Test javoblar guruh


Download 1.16 Mb.
bet26/44
Sana18.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1565970
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Bog'liq
KIMYO

Olinishi. Sikloalkanlar laboratoriyada to'yingan uglevodorodlar-ning digalogenli hosilalariga aktiv metallar ta'sir ettirib olinadi.
CH,-Br CH,

+ MgBr,

+ Mg -> H,C

CH,

CH2-Br
1,3-dibrompropan siklopropan
Parafmlarni metall katalizatorlari ishtirokida to'g'ridan to'g'ri sikllash ham mumkin. Masalan, platina katalizatorligida siklopentan hosilalarining olinishi:
H2C - CH2

- CH3+ H;

CH3 CH3
p,t

H,C- С - CH,
3 I 2
CH,

H,C - С - CH, - CH -
3 ( 2
V^l 1~ v—'li^
Sikloalkanlarni neftdan ajratib olish ham mumkin.
Fizik xossalari. Sikloalkanlar ko'p jihatdan alifatik uglevodo-rodlarga o'xshaydi. Siklik birikmalarning siklononangacha bo'lgan vakillarining fizik xossalari 13.2-jadvalda keltirilgan.
13.2-jadval Sikloalkanlar

Nomi

Formulasi

Suyuqlanish tempcraturasi

Qaynash temperaturasi

Siklopropan

C3H8




-32,8

Metilsiklopropan

C4H6




+4,5

Siklobutan

C4H8

-127,6

+ 12,6

Metilsiklobutan

C5H10



36,3

Siklopentan

C5HI()

Q4 7
7J,Z

49,3

Metilsiklopentan

C(HI2

-142,5

71,3

Siklogeksan

C6HI2

+6,54

80,7

Metilsiklogeksan

с7н,4

-126,4

100,8

Siklogeptan

с7н,4

-8,1

118,5

Siklooktan

C8HI(,

+ 14,8

150,7

Siklononan

CSHK,

+ 10,8

178,4



KIMYOVIY REAKSIYALAR VA KIMYOVIY BOG’LANISH TURLARI
Reja:

  1. Kimyoviy reaksiyalarning borish shartlari.

  2. Kimyoviy reaksiya turlari.

  3. Kimyoviy bog’lanish turlari.



Kimyoviy reaksiyalarning borish shartlari.
Oddiy sham ochiq havoda turganda hech qanday hodisa yuz bermaydi, agar u gugurt alangasi yordamida qizdirilsa, kimyoviy reaksiya boshlanadi. Tabiiy gaz va tabiiy gaz va hovo yopiq honada o’zaro ta’sirlashmaydi, lekin elektr yoritgich ulagichidan chiqqan kichik uchqun yoki cho’g’lanib turgan sigareta xonada kuchli portlashga sabab bo’ladi. temir bo’lagi havo kislorodi bilan sekin-asta tasirlashadi (zanglaydi), oq fosfor bo’lagi esa havoda darhol yonib ketadi Kimyoviy o’zgarishlar – kimyoviy reaksiyalarda bir xil moddalardan boshqalari hosil bo’lishi va bunda moddalarning belgilari yo’qolib, yangi moddlarning o’ziga xos yangi belgilari xosil bo’lishi, issiqalik yutilishi yoki chiqishi kimyoviy reaksiya sodir bo’lganligiga asos ekanligini bilib olgnamiz. Kimyoviy reaksiyalar borishi uchun ma’lum shartlar bajaruilishi kerak:

  1. Ba’zi kimyoviy reaksiyalarning sodir bo’lishi uchun issiqlik berilishi kerak. Yuqorida aytilgan hodisalarni tahlil qilamiz: Sham havoda o’zgarishsiz turadi, lekin yonib turgan cho’p uning piligiga tekkizilsa, sham suyuqlanadi(fizik o’zgarish) va pilik orqali shimilib yona boshlaydi( kimyoviy hosdisa) va o’chirib qo’yilmaguncha yonish davom etadi. Bu holda issiqlik berish reaksiyasining boshlanishi uchun, keyin reaksiya jarayonida issiqlik chiqib, reaskiya o’zicha davom etadi. Yog’och va qog’oz, boshqa yonuvchi moddalar yonganda ham shunday hodisa ro’y beradi. Lekin, ba’zi reaksiyalar uchun issiqlik to’ztovsiz berilishi kerak, agar qizdirish to’ztatilsa, reaksiya ham to’xtaydi: shakarning parchalanishi shunday reaksiyaga misol bo’ladi.

  2. Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning molekulalari to’qnashishi kerak. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning bir –biriga tegib turishi va ularning ta’sirlashish sathi katta bo’lishi uchun maydalaniladi, kukun holiga keltiriladi yoki eruvchanlik hususiyati yuqori bo’lsa eritib ham juda mayda zarraga aylantiriladi. Bunday holda kimyoviy reaksiya o’tkazish juda oson bo’ladi.

Yuqoridagi kabi, temitga nam havo kislorodi, oq fosforga havo tegishi bilan sodir bo’ladigan reaskiya uchun moddlarning bir- biriga tegib turishining o’zi kifoya qiladi. Lekin ko’pincha moddalar bu kabi bir – biriga tegib turishining o’zi kifoya qilmaydi.
Masalan, mis xona xaroratida havo kislorodi bilan ta’sirlashmaydi (buning uchun bir necha yillar vaqt kerak bo’ladi), bu reaksiyani tezda amalga oshirish uchun misni qizdirish kerak bo’ladi. Demak kimyoviy reaksiyalar sodir bo’lishi o’z – o’zidan amalga oshmas ekan. Buning uchun yuqori ko’rilgani kabi bir qator shartlar bajarilishi kerak bo’ladi. Kimyoviy reaksiya turlari.
Kimyoviy reaksiyalar turli belgili asosida sinflanadi.
Kimyoviy reaksiyalar reaksiyaga kirishayotgan dastlabki moddalar (reagentlar) va reaksiya mahsulotlari sonining o’zgarishi asosida hamda inergiya yutilishi yoki chiqishiga qarab sinflanadi.
Dastlabki reagentlar va mahsulotlar soning o’zgarishi asosida kimyoviy reaksilarni quyidagi tiplarga ajtaish mumkin:

  1. Birikish reaksiyalarida. Ikki yoki undan ortiq moddadan bitta yangi modda olinadi: A+B+…=C;

2H2+O2=2H2O; CaO+CO2=CaCO3;

  1. Parchalanish reaksiyalarida bir moddadan bir necha yangi modda hosil bo’ladi: C=A+B+…;

2H2O=2H2+O2; CaCO3= CaO+CO2

  1. O’rin olish reaksiyalarida oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qismi o’rnini oladi, natijada yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo’ladi:

AB + C = AC + B;
Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2; Fe + CuSO4 = FeSO4 + Cu

  1. Almashinish reaksiyalari. Murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o’zaro o’rin almashinadi: AB + CD = AD + BC

NaOH + HCl = NaCl + H2O BaCl2 + Na2SO4 = BaSO4 + 2NaCl
Kimyoviy reaksiyalar davomida issiqlik (energiya) chiqishi yoki yutilishiga qarab ekzotermik va endotermik reaksiyalarni farqlash mumkin.
Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan energiya kimyoviy energiya deb ataladi.
Kimyoviy energiyani issiqlik, nur, mexanik, elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Ko’pincha kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga va aksincha issiqlik energiyasi kimyoviy reaksiyaga aylanadi.
Kimyoviy reaksiyada ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik effekti (Q) deb ataladi.
Reaksiyaning issiqlik effekti hosil bo’layotgan va uzilayotgan bog’lar energiyasi farqi bilan aniqlanadi av kilojoullarda (kJ) ifodalanadi.
Issiqlik (energiya) chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik (ekzo – tashqi) reaksiyalar deb ataladi.
Bu reaksiyalarda issiqlik effekti «+» (plyus) ishora bilan ko’rsatiladi:
Fe + S = FeS + 96 kJ
S + O2 = SO2 + 297 kJ
Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik
( endo – ichki) reaksiyalar deyiladi.
Bu reaksiyalarda issiqlik effekti « - » (minus) ishora bilan ko’rsatiladi
N2 + O2 = 2NO – 181 kJ;
3O2 = 2O3 – 289 kJ.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling