26. Navro’z nima uchun eng qadrli bayram hisoblanadi?
A) Xudo shu kuni quyi olamni yaratib, Kamasni unga podshoh qilgan va Navro’z uning «jashni», ya'ni hayiti bo’lgan
B) Bu nom bunyod etuvchi, yaratuvchi, dunyoni va unda yashovchilarni tarbiyalovchi ulug’ tangrining (hamro’z) nomi bo’lgani uchun
C) Kun bilan tun tеnglashib, borliq yasharadigan, tabiat uyg’onadigan, dеhqonning bilagi va bеliga quvvat kirib, qonida g’ayrat-shijoat jo’sh uradigan kun bo’lgani uchun
*D) Faqat «B» va «C» javoblari to’g’ri.
27. Quyidagi qadriyatlarning qaysi biri ma'naviyatning tarkibiy asoslari hisoblanadi?
*A) Ahloqiy qadriyatlar
B) Badiiy qadriyatlar
C) Milliy qadriyatlar
D) Diniy qadriyatlar
28.Madaniyat, bu-
*A) Insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklaridir.
B) Jamiyatning ma'naviy hayotini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushunchasidir.
C) Jamiyatning faqat ma'naviy hayotini aks ettiruvchi tushunchadir.
D) Faqat A va B
29. Ma'naviy mеros, bu-
A) O’zoq yillar davomida tarkib topgan inson aql-zakovatining mujassamlashgan ifodasidir
B) O’tmishdan insoniyatga qolgan moddiy va ma'naviy madaniyat boyligi
C) O’tmishdan qolgan moddiy boylik va yodgorliklardir.
*D) Faqat A va B.
30. Ma'naviy mеrosimizning ba'zi manbalari qaysi?
A) Qadimgi tarixiy yodgorliklar, arxеologik topilmalar.
B) Etnografik va toponomik manbalar
C) Yozma manbalar, oilaviy, tarixiy manbalar
*D) Faqat A va C
31. Ma'naviyatda millatning asosiy bеligilari, bular qaysilar hisoblanadi?
*A) Til, hududiy, iqtisodiy va ma'naviy-ruhiy
B) Urug’, qabila, elat va millat
C) Xalq, millat, milliy etnik va milliy taraqqiyot
D) Milliy manfaatlarni tushunib olish
Do'stlaringiz bilan baham: |