Test. 1-variant


Download 314.78 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi314.78 Kb.
#1325724
Bog'liq
1-Blok test.8-sinflar uchun.1-variant


Test.1-variant.

  1. Makkajo’xorini so’tasiga tushgan 100ta changning 80%i ushlab qolindi. Ulardan hosil bo’lgan spermiylarni 60%i urug’lanishda qatnashishi natijasida hosil bo’lgan donlarning barchasi yetilib urug’ hosil bo’ldi. Urug’lar tinim davrini o’tagach tuproqqa ekildi va 75%i unib chiqdi. Shu makkajo’xorilar bir yoz davomida necha litr suv bug’latadi?

A) 7200 B) 3400 C) 7800 D) 2900



  1. Olimlar va ularning faoliyatini o’zaro muvofiqlashtiring. 1. Musayev 2.Valixonov 3.M.Mavloniy 4.Azimov a) Sitologiya sohasiga hissa qo’shdi

b) qalqonsimon bez kasalliklarini o’rgandi
c) G’o’za kolleksiyasini yaratdi
d) G’o’za fiziologiyasini o’rgandi
e ) mikroorganizmlar kolleksiyasini yaratdi
f)hayvon parazitlarinio’rgandi A)1-a 2-b 3-c 4-d B) 1-c 2-d 3-e 4-f
C)1-c 2-d 3-e 4-a D) 1-f 2-d 3-e 4-c


  1. Ulotriks jinsiy ko’payish jarayonida 1600 ta izogameta hosil qildi . Gametalarning teng yarmi turli sabablarga ko’ra nobud bo’ldi . Agar hosil bo’lgan zigotalarning 20 igina bo’linib ko’paygan bo’lsa, u holda hosil bo’lgan ulotrikslar sonini belgilang ?

A) 640 B) 1280 C) 160 D)320


  1. O’zaro muvofiqlashtiring?

1)Qobiq 2)sitoplazma 3)Mag’iz 4)plastida 5)Vakuol
a)Tiniq b) mustahkam c)hujayraning asosiy tarkibiy qismi
d)hujayraning asosiy tiriik qismi e) hujayraning eng muhim qismi f) )hujayraning yoshini belgilovchi qismi
g) Doimo harakatlanib turuvch qismi A) 1) a,b 2) c,g 3)e 4)c, d 5)f
B) 1)a,b,c 2)a,g 3)e,f 4)d 5)b ,g
C) 1)a,b,f 2)a,c, g 3)e 4)d 5)f
D) 1)a,b,f 2)a,c,g 3)d 4)e 5)f


  1. Shakli o’zgargan yer usti novda (1) va Shakli o’zgargan barg(2) ni aniqlang?

a)qulupnay jingalagi b) no’xat gajagi c) akatsiya tikani d)do’lana tikani e)zirk tikani f) bodring gajagi
A)1-a,d,f 2-b,c,e B) 1-b,c,e 2- a,d,f
C)1-a,b,c 2-d,e,f D) 1- d,e,f 2- a,b,c



  1. Pista o’simligining mevasi qanday meva?

A)pista meva B) yong’oq meva C) dukkak meva D) don meva



  1. Ulotriksning jinssiz ko'payishiga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang?

1)hujayrasi 4.8 ta bo'lakchaga bo'linadi 2)hujayralari ona qobig'ini yorib suvga chiqadi 3)4 dona xivchini yordamida suza boshlaydi 4)bo'linishdan hosil bo'lgan hujayralar zoospora deyiladi 5)xivchin yordamida suzib yurgach ma'lum vaqtdan so'ng harakatdan to'xtaydi va suv tagidagi narsalarga yopishadi 6)uzunasiga 2ga bo'linadi 7)ko'ndalangiga 2ga bo'linadi 8)xromatoforsiz qismidan rizoid rivojlanadi 9)xromatoforli qismidan vegetativ hujayra shakllanadi 10)vegetativ hujayra o'sib ko'p marta bo'linishi natijasida ulotriks ipi hosil bo'ladi 11)teng kattalikdagi gametalar hosil bo'ladi 12)ikki xivchinli hujayralar hosil bo'ladi va ular suvda suzib yuradi 13)juft-juft bo'lib qo'shilib zigota hosil qiladi 14)zigotasi qalin po'st bilan qoplanib tinim davrini o'taydi 15)hujayrasi 4 ga bo'linadi 16)4 ta hujayrasining hammasi o'sib ulotriksning yangi ipiga aylanadi
A) 1,2,3,4,5,6,8,9,10 B) 1,2,3,4,5,7,8,9,10
C) 11,12,13,15,16 D) 11,12,13,14,15,16

  1. Dorivor o’simliklarning qaysi oilaga mansubligini va qaysi qismi tabobatda ishlatilishini juftlab yozing ?

I Ra’nodoshlar II Karamdoshlar IIIsho’radoshlar IV.Gulxayridoshlar V Burchoqdoshlar
VI Ituzumdoshlar VII qoqio’tdoshlar 1)ermon 2)ituzum 3)cherkez 4)jag’-jag’ 5)namatak 6)tugmachagul 7)sachratqi 8)dorivorgulxayri
a)mevasi b)yer ustki qismi c)bargi d)gul e)urug’ f)ildiz g)poya h)to’pgul A) I-5a; II-4b; III-3a;c; IV-6-c;d;e; 8f; VI-2a;VII- 1h;g;c;7c;g;f B ) I-5a; II-4b; III-3f; IV-6-c;d;e; 8f; VI-2b VII-1-c;g;h;7-c;f;g C ) I-5a; 6-c;d;e II-7c;f;g; III-4b; IV- 8f; V-3a;c; VI-2c.
D ) I-5a; II-4b; III-3a;c; IV-6c;e; 8f; VI-2a VII- 1c;g;f; 7c;g;h

  1. Ulotriksning jinsiy va jinssiz ko’payishi natijasida 175 ta yangi ulotriks ipi hosil bo’ldi. Ko’payish jarayonidagi zoosporalar va gametalarning nisbati1 : 3 bo’lsa, jinsiy ko’payish natijasida nechta yangi ulotriks ipi hosil bo’ladi?

A)70 ta B) 150 ta C) 75 ta D) 140 ta



  1. Bir necha meva barglarning birikib o'sishidan hosil bo'lgan ko'p urug'li quruq mevali o'simlikni belgilang.

A)suli, arpa C)bangidevona, chuchmoma
B)astragal, oqjo'xori D)astragal, bug'doy

  1. Nozemaga xos bo‘lgan belgilarni ajrating?

a) harakatlanish organoidi bo‘lmaydi;
b) harakatlanish organoidi bo‘ladi;
c) hazm organoidi bo‘lmaydi; d) hazm organoidi bo‘ladi;
e) ayirish organoidi bo‘lmaydi; f) ayirish organoidi bo‘ladi;
j) tut ipak qurti va asalari paraziti; k) odam paraziti
A) a, c, f, k B) b, d, f, k C) a, c, e, j D) b, d, e, j

  1. Bir (a), ikki (b), to‘rt (c) va ko‘p (d) hivchinli hujayralarni juftlab ko‘rsating?

1) ulotriks zoosporasi 2) volvoks 3) evglena
4) ulotriks gametasi 5) funariya spermatozoidi
6) qirqbo‘g‘im spermatozoidi 7) qirqquloq spermatozoidi
8) gidra spermatozoidi 9) gidrani hazm q-sh hujayrasi
A) a-3,9; b-2,4,8;c-1,5;d-6,7 B) a-3,8; b-2,4,5,9 c-1; d-6,7
C) a-3; b-2,4,9; c-1,8; d-5,6,7 D) a-3,8; b-2,6,7; c-4,9; d-1,5

  1. Rasmda tasvirlangan parazit organizmning oraliq(1) va asosiy (2) ho‘jayini sanaladi

A )1-jigar qurti, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi 2-exinokokk
B)1- cho‘chqa 2- odam
C) 1- exinokokk ; 2 -jigar qurti, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi
D) 1-cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi 2- jigar qurti

  1. Molluskalarda so‘lak bezlari (a) va jigar yo‘li (b) qayerga ochiladi?

1) og‘iz bo‘shlig‘iga; 2) halqumga; 3) oshqozonga; 4) ichakka
A) a-l; b-3 B) a-2; b-3 C) a-1; b-4 D) a-2; b-4



  1. Yaydoqchilar ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.

a) poliksina, b) podalariy; c) trixogramma; d) zorka;
e) kulrang satir; f) gabribrakon; j) mita;
A) d,f,e B) c,f C) a,b,d,e D) a,c,j

  1. Suv shillig‘ining chig‘anoq ichida halqasimon buralib joylashgan a‘zosi (a) va odam askaridasining tana bo‘shlig‘ida buralib joylashgan a‘zosini (b) ko‘rsating.

A) a-nerv sistemasi; b-jinsiy sistemasi
B) a-ichagi; b-nerv sistemasi
C) a-jinsiy sistemasi; b-nerv sistemasi
D) a-ichagi; b-jinsiy sistemasi




  1. Chuchuk suv (a) va dengizlarda (b) yashovchi formalarni juftlab ko‘rsating?

1) soxta kurakburun; 2) keta; 3) qora baliq; 4) gulmoy;
5) osminog; 6) nereida; 7) qizil chuvalchang; 8) oq planariya; 9) aktiniya; 10) foraminifera; 11) nursimonlar; 12) baqachanoq
A) a-2,3,4,7,9,12; b-1,5,6,8,10,11
B) a-1,2,3,4,5,6 b-7,8,9,10,11,12
C) a-1,2,4,7,8,12; b-3,5,6,9,10,11
D) a-1,3,4,7,8,12; b-2,5,6,9,10,11



  1. Qum bo‘g‘ma iloniga xos belgi va xossalar?

1) tuxum qo‘yib ko‘payadi; 2) tirik tug‘adi; 3)zaharli; 4) zaharsiz; 5) asosan O‘rta Osiyo xududida tarqalgan;6)qurbaqa va ilonlarni tutib oziqlanadi; 7)tangachalilar turkumiga mansub; 8)sudralib yuruvchilar turkumiga mansub;
A) 4,5,6,8 B) 1,3,6,8 C) 2,4,5,7 D) 1,2,3,6



  1. Ichki urug‘lanish qaysi hayvonlar uchun xos emas?

a) baliq, b) baqa, c) ilon, d) triton, e) kaptar, f) timsoh,
j) salamandra
A) a,b,c d B) a,b,d,j C) c,e,f D) c,d,e,f



  1. Terminlarni ularga mos keluvchi tushunchalar bilan birga juftlab yozing:

a-mediator, b-sinaps, d-reflektorlik, e-refleks yoyi, f-refleks.
1-qo'zg'alishlarni o'tadigan yo'l,
2-nerv hujayralarining neyronlar tutashgan joyi,
3-nerv signallari sinaps bo'shlig'iga ajratadigan modda,
4-refleks hosil qilish,
5-organizmning tashqi va ichki muhit ta'siriga javob reaksiyasi.
A)a-3,b-2,d-4,e-1,f-5 B) a-5,b-2,d-4,e-1,f-3
C) a-2,b-3,d-4,e-1,f-5 D) a-3,b-2,d-1,e-4,f-5



  1. Trombotsitlar (I), eritrotsitlar (II), leykotsitlar (III) ga xos belgilarni aniqlang.

1) yadroli; 2) yadrosiz; 3) 120 kun yashaydi;
4) 120 soat yashaydi; 5) 2-5 kun yashaydi;
6) qon ivishini ta'minlaydi; 7) himoya vazifasini bajaradi;
8) gazlarni tashiydi; 9) suyak ko'migida hosil bo'ladi;
10) taloqda hosil bo'ladi
A) I- 2, 5, 6, 9, 10; II- 2, 3, 8, 9; III- 1, 5, 7, 9, 10
B) I-1, 5, 6, 9, 10; II-2, 4, 8, 9, 10; III- 1, 5, 7, 9
C) I-2, 3, 8, 9; II-2, 5, 6, 9, 10; III- 1, 5, 7, 10
D) I- 2, 4, 6, 10; II-2, 3, 8, 9; III- 1, 5, 7, 9

  1. Hujayraning “Quvvat stansiyasi” ni aniqlang?

A)Ribosoma B) Mitoxondriya C) Lizosoma D) Golji



  1. 1 g gemoglobin 1.34 ml O2 biriktirib oladi. 200 ml qonda 30 gr gemoglobin bolsa 2 litr qonda qancha ml kislorod bo’lishi mumkin.

A) 201 B) 402 C) 300 D) 600



  1. Qaysi hayvonlarning ayirish sistemasi tasmasimon buyrakdan iborat?

A) hasharotlar B) qisqichbaqasimonlar
C) molluskalar D) halqali chuvalchanglar



  1. Buyrak kasalliklari orasida buyrak yallig‘lanishi (a), qovuq yallig‘lanishi (b), siydik chiqarish yo‘lining yallig'lanishi (c), buyrakda tosh hosil bolish kasalligi va prostata bezining yallig‘lanishi (d) ko‘p uchraydi.

A) a- nefrit c- sistit b- uretrit d- prostatit
B) a- nefrit b- sistit d- uretrit c- prostatit C) a- nefrit b- sistit c- uretrit d- prostatit
D) b- nefrit a- sistit c- uretrit d- prostatit



  1. Orqa miya nervlari va ularga xos xususiyatlarni juftlab yozing:

a-aralash nervlar, b-kulrang moddasi,d-oq moddasi,
e-nerv markazlari, f-orqa ildizchalari, h-oldingi ildizchalari;
1-kulrang moddasida joylashgan,
2-oraliq va harakatlantiruvchi neyronlar tanasi va kalta o'simtalardan iborat, 3-harakatlantiruvchi nervlar o'tadi,
4-31 juft oldingi va orqa ildizchalardan chiqadi,
5-sezuvchi nervlar o'tadi, 6-neyronlar uzun o'simtalaridan iborat.
A)a-4,b-2,d-6,e-1,f-5,h-3 B) a-2,b-4,d-6,e-1,f-5,h-3
C) a-4,b-1,d-6,e-2,f-5,h-3 D) a-4,b-2,d-6,e-3,f-5,h-1



  1. Quyidagi rasmdagi 1-2-3-4-raqamlarda nimalar ifodalanganligini to'g'ri belgilang?

A)1-retseptorlar; 2-oqsil parda;
3-ko'rish nervlari; 4-nerv hujayralari
B) 1-retseptorlar; 2-kamalak parda; 3-ko'rish nervlari; 4-nerv hujayralari
C) 1-retseptorlar; 2-to'r parda;
3-ko'rish nervlari; 4-nerv hujayralari
D) 1-retseptorlar; 2-qorachiq; 3-ko'rish nervlari; 4-nerv hujayralari



  1. Fiziologik uyqu necha soat bo'lishini juftlashtiring: a-chaqaloqlarda, b- 1 yoshli bola, c-6-7 yoshda,

d-13-14 yoshda, e-katta yoshdagi odam. 1) 7-8 soat, 2) 9,5-10 soat, 3) 12-13 soat,
4) 16-17 soat, 5) 21-22 soat.
A)a-5,b-4,c-3,d-2,e-1 B)a-3,b-4,c-5,d-2,e-1
C ) a-4,b-3,c-5,d-2,e-1 D ) a-1,b-4,c-3,d-2,e-5

  1. Noto'g'ri bo'lmagan fiklarni aniqlang:

1-o'rta quloq nog'ora parda bilan tugaydi;
2-eshitish analizatorining retseptorlari chig'anoqda joylashgan; 3-chig'anoq o'rta quloqda joylashgan;
4-tashqi quloq nog'ora pardadan boshlanadi;
5-eshitish suyakchalarining ikkinchisi nog'ora pardaga yopishgan;
6-suyakchalarning birinchisi sandoncha deyiladi;
7-suyakchalarning uchinchisi elastik pardaga yopishgan;
8-ichki quloqda joylashgan apparat bitta ovalsimon xaltacha va uchta naychalardan iborat;
9-tovushning xususiyati, kuchi va balandligi bosh miya katta yarim sharlaridagi chakka qismidagi eshitish markazida tahlil qilinadi;
10-o'rta quloq bo'shlig'i eshitish naychasi orqali halqum bilan tutashgan.
A)1,3,4,5 B)10,9,8,7 C)2,7,9,10 D)2,3,9,6

  1. Bolg'acha (a) va uzangicha (b) eshitish analizatorining qays qismlari bilan tutashgan:

1-elastik parda; 2-nog'ora parda; 3-sandonchaning bir tomoni;
4-sandonchaning ikkinchi tomoni; 5-halqum;
6-eshitish naychasi.
A)a-1,3; b-2,6 B)b-2,1; a-3,4 C)a-2,3; b-4,5 D)a-2,3; b-4,1



Download 314.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling