5. Suvning tabiatda aylanma harakatining ahamiyati qanday?
A) Gidrosferada suvlarning miqdori ko’payishida.
B) Biosferaning barcha qismini bir-biriga bog’lab turishida.
S) Chuchuk suvlarning qayta tiklanib turishida.
D) Suvning tabiatdagi aylanma harakati juda kam ahamiyatga ega.
E) Biosferani bog’lab turishida va chuchuk suvlarning qayta tiklanishida.
6. Dunyodagi suv xo’jalik muammolarining kelib chiqish sabablari nimada?
A) Chuchuk suv etishmasligi, suvlarning ifloslanishi, suv resurslarining notekis tarqalishi va suvga bo’lgan talabning doimo oshib borishida.
B) Chuchuk suv etishmasligi, suvlarning ifloslanishi va suv resurslarining notekis tarqalishida.
S) Chuchuk suv tanqisligi va suvga bo’lgan talabning doimo oshib borishida.
D) Chuchuk suv etishmasligi, suvlarning ifloslanishi va suvga bo’lgan talabning oshib borishida.
E) Sho’r suv zaxiralarining ko’pligida.
7. Suv xo’jaligi muammolarini hal qilishning qanday yo’llari mavjud?
A) Suv resurslarini qayta taqsimlash, aysberglarni eritib, chuchuk suv olish va sho’r suvlarni chuchuklashtirish.
B) Sho’r suvlarni chuchuklashtirish, suv resurslarini qayta taqsimlash va suv resurslaridan oqilona foydalanish.
S) Aysberglarni eritib chuchuk suv olish, sho’r suvlarni chuchuklashtirish va suvni boshqa havzalardan olib kelish.
D) Suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini qayta taqsimlash, aysberglarni eritib chuchuk suv olish va sho’r suvlarni chuchuklashtirish.
E) Suv resurslaridan oqilona foydalanish, katta kanallar qurish va suvni boshqa havzalardan olib kelish.
8. O’rta Osiyo va O’zbekiston xududlariga xos qanday suv xo’jalik muammolari mavjud?
A) Umumiy va chuchuk suv tanqisligi va suv resurslarining ifloslanishi.
B) Umumiy suv tanqisligi, suvdan noto’g’ri foydalanish va Orol dengizining qurib borishi.
S) Suvdan noto’g’ri foydalanish va Orol dengizining qurib borishi.
D) Umumiy va chuchuk suv tanqisligi, suv resurslarining ifloslanishi va Orol dengizining qurib borishi.
E) Suvga bo’lgan talabning oshib ketganligi, suvdan noto’g’ri foydalanish va Orol dengizining qurib borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |