Test savollari


Ko’chish deb nimaga aytiladi?


Download 363.95 Kb.
bet4/8
Sana16.04.2020
Hajmi363.95 Kb.
#99653
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
тест саволлари (1)


Ko’chish deb nimaga aytiladi?

A. Biror sanoq sistemasiga nisbatan nuqtaning fazodagi harakatiga ko’chish deyiladi.

V. Nuqtaning biror vaqt oralig’idagi holatiga ko’chish deyiladi.

S*. Biror sanoq sistemasiga nisbatan nuqtaning ma’lum vaqt ichida fazoda bir holatidan boshqa holatiga ixtiyoriy o’tishi ko’chish deyiladi.

D. Nuqtaning oxirgi holatidan boshlangich holatiga o’tishi ko’chish deyiladi.



  1. Harakat deb nimaga aytiladi?

A. Nuqtaning siljishiga harakat deyiladi.

V. Nuqtaning bir holatidan ikkinchi holatiga o’tishi harakat deyiladi.

S. Nuqtaning ikkinchi holatidan birinchi holatiga o’tishi harakat deyiladi.

D*. Nuqtaning boshlangan holatidan oxirgi holatiga vaqtga bog’liq holda aniq bir usulda o’tishiga harakat deyiladi.



  1. Nuqtaning Harakat qonuni deb nimaga aytiladi?

A. Nuqtaning sanoq sistemasiga nisbatan holatiga nuqtaning harakat qonuni deyiladi.

V*. Fazoda harakatlanayotgan nuqtaning biror sanoq sistemasiga nisbatan holati bilan vaqt orasidagi bog’lanish ifodalovchi tenglamaga nuqtaning harakat qonuni deyiladi.

S. Nuqtaning holatini ifodalovchi tenglamaga nuqtaning harakat qonuni deyiladi.

D. Nuqtaning fazoda vaqtga bog’liq holati nuqtaning harakat qonuning harakat qonuni deyiladi.



  1. Traektoriya deb nimaga aytiladi?

A. Jismning fazodagi o’rniga aytiladi.

V. Nuqtaning holatiga aytiladi.

S. Nuqtaning sanoq sistemasiga nisbatan vaziyatiga aytiladi.

D*.Vaqt o’tishi bilan nuqtaning fazoda qoldirgan iziga traektoriya deyiladi.



  1. Nuqta harakatining berilish usullarini aniqlang.

A. Yoy, usuli, sanoq sistema usuli, tezlik usuli.

V*. Vektor usuli, koordinata usuli, tabiiy usuli.

S. O’q usuli, tezlanish usuli, tezlik usuli.

D. Kuch usuli, og’irlik usuli, tabiiy usul.



  1. Ilgarilanma harakat deb qanday harakatga aytiladi ?

A. Jism hamma vaqt parallel harakatlansa, jismning bunday harakatiga ilgarilanma harakat deyiladi.

V*. Jismda olingan xar qanday kesma jism harakati davomida hamma vaqt o’z o’ziga parallel ravishda ko’chsa, jismning bunday harakati ilgarilanma harakat deyiladi.

S. Jismga teng vaqt oralig’ida teng masofada bosib o’tsa, bunday harakatga ilgarilanma harakat deyiladi.

D. Jismning to’g’ri chiziqli harakatiga ilgarilanma harakat deyiladi.



  1. Jismning qo’zg’almas o’q atrofidagi aylanma harakati deb nimaga aytiladi?

A. Harakatlanuvchi qattiq jismning bitta nuqtasi doim harakatda bo’lsa, uning bunday harakati qo’zg’almas o’q atrofidagi aylanma harakat deyiladi.

V. Harakatlanuvchi qattiq jismning barcha nuqtalari doim harakatda bo’lsa, uning bunday harakatiga qo’zg’almas nuqta atrofidagi harakat deyiladi.

S. Harakatlanuvchi qattiq jismning barcha nuqtalari qo’zg’almas qolsa, uning bunday harakatiga qo’zg’almas o’q atrofidagi aylanma harakat deyiladi.

D*. Harakatlanuvchi qattiq jismning ikkita nuqtasi doimiy qo’zg’almasdan qolsa, uning bunday harakati qo’zg’almas o’q atrofidagi aylanma harakat deyiladi.



  1. Qattiq jismning tekis parallel harakati deb nimaga aytiladi?

A. Jismning barcha nuqtalari doimiy biror qo’zg’aluvchan tekislikka parallel tekislikda harakatlansa, uning bunday harakati tekis parallel harakat deyiladi.

V. Jismning ikki nuqtasi doimiy biror qo’zg’almas tekislikka nisbatan qo’zg’almay qolsa, uning bunday harakati tekis parallel harakat deyiladi.

S. Jismning barcha nuqtalari doimiy biror qo’zg’almas tekislikka nisbatan qo’zg’almas qolsa, uning bunday harakati tekis parallel harakat deyiladi.

D*. Jismning xar bir nuqtasi doimiy biror qo’zg’almas tekislikka parallel tekislikda Harakatlansa, uning bunday harakatiga tekis parallel harakat deyiladi.



  1. Nuqtaning ko’chirma harakati deb nimaga aytiladi?

A. Nuqtaning aylanish o’qiga nisbatan harakatiga aytiladi.

V. Nuqtaning qo’zg’almas nuqtaga nisbatan harakatiga aytiladi.

S. Nuqtaning qo’zg’almas koordinata sistemasiga nisbatan harakatiga aytiladi.

D*. Qo’zg’aluvchan sanoq sistemasi va u bilan bog’liq bo’lgan barcha nuqtalarning qo’zg’almas koordinata sistemasiga nisbatan harakatiga aytiladi.



  1. Nuqtaning (murakkab) absolyut harakati deb nimaga aytiladi?

A*. Nuqtaning bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ortiq sanoq sistemasiga nisbatan Harakatiga aytiladi.

V. Nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan harakatiga aytiladi.

S. Nuqtaning koordinata boshiga nisbatan harakatiga aytiladi.

D. Nuqtaning qutb nuqtasiga nisbatan harakatiga aytiladi.



  1. Nuqtaning nisbiy harakati deb nimaga aytiladi?

A. Nuqtaning yerga nisbatan harakatiga aytiladi.

V. Nuqtaning quyoshga nisbatanhharakatiga aytiladi.

S*. Nuqtaning qo’zg’aluvchan koordinata sistemasiga nisbatan harakatiga aytiladi.

D. Nuqtaning qo’zg’almas koordinata sistemasiga nisbatan harakatiga aytiladi.



  1. Tezlanishlarning oniy markazi deb nimaga aytiladi?

A. Vaqtning istalgan paytida jismning chiziqli tezligi nolga teng bo’lgan nuqtasiga aytiladi.

V. Vaqtning istalgan paytida tezligi nolga teng bo’lgan nuqtasiga aytiladi.

S. Vaqtning istalgan paytida tezligining o’qdagi proeksiyasi nolga teng bo’lgan nuqtasiga aytiladi.

D*. Vaqtning istalgan paytida tezlanishi nolga teng bo’lgan nuqtasiga aytiladi.



  1. Tezliklar oniy markazi deb nimaga aytiladi?

A. Tekis shaklning berilgan onda burchak tezligi nolga teng bo’lgan nuqtasi tezliklar oniy markazi deyiladi.

V*. Tekis shaklning berilgan onda tezligi nolga teng bo’lgan nuqtasi tezliklar oniy markazi deyiladi.

S. Tekis shaklning berilgan onda tezlanishi nolga teng bo’lgan nuqtasiga aytiladi.

D. Tekis shaklning berilgan onda tezligi va tezlanishi nolga teng bo’lgan nuqtasiga aytiladi.



  1. Jismning tekis parallel harakati qanday harakatlardan tashqil topgan ?

A. Tekis ilgarilanma va tekis tezlanuvchan harakatlardan tashqil topgan.

V. Tekis aylanma va tekis o’zgaruvchan egri chiziqli harakatdan tashqil topgan.

S. Notekis va tekis ilgarilanmahHarakatdan tashqil topgan.

D*. Jismning qutb bilan birgalikdagi ilgarilanma va qutb atrofidagi aylanma harakatdan tashqil topgan.



57. Absolyut tezlik moduli formulasini toping.

A. ; V*. ;

C. ; D. ;

58. Murakkab harakatda nuqtaning tezlanishi qanday formula bilan ifodalanadi ?

A. ; V. ;

S. ; D*. ;

59.Urinma tezlanish qanday topiladi?

A. ; V. ;

S. ; D*. ;

60. Traektoriyaning egrilik radiusi qanday formula bilan ifodalanadi ?

A. ; V. ; S. ; D*. ;



61. Erkin jismlar uchun dinamikaning birinchi masalasini yechishdan asosiy maqsad nima ?

A. Nuqtaning tezligini bilgan holda uning tezlanishini aniqlash.

V. Nuqtaning tezlanishini bilgan holda, uning bosib o’tgan yo’lini aniqlash.

S. Nuqta ta’sir etuvchi kuchni bilgan holda, unga ta’sir etuvchi kuchni aniqlash.

D*. Nuqtaning harakat qonunini bilgan holda, unga ta’sir etuvchi kuchni aniqlash.

62. Erkin jismlar uchun dinamikaning ikkinchi masalasini echishdan asosiy maqsad nima ?

A. Nuqtaning tezlanishini bilgan holda, uning tezligini aniqlash.

V. Nuqtaning bosib o’tgan yo’lini bilgan holda, uning tezlanishini aniqlash.

S*. Nuqtaga ta’sir etuvchi kuchni bilgan holda,uning harakat qonunini aniqlash.

D. Nuqtaning massasini bilgan holda, unga ta’sir etuvchi kuchni aniqlash.

63. Bog’langan jismlar uchun dinamikaning birinchi masalasini yechishdan asosiy maqsad nima

A*. Nuqtaga ta’sir etuvchi aktiv kuchni xamda harakat qonunini bilgan holda, bog’lanish reaksiyasini aniqlash.

V. Nuqtaning massasini va uning bosib o’tgan yo’lini bilgan holda,unga ta’sir etuvchi kuchni aniqlash.

S. Nuqtaning bog’lanish reaksiyasini bilgan holda,unga ta’sir etuvchi kuchni aniqlash.

D. Nuqtaning tezligini va bosib o’tgan yo’lini bilgan holda,uning massasini aniqlash.

64. Bog’langan jismlar uchun dinamikaning ikkinchi masalasini echishdan asosiy maqsad nima A. Nuqtaning harakat qonunini bilgan holda,unga ta’sir etuvchi bog’lanish reaksiyasini topish.;

V*. Nuqtaning harakat qonunlarini va unga ta’sir etuvchi aktiv kuchni bilgan holda,unga ta’sir etuvchi bog’lanish reaksiyasini aniqlash ;

S. Nuqtaga ta’sir etuvchi aktiv kuchni bilgan holda, uning harakat qonuni va bog’lanish reaksiyasini aniqlash.

D. Nuqtaga ta’sir etuvchi bog’lanish reaksiyasini bilgan holda, unga ta’sir etuvchi aktiv kuchni, uning harakat qonunini aniqlash.



  1. Nuqta harakatining differensial tenglamasi qanday ifodalanadi ?.

A. ; V. ;

S. ; D*. ;


Download 363.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling