Qadimgi Bobil maktablarida o’quvchilar nam loy taxtachalarga nimalar bilan yozganligini aniqlang?
papirus qilqalam bilan
suyak va yog‘ochdan yasalgan tayoqchalar
stil-metal tayoqcha bilan
barcha javoblar tog’ri
Nil daryosiga oid quyidagi xato ma’lumotni aniqlang?
O‘rtayer dengiziga quyiladi
Nil daryosi quyilish joyini yunonlar delta deb atashgan
Nil 6 ming kilometr uzunlikdagi to‘lib oqadigan katta daryodir
Daryoning yuqori qismi 3 km dan 22 kilometrgacha kenglikdagi qora tuproqli serhosil dalalardan iborat
Quyidagi qaysi qadimgi hududda turli-tuman dori darmonlarni tayyorlash bo‘yicha dasturilamal tuzilgan?
A) Hindiston B) Misr
C) Mesopotamiya D) Xitoy
Xamurapi qonunlarida jinoyatchiga nisbatan qo`llanilgan jazo turi to`g`ri ko`rsatilgan variantni toping.
Shifokor amalga oshirgan jarrohlik muolajasi natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokorning o’ng qo‘li kesib tashlanishi shart bo‘lgan;
Yong‘in mahalida o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushgan kimsa o‘sha zahoti olovga otilgan;
qarzdor 5 yil muddatda qullik majburiyatini o`tagan;
Binokor qurgan uy to‘satdan qulab, biror kishini bosib qolsa, binokor qatl etilishi qayd qilingan;
qulfbuzarga qamoq jazosi qo`llanilgan;
A) 3, 4 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 4 D) 2, 4
Vaqt o‘tishi bilan kimlar qadimgi Misrda hukmdorlarga podsholarga aylanishdi?
A) Qabila sardorlari B) ruhoniylar
C) harbiy sarkardalar D) nomarxlar
Mesopotamiyada Zikkutarlar qanday joyda barpo etilgan?
A) shahar markazida B) tepalikdagi maydonchada
C) bozorlar yonida D) hukumdor saroyida
Qadimgi misrliklarda qaysi omil ziroatchilar omoch va hayvonlar kuchidan foydalana boshlashiga sabab bo’ladi?
Mehnat qurollari takomillashuvi
Nil daryosini o’zashtira boshlaganligi
mamlakat hayotida sardorlarning muhim ro’l o’ynay boshlashi
Nil daryosi bo’yidagi sermashaqqat turmush tarziga moslashuvi
Quyidagilardan aynan bir paytda sodir bo`lgan voqealar to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang.
Elam davlati tashkil topdi;
Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi;
Mixxat yozuvi kashf etildi;
qadimgi Xitoy hududida ilk davlat Xuanxe daryosining o‘rta oqimida paydo bo’ldi;
Hind vodiysida katta shaharlar vujudga kela boshladi.
Shanga qo‘shni Chjou qabilasi bostirib kiradi;
A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4
C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 4, 5, 6
Qaysi Ahmoniy hukmdor davrida forslar O‘rtayer dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiya bo`ysundirdilar?
A) Kir II B) Kiaksar
C) Kambiz D) Doro I
Quyidagi atamalardan faqat qadimgi Mesopotamiyaga tegishli bo`lganlarini aniqlang.
1) mixxat 2) zikkurat 3) mino 4) aqinak
5) varna 6) goplit 7) falanga 8) tabarzin 9) sagaris
A) 1, 2, 4 B) 3, 4, 8, 9
C) 1, 6, 7, 8 D) 1, 2, 3
Kim davridan boshlab bosib olingan barcha mamlakatlarda qo‘zg‘olonlar avj olib ketgan edi?
A) Kserks B) Doro I
C) Kambiz D) Kir II
Qadimgi Xitoy tarixida qaysi davlatni ulkanligi bois hukmdorlar «Osmon ostidagi podsholik» deb atashgan?
A) Xan B) Shan
C) Sin D) Chjou
Hindlarning etiqodiga ko‘ra vayshilar Braxmaning qaysi qismidan dunyoga keltirilgan?
A) qo‘llaridan B) og‘zidan chiqqan
C) tovonidan D) qovurg‘asidan
Xitoyda asosiy dehqonchilik ekinlari nima bo‘lgan?
A) bug’doy va arpa B) bug‘doy va sholi
C) sholi va javdar D) javdar va bug‘doy
Do'stlaringiz bilan baham: |