Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar Test sinovini o‘tkazishdan maqsad


"Zakovat" o’yini ko'rinishidagi darslar


Download 55.11 Kb.
bet7/8
Sana03.02.2023
Hajmi55.11 Kb.
#1151131
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Методлар жамланмаси МУЗ ЕРАР СВЕТАФОР (1)

"Zakovat" o’yini ko'rinishidagi darslar

Bu mashg'ulotni bob yakunida takrorlash darsi sifatida tahlil qilish mumkin. Sinf 6ta guruhga bo'linadi va oldindan tayyorlab qo'ygan topshiriqli konvertlarni (yoki kartochkalarni) guruh a'zolari navbat bilan olishadi. Shundan so'ng guruhlar lOmin davomida o'zlarigatushgan topshiriqlarni bajarishadi va guruh javoblarini e'lon qilish uchun bir o'quvchini tanlashadi (yoki guruh sardori javob beradi). Har bir guruhda bir nechta savoldan iborat topshiriq bariladi. O'qituvchi har bir to'g'ri javob uchun ball qo'yadi. Agar biror savol-topshiriqqa noto'g'ri javob bo'lsa, boshqa guruhlar to'g'ri javobni berishlari mumkin, bu holda, javob bergan guruhga ball qo'yiladi. Shu tariqa har bir guruh o'ziga berilgan topshiriq bo'yicha taqdimotini o'tkazadi, boshqa guruhlar esa ularni to'ldirishlari va noto'g'ri javoblarni to'g'rilab ball olishlari mumkin. Natijada Isoatlik darsda katta bir bo'lim, bob bo'yicha o'tilgan o'quv materialini takrorlab, o'rgangan bilimlarini mustahkamlab olish va hamma o'quvchilarni mashg'ulotga jalb qilib ularning darsda faol bo'lishlariga erishish mumkin. O'quvchi soni oz bo'lgan sinflarda esa sinfni guruhlarga bo'lmasdan balki 3ta qator o'rtasida musobaqa tarzida ham o'tkazish mumkin. Bu holda qatorlarga 2 martadan topshiriqli kartochka berish mumkin (6ta kartochka tayyorlanadi va har bir qatorga navbat bilan 2 martadan beriladi). Bu mashg'ulotni boshqa fanlarga ham moslashtirib o'tkazish mumkin.




«Mozaika» (terma ish)


Ta’rifi
Bu ish to`rt bosqichda amalga oshiriladi (har bosqichning davomiyligi 10 daqiqagacha). Ishtirokchilar oldindan tayyorlab qo`yilgan va har bir stolga qo`yilgan harfli indekslar (A, V, S) bilan belgilangan kartochkalar bo`yicha uchliklarga bo`linadilar.



  1. O`qituvchi uchliklarga topshiriq beradi: masalan, biron mavzu bo`yicha tezislar tuzish, o`rganilayotgan hodisa yoki voqeaning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash, o`rganilayotgan mavzu bo`yicha boshqa guruh o`quvchilari uchun savollar tayyorlashni taklif qiladi. Natijada uchlikning har bir o`quvchisida kichik guruhda kelishilgan qaror yozilgan varaq hosil bo`ladi.

  2. Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar boshlang`ich guruhlarini tark etib, harfli indekslarni birlashtirish (A-A; V-V va sh.o`.) asosida muvaqqat juftliklarni hosil qiladilar. Juftliklarda ishtirokchilar boshqa takliflar bilan tanishadilar, o`z yechimlari konspektini to`ldiradilar va aniqlashtiradilar, zarur bo`lsa – ikki turli guruhlarning yondashuvlarini o`zida mujassamlashtiradigan yangi konspektni tuzadilar.

  3. Navbatdagi bosqich shakli bo`yicha avvalgi bosqichni deyarli takrorlaydi: barcha ish “harflar birligi” asosidagi juftliklarda, biroq yangi sheriklar bilan olib boriladi. SHu tariqa, uchinchi bosqich yakuniga kelib har bir ishtirokchi muammoni hal qilishning ko`p variantli konspektiga ega bo`ladi.

  4. YAkunlovchi bosqichda ishtirorkchilar dastlabki uchliklarga qaytadilar, va boshqa guruhlarning fikrini bila turib, eng to`liq qarorni qabul qilish, o`z nuqtai nazariga “sayqal berish” imkoniga ega bo`ladilar.

Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda.


Afzalliklari
Ushbu uslubiyat o`qituvchiga yechilayotgan masalalarning variativligini, ya’ni bir necha yo`llar orqali yechish mumkinligini namoyish etishga imkon beradi. Ayni paytda, o`quvchilar diqqatini bu jarayonda “to`g`ri” va “noto`g`ri” yechimlar bo`lishi mumkin emasligiga qaratish lozim. Taklif etilgan har bir variantda oqilona fikr mujassamlashgan, faqat uni “o`stirish”, ya’ni rivojlantirish lozim.


Qiyinchiliklari
Katta vaqt ajratilishini talab qiladi, shuning uchun o`qituvchiga ushbu mashqni darsga moslashtirish yoki belgilangan vaqtga qat’iy rioya qilish lozim.
«MUZYORAR» USULLARI



Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling