Sport musobaqalarida nimalarga baho beriladi ?
====
# Sportchining texnik, taktik, jismoniy, ruxiy tayyorgarligi, raqib tayyorgarligi, hakam faoliyatiga.
====
Musobaqa joyiga.
====
O‘z imkoniyatiga.
====
Raqib tayyorgarligiga.
++++
Olimpiya sport musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda musobaqa o‘tkaziladigan joy bilan bog‘liq qanday omillarni hisobga olgan holda mashg‘ulotlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq ?
====
# Iqlim sharoitlari, joyning dengiz sathidan balandligi, vaqt mintaqasi va boshqa omillar.
====
Iqlim sharoitlari, vaqt mintaqasi va musobaqa o‘tkazilayotgan davlatning milliy qonunchiligi va chet el fuqarolarning huquqiga va boshqa omillar.
====
Iqlim sharoitlari, joyning dengiz sathidan pastligi sport turiga bo‘lgan munosabati.
====
Iqlim sharoitlari, musobaqa o‘tkazilayotgan davlatning milliy qonunchiligi va chet el fuqarolarining huquqiga.
++++
Sport musobaqalarini o‘tkazishning nechta turi bor ?
====
# (3 ta turi mavjud).
====
(4 ta turi mavjud).
====
(5 ta turi mavjud).
====
(6 ta turi mavjud).
++++
Sport musobaqalarini o‘tkazishning “aylanma” turi qanday tartibda o‘tkaziladi ?
====
# Bunda har bir sportchi (jamoa) boshqalar bilan birma-bir uchrashib chiqqunga qadar olib boriladi.
====
Bunda har bir sportchi (jamoa) kelishilgan holda guruhlarga bo‘linib kuchlilar g‘olib bo‘ladi.
====
Bunda yuqoridagi har ikki usuldan foydalanilgan holda musobaqalar olib boriladi.
====
Bunda har bir sportchi (jamoa) birinchilik uchun kurashda bir yoki ikki mag‘lubiyatdan keyin musobaqadagi faoliyati yakunlanadi.
++++
Sport musobaqalarini o‘tkazishning “o‘yindan chiqish” turi qanday tartibda o‘tkaziladi ?
====
# Bunda har bir sportchi (jamoa) birinchilik uchun kurashda bir yoki ikki mag‘lubiyatdan keyin musobaqadagi faoliyati yakunlanadi.
====
Bunda har bir sportchi (jamoa) boshqalar bilan birma-bir uchrashib chiqqunga qadar olib boriladi
====
Bunda yuqoridagi har ikki usuldan foydalanilgan holda musobaqalar olib boriladi.
====
Bunda sportchi va jamoalar o‘z xoxishlariga ko;ra o‘yin to‘xtatilishi mumkin.
++++
Do'stlaringiz bilan baham: |