Test savollari Fanning kelib chiqish tarixi
Download 15.96 Kb.
|
1-MAVZU UCHUN test savollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Areal lingvistika haqida umumiy malumot.
- Tilshunoslik ilmi bir-biriga yaqin va bog‘lanib ketgan bir necha sohalar majmuidan iborat mi
- 4.Bu fanni o‘qitish qachondan boshlangan
Test savollari 1.Fanning kelib chiqish tarixi. A.Dialektologiya va til tarixi materiallarining o‘rganilishi natijasida sheva va turli tillar materiallarining hududiy tarqalishiga e’tibor berish zarurligi tufayli ushbu fan shakllandi. B.Til tarixi dialektologiyaning tarixiy plandagi ko‘rinishi bo‘lsa, shevalar esa tavsifiy dialektologiyaning o‘rganish ob’ektlari sanaladi. S.Areal lingvistika XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropada, xususan, Fransiya, Germaniyada mukammal shakllangan. D.Areal lingvistika Rossiyada rivojlangan.
A.Ma’lum hududda tarqalgan sheva va tillarning tarqalish jarayonlari mazkur fanning zarurligini taqozo qiladi. B.Lingvistik geografiya tushunchasi ko‘pdan beri ishlatiladi va u areal, ya'ni hududiy lingvistikani ifodalaydi. Hududiylik esa shevalarimizga xos xususiyatdir.Shuning uchun ham ularni qipchoq, qarluq, o‘g‘uz lahjalariga bo‘lib o‘rganamiz. S.Shevalarni areal o‘rganishning me'yorlari bor: shevaning o‘z xususiyatlari borligi, boshqa shevalardan farqlanishi. Areal lingvistikaning fan sifatiida shakllangan, shuning uchun uning imkoniyatlari katta. Shu imkoniyatlar dialektologik amaliyot va dialektologik ekspeditsiya jarayonlarida amalga oshadi. D.Shevalarni areal o‘rganish zarur bo‘lib qoldi, chunki shaharlar shevasi o‘rganildi, ammo uzoq shaharlar va qishloqlar shevasi o‘rganilmay qolib ketgan.
A. Dialektologiya tilshunoslikning alohida bir sohasi bo‘lib, u biror tilning mavjud mahalliy dialektlarini, ya’ni mavjud mahalliy lahja hamda shevalarni ilmiy, nazariy, amaliy jihatlardan o‘rganadi va o‘rgatadi. B.Dialektologiya grekcha so‘z bo‘lib, (dialektos - sheva, logiya - fan) sheva haqidagi fan degan ma‘noni anglatadi. Bu ta’rif 1959-yilgi darslikda bu tarzda berilgan: “Dialektologiya grekcha dialektos so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zlashmoq, gaplashmoq demakdir”1. S. Tilshunoslik ilmi bir-biriga yaqin va bog‘lanib ketgan bir necha sohalar majmuidan iboratdir. D.Rus, nemis, fransuz, ingliz dialektologiyalari bo‘lgani kabi “O‘zbek dialektologiyasi” nomli fan ham mavjuddir.
A. Qadimiy tarixga ega bo‘lgan o‘zbek tilining sheva, dialekt, lahja hamda shevalar guruhlari o‘zbek dialektologiyasining o‘rganish predmeti, obyekti ham hisoblanadi. B.“O‘zbek dialektologiyasi” fani O‘zbekistondagi, qardosh mamlakatlardagi o‘zbeklarning tilini, turli dialekt, lahja va shevalarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etib, shevalarimiz taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. S. Bu fanni oliy o‘quv yurtlarida rasman o‘qitish XX asrning 60-yillaridan boshlangan. Ayni shu fanni ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatlardan asoslash (1925-yidan shevalarimizni shahar shevalatini rus olimlari o‘rganishni boshlashgan) va unga oid mavzulardan oily o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlaridagi talabalarga dars berishda rus olimlarining xizmatlari benihoya katta ekanligini e’tirof etish lozimdir. D.Orol hodisalar tushunchasi bir sheva vakillari yashaydigan joyda boshqa sheva vakillariga xos xususiyatlarning paydo bo‘lishi .
A. Dialekt zonasiga xos chegaralar – sheva xususiyatlarini o‘zida saqlashdir. B. Zonadagi ekstensional takson chegarasi dialekt zonasi bir dialekt chegarasida bo‘ladi. S.Zonadagi ekstensional takson chegarasi dialekt zonasi bir dialekt chegarasidagi farqli holatlar. D. Zonadagi ekstensional takson chegarasi dialekt zonasi bir dialekt chegarasida bo‘ladi. Dialekt zonasiga xos chegaralar – sheva xususiyatlarini o‘zida saqlashdir. 1 Qarang: Rеshеtov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbеk dialеktologiyasi. T.,1959. 3-бет. Download 15.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling