Test 20 Geografiya №1


Download 15.48 Kb.
Sana09.01.2023
Hajmi15.48 Kb.
#1085094
Bog'liq
Test 20 Geografiya 1


Test 20 Geografiya № 1.
1.. Tabiatda modda va energiya almashinish jarayonining bo`lib turishi geografik qobiqning qaysi xususiyatiga mos keladi?
a) birinchi b) ikkinchi
c) uchinchi d) to`rtinchi
2. Niger daryosining qaysi oqimlarida ostonalar va sharsharalar ko`p.
a) yuqori va o`rta b) yuqori va quyi
c) o`rta va quyi d) yuqori
3. Mamlakatimizda mehnatga band aholining 4,5 foizi qaysi sohada band.
a) ta`lim b) qurilish
c) transport d) sog`liqni saqlash
4. Mamlakatimizda har yili IES lar orqali elektr energiya olishda qancha tonna mazut yoqilg`isi yoqiladi?
a) 16,5 ming t b) 69 ming t
c) 86 ming t d) 60 ming t
5. ’’Tabiat manzarasi’’ nomli asar mualifi kim?
a) A. Gumbolt b) E. Lens
c) M. Lomonosov d) I. Kant
6. Quyidagi daryolardan qaysi birining suvining eng ko`paygan vaqti iyun oyiga to`g`ri keladi?
a) Surxondaryo b) Norin
c) Sirdaryo d) Chirchiq
7. Farg`ona vodiysini qaysi tomondan Qurama tog`i o`rab turadi?
a) shimol b) janub
c) g`arb d) sharq
8. Qaysi mamlakat hududi benihoya sochilib ketganligi boisdan federativ yo`lni tanlagan?
a) Bosniya va Gersegovina b) Avstriya
c) Komor orollari d) Braziliya
9. Har yili dunyo bo`yicha qancha mlrd tonna ko`mir qazib olinadi?
a) 5,5 mlrd b) 7,3 mlrd
c) 3,6 mlrd d) 7,5 mlrd
10. G`arbiy Yevropa subregionining qaysi mamlakatlari temir rudasiga boy?
a) Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg
b) Fransiya, Germaniya, Italiya
c) Fransiya, Germaniya, Lyuksemburg
d) Ispaniya, Italiya, Germaniya
11. O`quvchi turgan joyini A deb belgiladi va dastlab 90° azimut bilan B nuqtaga keyin undan 180° azimut bo`ylab C nuqtaga keldi. O`quvchi C nuqtadan A nuqtaga qanday azimutda boradi?
a) 90° b) 150° c) 315° d) 220°
12. Qaysi materikda uzunligi 300 m ga yetuvchi lianalar o`sadi?
a) Yevrosiyo b) Shimoliy Amerika
c) Avstraliya d) Antarktida
13. Qayerda yiliga 2000 – 3000 mm atrofida yog`in tushadi.
a) Alp tog`ida b) Hindikush tog`ida
c) Hind okeanining subekvatorial mintaqasida
d) Tinch okean shimolida
14. Qaysi shaharda paxta tozalash, yog`-ekstraksiya, non zavodlari va elevator ishlab turibdi?
a) Yangiyer b) Yangiyo`l
c) Guliston d) Denov
15. Qaysi okrugda iyul oyining o`rtacha harorati +26 +27°C va eng sovuq harorat –26 –30°C.
a) O`rta Zarafshon b) Qizilqum
c) Farg`ona d) Surxondaryo
16. Ikki shahar orasidagi masofa 540 km. Xarita masshtabi 1:9000000. Xaritadagi masofani aniqlang?
a) 60 km
b) 6 km
c) 600 km
d) 600 m
17. Qaysi davlatlar yirik neft eksportyorlari hisoblanadi?
a) Saudiya Arabistoni, Suriya
b) AQSH, Rossiya
c) Kuvayt, Iroq
d) AQSH, Xitoy
18. Sharqiy Osiyo mintaqasi butun dunyo po`latining va cho`yaning necha foizini beradi?
a) cho`yanning 71 % i va po`latning 60,3 % i
b) po`latning 71 % i va cho`yanning 60,3 % i
c) cho`yanning 61 % i va po`latning 70,3 % i
d) po`latning 61 % i va cho`yanning 70,3 % i

19. Yozuvsiz xaritada qaysi raqamlar bilan Hindi-Xitoy mamlakatlari tarkibiga kiruvchi davlatlar tasvirlangan?
A) 2, 3 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 2, 4
20. Janubiy Amerikaning yozuvsiz xaritasida 30 j.k. da 1 va 2 raqamlar bilan qaysi tabiat zonalari tasvirlangan?

A) chala cho`llar va cho`llar, aralash o`rmonlar
B)dashtlar, fasliy sernam (musson) o`rmonlar
C) savannalar va siyrak o`rmonlar, aralashO`rmonlar
D) savannalar va siyrak o‘rmonlar va qattiq bargli o`rmonlar

Download 15.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling