Test topshiriqlari ona tili darslarining tiplari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


Download 19.02 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi19.02 Kb.
#1246872
Bog'liq
тест


TEST TOPSHIRIQLARI


1. Ona tili darslarining tiplari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Yangi materialni o‘rgatish va mustahkoamlash ;
o‘tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish ; bilim va malakalarni umumlashtirish ; bilim va malakalarni tekshirish

  1. O‘tilgan mavzuni so‘rash , yangi mavzuni bayon qilish, yangi mavzuni mustahkamlash

D) O‘quvchilar bilimini baholash , o‘quvchilar bilimini kengaytirish va mustahkamlash

  1. O‘tilgan mavzuni so‘rash , uy vazifasi ustida ishlash, yangi bilim berish

2. Jufti bor jarangli undoshlar berilgan qatorni aniqlang.
A) y , l B) m , n D) d , g E) r , ng
3. Jufti yo‘q jarangli undoshlar qaysi qatorda berilgan?
A) z , j B) b , d D) l , r E) g , v
4. Qaysi qatorda jufti bor jarangsiz undoshlar joylashtirilgan?
A) sh , p B) q , h D) g , g’ E) A va D javoblar to’g’ri
5. Diktant so‘zining ma’nosi -
A) aytib bermoq , aytib turmoq , so‘zlamoq , gapirmoq
B) o‘ylamoq , fikrlamoq , yozmoq , o‘qimoq
D) o‘tkazmoq , eshittirmoq , izlamoq , chizmoq
E) to‘g‘ri javob berilmagan
6. Ta’limiy diktant turlarining soni –

  1. 5 ta B) 6 ta D) 7 ta E) 8 ta

7. 3-sinfda lug‘at diktantdagi so‘zlar soni -

  1. 8 so‘z B) 10 – 12 so‘z D) 12 – 15 so‘z E) 17 -19 so‘z

8. 4-sinfda lug‘at diktantdagi so‘zlar soni –

  1. 12 – 15 so‘z B) 10 – 12 so‘z D) 14 – 16 so‘z E) 8 – 10 so‘z

9. 2-sinfda lug‘at diktantdagi so‘zlar soni –

  1. 12 – 15 so‘z B) 10 – 12 so‘z D) 8 so‘z E) to‘g‘ri javob berilmagan

10. 2-sinfda o‘quv yili oxirida tekshirish diktantidagi so‘zlar soni –
A) 25 – 30 ta B) 45 – 55 ta D) 55 – 65 ta E) 35 – 45 ta
11. 4-sinfda o‘quv yilining birinchi yarmi oxirida tekshirish diktantidagi so‘zlar soni – A) 25 – 30 ta
B) 65 – 70 ta D) 55 – 65 ta E) 45 – 55 ta
12. 3-sinfda o‘quv yilining oxirida tekshirish diktantidagi so‘zlar soni -
A) 35 – 45 ta B) 45 – 55 ta D) 55 – 65 ta E) 65 – 70 ta
13. Saylanma diktantni qaysi sinflarda o‘tkazish maqsadga muvofiq?
A) 1-sinfda B) 3 - 4 – sinfda D) 2-sinfda E) 1- 2 - sinfda
14. Diktant maqsadiga ko‘ra necha turli bo‘ladi?
A) 4 B) 3 D) 7 E) 2
15. 1 – 4 – sinflarda ta’limiy diktantning qaysi turidan keng foydalaniladi?
A) Ijodiy diktant B) Saylanma diktant D) Erkin diktant E) Izohli diktant
16. Diktantda qaysi xatolar hisobga olinmaydi?
A) o‘quvchilarga o‘rgatilmagan qoidalar yuzasidan
qilingan xatolar;
B) gap oxirida nuqta qo‘yilmagan bo‘lsa-yu , keyingi
gapni bosh harf bilan yozsa;
D) gap ma’nosini buzmagan holda biror so‘zni
boshqa so‘z bilan almashtirib yozsa;
E) A , B , D javoblardagi holatlarda
17. O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) mazmundor , mantiqiylik B) aniq , boy , tushunarli D) ifodali , to‘g‘ri
E) yuqorida ko‘rsatilganlarning barchasi
18. Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan , tugallangan mavzuni ifodalaydigan , mantiqiy va grammatik qoidalar asosida tuzilgan , mustaqil , tugallangan va o‘zaro bog‘langan , ma’noli qismlarga bo‘linadigan nutq –
A) hikoya deyiladi B) bog‘lanishli nutq deyiladi D) ichki nutq deyiladi E) tashqi nutq deyiladi
19. Berilgan javoblar orasidan undalmaga berilgan ta’rifning eng to‘lig‘i va to‘g‘risini belgilang.
A) Undalma gapning boshi , o‘rtasi , oxirida keladi.
B) So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni ifodalagan
so‘zga undalma deyiladi.
D) So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs va narsalarni
ifodalagan so‘zlarga undalma deyiladi.
E) Undalma gapning o‘rtasida kelgan bo‘lsa , uning
ikki tomoniga vergul qo‘yiladi.
207. Xatosiz yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) O‘rta Chirchiq , Ko‘hna Urganch B) yangiyo‘l , to‘rtko‘l , xalqobod
D) foto-apparat , elektro-texnika E) suv osti , bayram oldi

Ochqich


1. A
5. A
6. E
7. B
8. A
9. D
10. E
11. B
12. D
13. B
14. E
15. A
16. E
17. E
18. B
19. D
20. А
Download 19.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling