Test majburiylar uchun 2 1
Download 0.63 Mb.
|
Test majburiylar uchun 2
Test majburiylar uchun 2 1. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) meros, mahmadona, termilmoq B) tanovvul, muborakbod, ma’shum C) taasuf, manfaat, taajjub D) sovitmoq, kulgu, supirmoq 2. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) hali zamon, qadam-baqadam, nuqtayinazar B) zilzila, hil-hil, zam-zam C) hayqiriq, adoyi tamom, hartugul D) lanat, xayrixoh, oh-voh 3. Qaysi gapda“ma’lum vaqt, fursat uchun yig‘ib tayyorlab qo‘ymoq” ma’nosini bildiruvchi so‘z ajratilgan? A) Kitob sifatli chiqishi uchun yangi testlar tuzish kerak. B) Yuklarni ko‘chishga tayyorlab qo‘ydik. C) Bu sohaga oid barcha terminlarni bir kitobga jamladim. D) Qish uchun o‘tin g‘amlash kerak hali, bolam. 4. Quyidagi qaysi so‘zlar o‘zaro ma’noshlik hosil qila oladi? 5. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud EMAS? A) Hayot – ajoyib o‘qituvchi: insho yozdiradi, o‘zingga tekshirtiradi, bahoni esa boshqalar qo‘yadi. B) Asarni o‘qishga kirishishingiz bilan ko‘z o‘ngingizga rangin manzaralar paydo bo‘ladi. C) Kitobdagi odamlarning qismatiga sherik bo‘lib, o‘zingiz bilmagan holda beixtiyorsiz larzaga tushasiz... D) Sanoatni rivojida ekologik soflikka e’tibor berish katta ahamiyatga ega. 6. Davralarda o‘zingiz tanishishni istagan odamning yoniga boring, o‘zingizni tanishtiring. Har qanday inson zotida mehrga, samimiyatga ehtiyoj bor, shu sababli ko‘pchilik sizning tashabbusingizda … . Ushbu gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga qaysi so‘zni qo‘llash mazmuniy jihatdan to‘g‘ri? A) lol qoladi B) aqli shoshib qoladi C) terisiga sig‘may ketadi D) mamnun bo‘ladi 7. Nuqtalar o‘rniga sintaktik shakl yasovchi, so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarni qo‘yish mumkin bo‘lgan gap berilgan javobni toping. A) Odam tanasi… ulkan zavod…o‘xshat… mumkin. B) Bu “zavod”… eng katta va eng mehnat… ishchisi nimaligi… bilasizmi? C) Tana… qon aylanish… inson hayotini taʼminla… turadi. D)Har bir sohada tozalik… ahamiyat berish va pok… sari intil… taraqqiyotning asosidir. 8. Har uchala parchada ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang. 1. Shogirdlar o‘stirdim joylab jonimga, Mahramdek sanadim xonadonimga. 2. Ko‘pdan kutgan edim orziqib, mana, Bulutlar tarqaldi to‘kishib ko‘z yosh. 3. Bir xabar tarqaldi yarim tun edi, Go‘yo g‘am seliga botdim, yo‘qoldim. 1) o‘tgan zamon fe’li; 2) ravishdosh; 3) orttirma nisbat shaklidagi fe’l; 4) I shaxs birlikdagi fe’l; 5) buyruq maylidagi fe’l; 6) qo‘shma fe’l. A) 2 va 3 B) 5 va 6 C) 1 va 4 D) 3 va 5 9. Ma’naviyati yuksak insonlar (nahotki, nafaqat, agar) o‘z davri rivojiga, (-ki, balki, shuning uchun) millat kelajagi (hamda, yoki, yoxud) ravnaqiga ham munosib hissa qo‘shadi. Ushbu gap mazmuniga monand qavs ichidagi qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zlarning turkumi to‘g‘ri berilgan javobni belgilang. A) yuklama, modal so‘z B) modal so‘z, bog‘lovchi C) bog‘lovchi, ko‘makchi D) yuklama, bog‘lovchi 10. Berilgan gap haqida to‘g‘ri fikrni aniqlang. O‘z fikrini ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin. A) Sifatlovchi aniqlovchi ot kesimga tobelangan. B) Qaratqich aniqlovchi egaga bevosita tobelangan. C) Vositasiz to‘ldiruvchilar sifatlovchi aniqlovchi va egaga tobelangan. D) Ravish holi kesimga bevosita tobelangan. 11. Berilgan gapda mazmun va Grammatik jihatdan to‘g‘ri bog‘langan birikmalarni aniqlang. Men nutq so‘zlashga unchalik mohir bo‘lmasam-da, hotamtoy Alfred Nobel mukofotini menga taqdim etishni lozim ko‘rgan barcha kishilarga o‘z minnatdorligimni izhor qilmoqchiman. A) hotamtoy kishilarga, Alfred Nobel taqdim etishni B) men barcha, barcha kishilarga C) barcha minnatdorligimni, so‘zlashga, taqdim etishga D) mukofotini taqdim etishni, menga taqdim etishni 12. Quyidagi gaplardan qaysilarida vergul bir xil punktuatsion vazifani bajargan? A) 2 va 6 B) 1 va 5 C) 3 va 4 D) 1 va 6 13. 1. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) taqozo, uzulish, uzur B) faravon, jur’at, fuqoro C) qutulmoq, shohanshoh, shovullamoq D) ta’baqa, toboro, xarxasha 14. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) hoy-nahoy, birma-bir, varoqlamoq B) miqyos, bo‘ysunmoq, berahm C) saranjom, me’zon, sazovar D) tasavur, ulgirji, ulgurmoq 15. Qaysi javobdagi gap so‘zi “bo‘ysunmoq, so‘zga quloq solmoq” degan ma’noni bildiradi? A) Negadir hech qanday gapni ko‘tara olmaydigan bo‘lib qolibman. B) Ahmoqni urma, so‘kma, gapga sol. C) Kattalar gapirganda hech achon gapni bo‘lma! D) Hazratqul yuvosh, nima desa, gapga kiradigan boladan bunaqa gap chiqishini sira o‘ylamagan edi 16. Kelishik qo‘shimchasini qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud gapni toping? A) Voqelikning inson ongida aks etish jarayoni - juda murakkab hodisa. B) Tasavvur bilimlarni hosil qiladi, bilimlar tushunchani vujudga kelishiga asos bo‘ladi. C) Pul mablag‘larini saqlashga ixtisoslashgan ko‘plab muassasalar mavjud. D) Shamolning yo‘nalishini ko‘rsatib turadigan pirpirak bo‘lma 17. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z “va’da, lafz” ma’nosida qo‘llangan. A) Yomonning bo‘zini olguncha, yaxshining so‘zini ol. B) Qo‘shning bilan oralaringda birorta so‘z o‘tmagan edimi? C) Akmal bu yerga yana qaytib kelishga so‘z bergan edi. D) U bir so‘z ham demay orqasiga burilib ketdi. 18. Qaysi gapda nuqtalar o‘rniga so‘z yasovchi, sintaktik shakl yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarni qo‘yish mumkin? A) Dunyoga kel… har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda ko‘p narsalar… bilish… kerak. B) Tarjimayi hol maʼlum bir shaxsning o‘z shaxs… hayot… va faoliyati haqida bayon qilib yoz… matndir. C) Eshitib va o‘qib o‘rgan… til vositasi… amalga oshadi va uning imkoniyat… cheksizdir. D) Insoniyat til tufayli moddiy va ma’naviy hayot… taraqqiyot… erishib kelmoq… . 19. Har uchala gapda ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang. 1. Derlar: shirin so‘zning gadolari ko‘p, Yonib turgan ko‘zning adolari ko‘p. 2. Kaftlaringa qo‘yaman bu dam Qirov inib oqargan boshim. 3. Har bir bo‘lagimdan tikladim seni, Xotirga tosh yog‘di bitta-bittalab. 1) ravishdosh; 2) xabar maylidagi fe’l; 3) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi; 4) sifatdosh; 5) aniq nisbatdagi fe’l; 6) I shaxs birlikdagi fe’l. A) 5 va 6 B) 2 va 5 C) 3 va 4 D) 1 va 5 20. Nuqtalar o‘rniga ayiruv bog‘lovchisi qo‘yilishi kerak bo‘lgan javobni belgilang. A) Otni soy bo‘yiga bog‘ladi ... o‘zi yuqoriga chiqib ketdi. B) Biz o‘sha o‘yinlarda faqat jismonan emas, … ma’naviy jihatdan ham chiniqar ekanmiz. C) Avvalo shuki, kovush tikishga … charm bor, … sirach, … mix, … lok. D) …kattaning gapiga kir, ... kichikning. (Maqol) Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling