Test shakllari va turlari
Download 24.17 Kb.
|
1 2
Bog'liqTest shakllari va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslash, yodda saqlash, tanish
- Produktiv test
- Izlanuvchan – ijodiy test
Test shakllari va turlari. Hozirgi kunda respublikamizda test vazifalarini o‘rtacha o‘tkazish normativlari ishlab chiqilgan. Albatta bu testlar har bir o‘quv dargohi maqsadidan kelib chiqqan holda o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan. Joriy nazorat: 10-15 savoldan iborat bo‘lib, unga 10-15 daqiqa Oraliq nazorat: 25-30 savol, 30-40 daqiqani o‘z ichiga Yakuniy nazorat: 50 savol, 1-1,5 soatni o‘z ichiga Bundan tashqari fanning yo‘nalishidan kelib chiqqan holda va talabalar darajasidan kelib chiqqan holda test turlari, shakllari tanlanishi lozim. Test turlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. Eslash, yodda saqlash, tanish kabi psixik jarayonlarning borishini ta’minlovchi Bu testlar mustahkamlash va tekshirish vazifasini bajaradi. O‘zlashtirishning reproduktiv darajasini o‘lchovchi testlar. Bu testda talaba o‘z bilimlarini tipovoy ya’ni o‘rgangan holatida qo‘llay olishi talab Bu testlarni ishlashda talaba to‘rt xil psixologik operatsiyani bajarishi lozim: formulani eslash; tengliklarni eslash; v) Shunga o‘xshash misollarni eslash; g) misolni Bunday test talabalarda bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholashga yordam beradi. Ammo bu testda ko‘proq qo‘llay olish nazarda tutiladi. Bunday testlar ijodiy fikrlash darajasiga ta’sir etmaydi va ularni reproduktiv testlar deb atash o‘rinli bo‘ladi. Produktiv test Bunday testni echishda talabadan ijodiy yondaShuv talab etiladi. Bunday testni echish uchun talaba 5-6 ta operatsiyani bajarishi lozim. Bu test mantiqiy fikr yuritishni va izchillikni talab etadi. Buning uchun o‘quv jarayonida echilgan mashqlardan bir oz boshqacharoq (netipovoy) vazifalar tanlab olinishi kerak bo‘ladi. Izlanuvchan – ijodiy test Ma’lumki ijod – bu qandaydir yangi echimni topishdir. Buning uchun bu testda standart bo‘lmagan vazifalar beriladi. Bu murakkab test bo‘lib, ijodni rivojlantirishda va iqtidorli talabalarni tanlab olishda ishlatiladi. Testlarning shakliga ko‘ra ham bir qancha guruhlarga ajratish mumkin. Yopiq Bu test shart yoki so‘roq va bir qancha javoblardan tuzilgan bo‘lib, bittasi to‘g`ri javob hisoblanadi. Uning yopiq test deyilishiga sabab, talaba o‘zining to‘g`ri javobini bera olmaydi. U faqat mavjud javoblardan bittasini tanlashi mumkin. Bunday testlarni tuzishda yuzakilikdan ehtiyot bo‘lish kerak va javoblar tuzayotganda mantiqiylik va tahlilga asoslanishi lozim. Ochiq Bu testda shart va so‘roq beriladi. Javob esa mustaqil talaba tomondan topiladi. Bunda eng muhim o‘zaki so‘z tushirib qoldirilishi mumkin, ana shu o‘zakda esa so‘z topilishi lozim. Download 24.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling