Teskari aloqa datchiklari
Download 6.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqTeskari aloqa datchiklari-hozir.org
Teskari aloqa datchiklari Teskari aloqa datchiklari1.Teskari aloqa datchiklari2. Fotoelektrik impul’sli datchiklar3.RDB dastgohlari tizimlariRDB dastgohlarida ishlov berishda detallarning kerakli aniqligini ta'minlash uchun kesuvchi asbob harakatining trayetoriyasini dastur bo'yicha belgilash va uni butun ishlov berish davomida nazorat qilish kerak. Buning uchun dastgoh kohstruksiyasida ishchi organlar harakati traektoriyasining bajarilishini nazorat qiluvchi teskari aloqa qurilmalari mavjud. Teskari aloqa datchiklarning asosiy vazifasi ishchi organning haqiqiy holatini o`lchash, tegishli shakldagi signalga o`zgartirish hamda ushbu signalni taqqoslash qurilmasiga uzatishdan iborat. Ishchi organning raqamli dastur bo`yicha berilgan va haqiqiy siljish signallari taqqoslash qurilmasida farq (xato) signaliga aylantiriladi, so`ng xato signali kuchaytirilib ishchi organ surish yuritmasi dvigateliga xatoni kamaytirish yoki ishchi organ berilgan holatga talab etilgan aniqlikda yetganida harakatni to`xtatish uchun uzatiladi. Ishchi organning haqiqiy holatini o`lchash aniqligi, birinchidan, teskari aloqa datchigi aniqligi, uning sxemaviy va konstruktiv xususiyatlari, ikkinchidan, datchikni va o`lchanayotgan siljishni bog’lanishi bilan aniqlanadi. Surish yuritmalarining o`lchanayotgan siljishlari to`g’ri chiziqli va aylanali bo`lishi mumkin. Ishchi organning haqiqiy siljishi yoki holati haqidagi signalning aniqligi yuqori bo`lishi uchun o`lchash signalini ishchi organiga bevosita o`rnatilgan datchikdan olish to`g’ri bo`ladi. Shunda teskari aloqa datchigi hamda ishchi organning surish yuritmasi o`rtasidagi kinematikaviy zanjirlar bekor bo`ladi. Demak, chiziqli siljishlarni o`lchash uchun chiziqli datchiklardan, doiraviy siljishlarni o`lchash uchun doiraviy teskari aloqa datchiklaridan foydalanish to`g’ri bo`ladi. Induktosinlar chiziqli va doiraviy induktosinlarga bo`linadi. RDB dastgohlarida chiziqli induktosinlar surish yuritmasi ishchi organi ko`chirilishini bevosita o`lchash uchun, doiraviy induktosinlar esa asosan bo`lish stollarida foydalaniladi. Induktosinlarning ishlash printsipi aylanuvchi transformatorlarnikiga o`xshash bo`lib, farqi induktosinlarda stator va rotor chulg’amlari tekislikka yoyilgan bo`ladi. Chiziqli induktosinlar uzunligi 250 mm dan bo`lgan po`lat chizg’ichlaridan tashkil topgan bo`lib, harakati o`lchanishi kerak bo`lgan ishchi organga nisbatan qo`zg’almas tekislikka aniq birlashtirilib o`rnatiladi. Ishchi organning qo`zg’almas chizg’ichlarga qaragan yuzasiga sirpang’ich (polzunok) mahkamlanadi. Bunda qo`zg’almas chizg’ich va sirpang’ich orasidagi oraliq 0,2 – 0,3 mm dan oshmasligi hamda qiyshamagan bo`lishi kerak. Qo`zg’almas chizg’ich va ishchi organ bilan harakatlanadigan sirpang’ichning yuz tomonlari bir-biriga qaratilgan bo`ladi. Chizg’ich qalinligi 10 mm tashkil etadi (rasm 21.13). Rasm 22.3. Chiziqli induktosinning chulg’amlari: a) chulg’amlarning sxematik rasmi; b) chulg’amlarning ulash sxemasi; 1-2-yakkalovchi (izolyatsiyalovchi) asos; 3,4,5- chulg’amlar. Fotoelektrik impul’sli datchigi sxemasi: 1- nur manbai; 2 - optik tizimi; 3 - shaffof o`lchash chizg’ichi; 4 – fotopriyomnik. Rez’ba qirqish zanjirlarida zaruriy shaffof shtrixlar soniga ega bo`lgan o`lchash diski stanok shpindeli va surish vintiga o`rnatiladi. Masalan, VE – 50 va VE – 51 kabi shaffof shtrixlar bo`lgan o`lchash diski bilan juftlikda ishlaydigan impul’sli fotoelektrik impul’s datchiklari bir aylanishda 6000 ga yaqin impul’slar beradi. Download 6.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling