishlab chiqarishining asosiy manbayi fbrikasiga aylanganligini takidlagan edi. 2004-yil 29-30-mart kunlari Toshkentda sodir etilgan qoporuvchiik harakatlari ham achinarli tus olgan edi. Yurtimizda 2005 yil 12-13-may kunlari Andijon viloyatida sodir etilgan terroristic harakatlarning eng yirigi boldi desak xato bolmaydi, chunki ular qamoqdagi maxbuslarni ozod qilib viloyatning harbiy organlari va davlat hukumati binolarini vayron qildilar, koplab odamlarni asir olib ularga jismoniy va moddiy zarar yetkazdilar. Bu holat sodir bolayotgan mahalda Prezidentimiz Islom Karimov ular bilan jonli muloqotga kirishdilar. Mana shunday ayanchli isbotlardan korinib turibdiki terrorizm davlatning suverentetiga, mustqilligiga, aholining tinchligiga raxna soluvchi bir illat ekanligini korishimiz mumkin. Milliy etnik talqindagi terrorchilik tashkilotlari tizimini taxlil qilishga otishdan avval, jamiyatdagi barqarorlikni saqlash, raxna soluvchi omilga aylanib borayotgan millatlararo ziddiyatlar masalasiga murojaat etishimiz lozim. Ushbu turdagi ziddiyatlar deyarli hamma qitalarning kopchilik mamlakatlarini qamrab olmoqda. BMT bosh kotibi Kofe Ananning takidlashicha, xalqaro hamjamiyat hanuzgacha 2 qutbli tizim yemirilishining salbiy asoratlarini yenga olgani yoq. Kop millatli mamlakatlarda xox u Markaziy Osiyoda, xox sobiq Yugoslaviyada bolsin alanga olgan etnik ziddiyatlar buning fojiyali dalili bola oladi. Prezidentimiz Islom Karimov kop millatli davlatda etnik guruhlar ortasidagi va millatlar ortasidagi munosabatlar milliy xavfsizlik tushunchasini shakllantiruvchi tasirchan omillardan biri ekanligi aniq bola boshladi. Ozlarining siyosiy va boshqa maqsadlari yolida milliy masalani dastak qilib olishga intiladigan kuchlar, eng avvalo odamlarni yuksak darjada safarbar etadigan hissiyotlarga umid boglaydilar. Keyinchalik ularni har qanday siyosiy donishmandlik va soglom fikrni inkor etadigan jangari tajovvuskorlik yoliga burub yuborish mumkin deb oylaydilar. Terrorchilarning bunday xatti-harakatlar qilishlarida ularga kim yordam berdi buning uchun ular mablagni qayerdan oldilar degan savol tugiladi. Toliblar, Birlashgan tojik muholifati, hamda Ozbekiston Islom Harakati uchun asosiy moddiy manbalardan biri narkotiklar savdosi edi. Bundan tashqari, ekstremistik islomiy tashkilotlarni moliyaviy taminlovchi boshqa manbalar ham mavjud. Bazi bir nufuzli moliyaviy tuzulmalar, xilma-xil hukumat jamgarmlari hamda xayriya tshkilotlari ularga muntazam ravishda yordam berib turganlar. Hozirgi zamon terrorizmi taminoti togrisida gapirilganda yana bir omilni esdan chiqarmaslik lozimdir. Gap shundaki Yevropa davlatlari va AQSHda sharq va janub mamlakatlaridan kirib kelganlar ham yildan yilga kopayib bormoqda ular aksariyati mahalliy aholiga qoshilmay ozlarining milliy, diniy urf-odat va ananalariga amal qilib yashamoqdalar. Kelgindilar orasida ishsizlar, giyohvandlar, hayotda oz ornini topa olmaganlar ham oz emas. Bu esa ekstremistik tashkilotlar uchun oz saflariga yangi jalb etish, jangarilarni tayyorlab, shu davlatlar hududida yohud boshqa mamlakatlarda terrorchilik faoliyatini olib borishga imkon bermoqda. Ozbekiston Islom Harakati rahbarlari kadrlar tayyorlashda xorijiy, masalan, yaqin va orta sharqlik nufuzli homiylarga tayanadilar va Usama bin Ladenning Tolibon nazoratidagi tuzilgan oquv lagerlari va bazalaridan keng foydalanadilar. Uning emmissarlarga Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ishsizlar, vahobiylik goyalari tasiriga tushgan yoshlar orasidan maxfiy ravishda tarafdorlarni yollab, ularni pinhoniy yollar orqali Tojikiston, Checheniston, yoki Afgonistondagi tayyorlov lagerlariga yuborib turdilar. Oqish jarayonining birinchi bosqichida jangarilarga islomning asosiy qoidalari va jihod togrisida saboq berdilar, keyingi bosqichlarda ularga zamonaviy oq otar qurollarni orgatish boyicha maxsus jangovar tayyorgarlik otkazilar edi. Kurslarda mina qoyish, uni portlatish sirlari, harbiy topografiya, togli joylarda jangovor harakatlar olib boorish taktikasi, shahar va aholi yashash joylarida qoporuvchilik-terrorchilik harakatlarini olib borishga orgatiladi, shuningdek yollanganlarga yashirinish, qoporuvchilik targibotini olib borish usullari muntazam ravishda muqaddas jasoratlarga diniy jixod yolida oz jonidan ham kechishga tayyor bolish ruhida tarbiyalash bilan qoshib olib boriladi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov II chaqiriq Oliy Majlisning uchinchi sessiyasida sozlagan nutqida Bizning yurtimiz bugungi kunda yon atrofimizda vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib ozining uzoqqa moljallangan yovuz maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan turli ekstremistik aqidaparastlik markazlarining garazli intilishlari qaratilgan hududga aylanib qolmoqda takidlagan edi. Bu Terrorizmga qarshi kurash togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqishga asosiy turtki bolgan edi. Qonun loyihasida terrorizmga qarshi kurashning tamoyillarini belgilashda BMT VIII kongresining jinoyatchilikni ogohlantirish va huquqbuzarlar bilan munosabatda bolish boyicha materiallardagi davlatlarning jinoyat qonunchiligia tegishli qonunlarning oxshashligini tamilashga komaklashish, garchi shu bilan birga davlatlar ortasida nizolar kelib chiqishi mumkinligini ogohlantirishi uchun milliy qonunchilikning haddan ortiq kengayib ketishini oldini olishga amal qilish mazmunidagi tavsiyalari inobatga olindi. Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bolib asosiy vazifalari etib shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini taminlash, davlat suverenteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat. Qonun Umumiy qoidalar, Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, Terrorchikka qarshi operatsiyaning otkazilishi, Terrorchilik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va Jabrlangan shaxslarning Ijtimoiy reabilitatsiyasi hamda Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy va ijtimoiy hioyasi deb nomlanuvchi 5 bolim va 31 moddadan iborat. Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning ozini-ozi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar komaklashishlari zarurligi 6-moddada belgilab qoyilgan. Terrorizmga qarshi kurashish, Ozbekiston Resbublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qilish qomitasi, Davlat bojxona qomitasi, Mudofaa hamda Favqulotda Vaziyatar Vazirligi amalga oshiradi (8-modda). Jumladan Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi favqulotda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida, muhim, toifalangan va boshqa obyektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar davlat qomitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Terrorizm bilan kurashish sohasidagi hozirgi bosqichdagi hamkorlik bir necha yonalishlarda amalga oshirilmoqda alohida qayd etish kerakki Ozbekiston Respublikasi dunyoning koplab davlatlari bilan terrorizm, ekstremizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish togrisidagi shrtnomalarni imzolagan. 2000-yil aprel oyida Ozbekiston, Qozogiston, Qirgiziston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuvida Terrorizm, siyosiy, diniy ekstremizm, milatlararo jinoyatchilik va tomonlar xavfsizligi, hamda barqarorligiga tahdid soluvchi xavflar bilan kurashishda hamkorlikdagi harakatlar togrisidagi shartnomani imzoladilar. 2001-yil iyun oyidagi Shanxay hamkorlik tshkiloti davlat rahbarlari sammitida (bu uchrashuvda Ozbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozogiston va Tojikiston bilan birgalikda mazkur obroli tashkilotning tasischisi bolib qoldi) Shanxay hamkorlik tashkilotining tuzish haqidagi Dekloratsiya, shuningdek Terrorizm, ayirmaachilik va ekstremizm bilan kurashish togrisidagi konvensiya qabul qilindi. Terrorizm bilan kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik togrisida gap borganda Ozbekiston tashabbusi bilan tuzilgan 6+2guruhi deb nomlangan guruhni ham eslash kerak. Shu orinda Preziddentimiz Islom Karimovning 2001-yil 11-sentabridagi voqealardan song bayonotidagi ayrim fikrlarni keltiramiz Bugun biz butun insoniyatga tahdid solib turgan bu illatga barham berish borasidagi kurashdan hech qanday davlat chetda qolmasligi tabiiy. Jahondagi yuzdan ortiq davlatning mazkur masla boyicha oz fikri qatiy pozitsiyasini bayon qilgani ham haqiqatni tasdiqlaydi. Bugun terrorizmga qarshi tashkil qilinayotgan koalits iniyasi safiga ozining siyosiy tuzumi va qarashlaridan qatiy nazar turli davlatlar, shu jumladan barcha yetkchi arab va musulmon jamoatlari qoshilayotgani etiborga sazovordir. Bunday kuchlar va davlatlarni birlashtirayotgan xalqaro hamjamiyatning qatiyatligi tobora mustahkamlanib bu kurash xalqaro tus olib borishiga hech qanday shubha qolmayapti. Gap shundaki terrorizm tahdid mavhum tushuncha emas, balki xalqaro terrorizmning oz oldiga qoygan siyosiy maqsadlariga erishish uchun jahondagi mavjud tartibni beqarorlashtirish, xalqaro, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka tajovvuz qilish orqali reja va niyatlarini amalga oshirish yolidagi harakatlardir. Bu narsa milliy huquq va xalqaro meyorlarning buzilishiga tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar deb tavsiflanishi kerakligini bildiradi. Mana nima uchun xalqaro terrorizm va uning tahdidiga qarshi harakat faqat harbiy, siyosiy va maxsus xususiyatli choralar bilangina emas, balki terrorizm bilan kurashishda huquq doirasida, amaldagi milliy qonunchilik, xalqaro huquq meyorlri asosida olib borish kerakligini talab qiladi. Shuning uchun ham surishtiruv va tergov idoralarining zimmmasiga bu turdagi oqim partiyalarning Obekiston Respublikasida faoliyat korsatishiga yol qoymaslik chorasini korish, bu borada tezkor-tergov tadbirlarini otkazish, malumotlarini tahlil qilib, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart sharoitlarni sinchikovlik bilan tola, har tomonlama organish, bartaraf etish, jinoiy uyushma azolaridan jinoyatlarni sodir etishdagi ishtirokini aniqlash masuliyatini yuklaydi. Buning uchun esa Hizbchilar va ularga oxshash diniy ekstremistik oqimlar domiga tushib qolganlarga qarshi jamoatchilik fikrini shkllantirish ayniqsa mahallalar, fuqarolarning ozini-ozi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishlashni kuchaytirish kerak. Prezidentimiz Islom Karimov bu oqimning barqarorlikka tahdid solayotgani togrisida gapirib, xalqimizning tabiatiga mutlaqo yot bolgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi, tarqalishi, tinchlik va osoyishtalikka xavf tugdirishini odamlar ongiga chuqur singdirib takidlagani bejiz emas. Tergov idoralari tomonidan aniqlanishicha mustaqillik yillarida Ozbekistondan 10dn ortiq siyosiy-diniy ekstremistik oqimlar va harakatlar noqonuniy ravishda faoliyt korsatgn. Jumladan: Hizb ut-tahrir, Akromiylar, Tablih, Uzun soqol, Vahhobiylar, Adolat uyushmasi, Islom lashkarlari, Tavba, Nur. Ularning bazilari togrisida tergov idoralarid mavjud bolgan malumotlrga suyanib qisqacha toxtalib otamiz. Akromiylar guruhi 50-yillarda Fargona vodiysida vujudga kelgan. Oqim tashkilotchisining nomi Mulla Akrom nomi bilan bogliq, ularning goyasi Allohni tan olish, Paygambarni, ota-onani, har qanday davlat boshqaruvini rad etib faqat oqim sardoriga itoat qilish. Adolat uyushmasi 1991-yilning boshida Namangan viloyatida faoliyat korsatgan, ular viloyatdagi dinga etiqod qiluvchi qishloq aholisini oziga jalb qilib ularni huquqni muhofaza qiluvchi idora hodimlariga qarshi qilib qoygan. Dunyodagi eng xavfli terrorchi ekstremistik guruhlar royxatida rasman AQSH davlat departamenti tomonidan kiritilgan Ozbekiston Islom harakati vatangadolar jinoiy uyshmasi ham bor. Bu jinoiy uyushma tashkilotlari J.Hojiyev, T.Yoldoshevlar hisoblanadi. Uning tarkibida minglab jangarilar, yollangan ajnabiy jinoyatchlar mavjud. Hizb ut-tahrir boshqa norasmiy diniy tashkilotlardan frqi shuki u hujumni avvalo fikrga qaratadi, yani fikriy kurash olib borib goyaviy inqilobga erishadi. Mafkuraviy tasirni kuchaytirish uchun ozlarining nomaqbul kurash yollarini 3 bosqichdan iborat deb hisoblaydilar. Birinchisi, tushuntirish ishlarini olib borish orqali ongi toliq shakllanmagan yoshlarni tuzoqqa ilintirish, huquq tartibot idoralari, hokimliklardagi tashqi tasirga beriluvhi hodimlar bilan aloqani mustaxkamlash, yani ularni oz domiga tortish. Ikkinchisi, fikriy kurash orqali ommani oyoqqa turgazish, yani odamlar ongiga salbiy goyalarni zoraki singdirish. Uchinchisi, manqurdga aylangan ekstremistik kuchlarni hukumatga qarshi qoyish, begunh kishilarni qonini tokish. Din niqobi ostida terrorchilik yoli bilan hokimiyatni egallash. Shaxslarga diniy mafkura, goya qarashlar asta sekinlik bilan, yni ortacha 3 oydn 1,5 yilgacha bolgan vaqt mobaynida singdirish, ularni barqarorligini,3 oydn 1,5 yilgacha bolgan vaqt mobaynida singdirish, ularni barqarorligini, uushqoqligini taminlashdan iborat. BMT va O'zbekiston : Terrorizmga qarshi kurash va inson huquqlari sohasida hamkorlik: 2021-yil 16 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76 - sessiyasida "Terrorizm va inson huquqlari " nomli 76 / 169 - sonli rezolyusiya qabul qilindi. Rezolyusiyada terrorizm hamda terrorizm uchun sharoit yaratadigan zo'ravonlik ekstremizmining barcha xurujlari, usul va amaliyotlari, qaysi shakl va ko'rinishda berishi, qayerda va kim romonidan sodir etilishi mumkin, qanday motivatsiya yo moliyaviy yuz berishi mumkin, moddiy yoki siyosiy qo'llab-quvvatlash negizida sodir etilishidan qat'iy nazar, xalqaro huquqqa mutlaqo mos kelmaydigan harakat sifatida soʻzsiz qoralanishi taʼkidlangan . BMT Bosh Assambleyasining Rezolyusiyasida , shuningdek , terrorizm hamda terrorizm uchun sharoit yaratadigan zo'ravonlik ekstremizmi inson huquqlari , erkinliklari va qonuniy manfaatlari to'la ro'yobga chiqarishga g'ov bo'lishiga e'tibor qaratilgan. Bu salbiyo.illar tufayli esa, bir tomondan, insonning siyosiy, shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini amalga oshirish yoʻlida toʻsiqlar yuzaga kelsa,, ikkinchi tomondan, davlatlarning huquqiy yaxlitligi va xavfsizligi, hukumatlarning barqarorligi, huquq va demokratiyaning ustuvorligi, yanada tashvishlanarlisi, dunyoda farovon jamiyatlar, xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikning mavjudligi ulkan tahdid ostida qoldi. Bundan tashqari, 76 / 169 - sonli rezolyusiyada barcha davlatlar hukumatlaridan BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag' davolash va himoya qilish masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisiga uning zimmasiga yuklangan vazifa hamda muammolarni davolashda har tomonlama yordam ko'rsatishi so'ralgan.Shu o'rinda BMT maxsus ma'ruzachisi Fionnuala Ni Aolaynning qaroriga 2021 yil 28 noyabr - 7 dekabr kunlari amalga oshirilgan tashrifi doirasida O'zbekiston tomoni u bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishi haqida muxtasar to'xtalish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT Maxsus ma'ruzachisi F.Ni Aolaynni qabul qildi. Muloqot'ida O'zbekistonning BMTg organlari va huquqni himoya institutlari bilan sherikligini oshirishga cho'milish qator qo'shma xalqaro transport o'tkazishga kelishib olindi. BMT Maxsus ma'ruzachisi O'zbekiston Prezidenti va Kengashi bilan muloqotdagi matbuoti , O'zbekiston Prezidentining "Mehr" operatsiyasidagi fuqarolarni mamlakatga , reabilitatsiya va reintegratsiya qilish vaqtidagi sa'y - harakatlarini yuqori baholadi . F.Ni Aolayn Suriya, Iroq va Afg'onistondan kelgan shaxslarning reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi. Toshkent viloyati Bostonliq tumanidagi ushbu maskanda o'z vaqtida "bo'lgan harorat va nuqta" lardan olib keladigan ayollarni reabilitatsiya qilish uchun muhim bilan tanishdi . " Oila birligi va jamiyatning qo'llab-quvvatlanishiga samarali o'zbek modeli repatriatsiya qilish , erkin manfaatini ko'zlash va siyosiy , huquqiy va ijtimoiy munosabatlar markazida o' choqli vaziyatdan qaytgan ayollarni samarali reintegratsiya qilish bo'yicha eng yaxshi amaliyot namunasidir " , dedi BMT ma'ruzachisi. Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling