Testlar soni 1621 ta


Download 227.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana07.12.2020
Hajmi227.57 Kb.
#161592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
6-sinf testlar. 1621


C 2; makroelementli  va mikroelementli   D A va B
77. Qaysi turdagi o’g’itlar tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildorligini oshiradi, o’simliklar uchun
zarur bo’lgan moddalarni hosil qiladi?
A organik (go’ng)    B azotli   C kaliyli va fosforli
D fosforli va azotli
78. Ular turli xil bo’ladi. Faqat zavodlarda tayyorlanadi. O’zbekistonda Navoiy va Chirchiqda shunaqa zavodlar
mavjud. Bu ta’rif qaysi o’g’itlarga tegishli?
A organik            B mineral           C mikroelementli 
D makroelementli
79. Mineral o’g’itlar qanday bo’ladi?
A organik va anorganik
B makroelementli  va mikroelementli  
C kaliyli, fosforli va azotli       D hammasi
80. Mineral o’g’itlarni ta’sir qilish xususiyatlari bilan juftlab yozing.
1)kaliyli  2)azot (selitra)li   3)fosforli   4)go’ng
a)tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi b)o’simlikning o’sishini tezlashtiradi c)o’simliklar uchun zarur bo’lgan
moddalarni hosil qiladi d)mo’l hosil to’planishiga yordam beradi e)tez pishib yetilishini ta’minlaydi
A 1-d,e; 2-b; 3-d,e; 4-a,c;        B 1-d; 2-b,e; 3-d; 4-a,c;
C 1-d,e; 2-b; 3-d,e; D 1-d; 2-b,e; 3-d;
81.Agar tuproqqa me’yoridan ortiqcha o’g’itlar solinsa qanday holat kuzatiladi?
A tuproqning ekologik holati yomonlashadi
B tuproqdagi tirik mavjudodlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi
C tuproqning tarkibini buzadi
D hammasi
82. Suv va unda erigan mineral moddalar poyaning qaysi qismi orqali harakatlanadi?
A kambiy    B floema    C yog’ochlik   D po’stloq
83. Agar siyohrang suvga bargli novdani solib 2-3 soatdan keyin ko’ndalangiga va uzunasiga esib qaralsa poyaning
qaysi qismi bo’yalganligini ko’ramiz?
A o’zak    B floema    C yog’ochlik   D po’stloq
84.  Oziq moddalari qoyaning qaysi qismi orqali harakatlanadi?
A kambiyda joylashgan naylar    
B floemada joylashgan elaksimon naylar  
C yog’ochlikdagi naylar  
D po’stloqda joylashgan elaksimon naylar  
85. Shakar qoyaning qaysi qismi orqali harakatlanadi?
A kambiy    B floema    C ksilema   D po’stloq
86. Sabzi va lavlagi o'simliklarining qaysi qismlarida shakar to'planadi?
A mevasi   B ildizpoya      C ildizmeva   D A va C
87.Quyidagilardan qaysi bir(lar)ida shakar zaxira holatda to'planadi?
1)o'simliklarning urug'ida  2)lavlagi ildizmevasida 3)kartoshka tugunagida 4)sabzi mevasida 5)o'simliklarning
mevasida
A 1,2,3,4,5    B 1,2,3,5   C 1,2,4,5    D 1,2,5
88. Quyidagilardan qaysi bir(lar)ida shakar zaxira holatda to'planmaydi?
1)o'simliklarning urug'ida  2)lavlagi ildizmevasida 3)kartoshka tugunagida 4)sabzi mevasida 5)o'simliklarning
mevasida
A  hammasida to'planadi   B 3     C 4     D 3,4

89. Kartoshka tugunagida shakar …
A zaxiralanadi  B kraxmalda aylanadi  C parchalanadi    
D bir qismi zaxiralanadi yana bir qismi kraxmalga aylanadi
90. Tajribada terakning bargli novdasidan olib birining pastki qismidan sal yuqorirog'idagi po'stlog'i halqa shaklida
kesib olinadi va ikki novdani bir xil vaqtda suvga solinadi. Oradan ikki hafta o'tgach nazorat uchun olingan 1-novdada
qanday o'zgarish kuzatiladi?
A novda qurib qoladi   
B faqat po'stlog'i kesilgan joyning yuqorisidan ildiz hosil bo'ladi
C novdaning faqat pastki qismida ildiz hosil bo'ladi
D novdaning 2 joyida: halqa kesilib boshlangan va tugallangan joylarida ildizlar hosil bo'ladi
91. Tajribada terakning bargli novdasidan olib birining pastki qismidan sal yuqorirog'idagi po'stlog'i halqa shaklida
kesib olinadi va ikki novdani bir xil vaqtda suvga solinadi. Oradan ikki hafta o'tgach po'stlog'i halqa shaklida kesilgan
novdada qanday o'zgarish kuzatiladi?
A novda qurib qoladi   
B faqat po'stlog'i kesilgan joyning yuqorisidan ildiz hosil bo'ladi
C novdaning faqat pastki qismida ildiz hosil bo'ladi
D novdaning 2 joyida: halqa kesilib boshlangan va tugallangan joylarida ildizlar hosil bo'ladi
92.Agar novdaning po'stlog'i kesib olinsa bu o'sha joydagi moddalar almashinuviga qanday ta'sir ko'rsatadi?
A moddalar almashinuvi jaddalashadi  
B suv va mineral moddalari o'tmaydi
C oziq moddalari o'tmaydi 
D suv, mineral moddalar va oziq moddalari o'tmaydi-moddalar almashinuvi buziladi
93. Suv unda erigan holdagi mineral moddalar (oziq moddalar) … orqali o'simlikning barcha organlari bo'ylab
harakatlanadi.
A nay tolali bog'lam  B floema  C ksilema  D po’stloq
94. Ildiz suv va unda erigan mineral moddalarni zarur miqdorda yetkazib bermasa o'simlikda qanday jarayon
kuzatiladi?
A o'simlikning barcha hujayra, to'qima va organlari o'sish va rivojlanishdan to'xtaydi
B barglarda organik moddalar kam hosil bo'ladi
C qo'shimcha ildizlar o'sib chiqadi
D yon ildizlar o'sib chiqadi
95. Agar barglarda organik moddalar yetishmasa o'simlikda qanday jarayon kuzatiladi?
A o'simlikning barcha hujayra, to'qima va organlari o'sish va rivojlanishdan to'xtaydi
B barglarda organik moddalar kam hosil bo'ladi
C ildiz orqali suv so'rilishi tezlashadi
D shira harakati tezlashadi
96. O'simliklarning shox-shabbasiga shakl berish va qisqartirishdan ko'zlangan maqsad(lar) nima?
A mo'l hosil olish    B chiroyli ko'rinish berish
C oziq moddalar harakatini muvofiq tomonga yo'naltirish              D hammasi
97. G'o'zani chilpish orqali oziq moddalar harakatini qaysi organ(lar)ga yo'naltirish mumkin ?
A gul va mevalarga   B poya va yon shoxlarga
C ildizga    D bargga
98. O'simliklarda quyosh nuri ta'sirida va xlorofill donachalari ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalar
hosil bo'lishi va havoga kislorod ajralib chiqishi jarayoni … deb ataladi.
A fotoliz   B fotosintez  C autosintez   D xemosintez
99. Fotosintez so'zi qaysi so'zdan olingan qanday ma'noni anglatadi?

A yunoncha so'z "fotos"-yorug'lik; "sintez" - birlashtirish, qo'shish
B lotincha so'z "fotos"-yorug'lik; "sintez" - birlashtirish, qo'shish
C yunoncha so'z "fotos"-elektron; "sintez" - birlashtirish, qo'shish
D lotincha so'z "fotos"-elektron; "sintez" - birlashtirish, qo'shish
100.Organik moddalar yashil bargning qaysi qism(lar)idagi hujayralarda hosil bo’ladi?
A barg po’sti    B barg etida  
C barg yaprog’ining barcha qismida     D xlorofillda
101.Ijodiy faoliyatining asosiy qismini yashil o'simliklardagi fotosintez jarayonini o'rganishga bag'ishlagan va fanga
o'zining munosib hissasini qo'shgan mashhur rus olimi va u fotosintezni asoslab bergan aosarini nomini belgilang.
A Timiryazev "Quyosh va o'simlik"  
B Timiryazev "Hayot va xlorofill"  
C Timiryazev "Quyosh, hayot va xlorofill"
D Timiryazev "Quyosh, hayot va o'simlik"    
102.Suv va unda erigan mineral moddalarning tuproqdan so'rilishi nima(lar)ga bog'liq holda kechadi?
A ildiz bosimi   B barg hujayralarining so'rishi
C shira harakati   D A va B
103. Fotosintez jarayonida ishlatiladigan CO2ni o'simlik qayerdan oladi?
A o'simlikda sodir bo'ladigan moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladi
B ildiz orqali suvda erigan holatda so'rib olinadi
C bargdagi og'izchalat orqali qabul qilinadi
D poyadagi yasmiqchalar orqali qabul qilinadi
104.Karbonat angidridning suv bilan birikishi barg eti hujayralarining qaysi organoidida kechadi?
A sitoplazma   B mitoxondriya   C endoplazmatik to'r
D xlorofill
105.CO2 ning suv bilan birikishi natijasida (xloorofillda) dastlab qanday birikma hosil bo'ladi?
A sut kislota    B karbonat kislota   C shakar -glukoza
D kraxmal
106.CO2 ning suv bilan birikishi natijasida (xloorofillda) keyinchalik qanday birikma hosil bo'ladi?
A sut kislota    B karbonat kislota   C shakar -glukoza
D kraxmal
107. CO2 ning suv bilan birikishi natijasida (xlorofillda) dastlab qanday birikma va modda hosil bo'ladi?
A sut kislota va O2                B karbonat kislota va O2     
C shakar -glukoza va O2        D kraxmal va O2  
108 .Xlorofill donachalari ishtirokida hosil bo'lgan organik moddalarning suvda erish yoki erimaslik xususiyatini
belgilang.
A suvda erimaydi   B suvda eriydi
C ko'p qismi suvda eriydi, ba'zilari esa umuman erimaydi
D juda kam miqdorda eriydi
109 .Elaksimon naylar suvda erigan organik moddalarni bargning qaysi qismidan oladi?
A juft loviyasimon hujayralardan B barg etidan  
C barg yaprog’ining barcha qismidan   D xlorofilldan
110. O'simliklarda … qancha yetarli bo'lsa, organik moddalar ham shuncha ko'p hosil bo'ladi.
1)yorug'lik 2)harorat 3)suv  4)mineral tuzlar 5)CO2
A 1    B 1,3,4   C 1,2,3,4   D 1,2,3,4,5
111.O'simliklarda organik modalar qancha ko'p bo'lsa ularning hosili …
A shuncha mo'l bo'ladi   B tez buziladi   

C uzoq vaqt saqlanadi   
D hosil kam lekin o'simlik baquvvat bo'ladi
112. Har qanday o'simlikni ekkanda avvalo uning …ga bo'lgan talabini inobatga olish lozim.
A suv   B yoryg'lik  C harorat   D mineral modda
113.G'o'za o'simligining yorug'likka nisbatan munosabatini belgilang.
A yorug'likni kam talab qiladi 
B yorug'likni ko'p talab qiladi
C yorug'likning ahamiyati yo'q
D t.j.y
114.G'o'zaning katta maydonlarda keng qatorlab, ma'lum oraliqda ekishning sababi nimada?
A poyasining shoxlanib ketmasligi uchun
B suvni yetarli miqdorda qabul qilishi uchun
C yorug'likni yetarli miqdorda qabul qilishi uchun
D ildizining o'sishiga xalaqit bermaslik uchun
115. Barglarni rangsizlantirish uchun qaysi eritmadan foydalaniladi?
A spirt eritmasi   B yodning kuchsiz eritmasi
C xlorid kislotaning kuchsiz eritmasi
D sirka  eritmasi
116. Nafas olish(I) va fotosintez(II)  jarayonlarida qaysi gazlar tashqi muhitdan qabul qilinadi(a) va chiqariladi(b)?
1) O2   2)CO2
A I a-2; b-1;  II a-2; b-1;      B I a-1; b-2;  II a-2; b-1; 
C I a-2; b-1;  II a-1; b-2;      D I a-1; b-2;  II a-1; b-2; 
117. O'simliklarda nafas olish jarayonining oziqlanish jarayonidan farq(lar)ini belgilang.
1)qabul qilinadigan gaz  2)tashqi muhitga chiqariladigan gaz  3)organik moddalar hosil bo'ladi 4) organik moddalar
parchalanadi 5)yorug'likni talab qilmaydi 6)kecha-kunduz uzluksiz sodir bo'ladi
A 1,2,3,5   B 1,2,3,5,6   C 1,2,4,5,6   D 1,2,4
118.Og’zi shisha plastinka bilan zich berkitiladigan ikkita shisha stakan olinib har birining ichiga bargli yosh
novdalarni solib bir necha soatga 1-sini yorug’lik tushib turadigan joyga, 2-sini esa qorong’u joyga olib qo’yildi.
Shundan so’ng har ikkala stakanga yonib turgan cho’p tushirildi. Cho’p tushirilgandan so’ng yorug’likda turgan 1-
stakandagi yuz bergan jarayon va buning sababini belgilang.
A cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi O2ning miqdori ko’p bo’lgan
B  cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi CO2ning miqdori ko’p bo’lgan
C cho’p yonishda davom etgan-idishdagi O2ning miqdori yetarli bo’lgan
D cho’p yonishda davom etgan-idishdagi CO2ning miqdori yetarli bo’lgan
119. Og’zi shisha plastinka bilan zich berkitiladigan ikkita shisha stakan olinib har birining ichiga bargli yosh
novdalarni solib bir necha soatga 1-sini yorug’lik tushib turadigan joyga, 2-sini esa qorong’u joyga olib qo’yildi.
Shundan so’ng har ikkala stakanga yonib turgan cho’p tushirildi. Cho’p tushirilgandan so’ng qorong’ulikda turgan 2-
stakandagi yuz bergan jarayon va buning sababini belgilang.
A cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi O2ning miqdori ko’p, CO2kam  bo’lgan
B  cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi CO2ning miqdori ko’p, O2kam  bo’lgan
C cho’p yonishda davom etgan-idishdagi O2ning miqdori yetarli bo’lgan
D cho’p yonishda davom etgan-idishdagi CO2ning miqdori yetarli bo’lgan
120. Quyidagilardan noto’g’rilarini belgilang.
A o’simlikdagi hamma tirik hujayralari nafas oladiva o’sib rivojlanadi
B kunduzi kuni organik moddalarning hosil bo’lishi va nafas olish bir vaqtda kechadi
C qorong’ulikda organik moddalarning hosil bo’lishi va parchalanishi bir vaqtda kechadi

D noto’g’ri javob keltirilmagan
121.Suv bug’latish jarayonining o’simlik hayotidagi ahamiyatini belgilang.
1) ildiz orqali suv va mineral moddalarning so’rilishi tezlashadi 2)poya bo’ylab moddalarning harakati yaxshilanadi
3)o’simlik organlarining qizib ketishidan saqlaydi
A 1,2,3      B 1,3    C 1,2       D 2,3
122. O’simliklarning suv bug’latishini qaysi tajriba yordamida isbotlash mumkin?
A bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib yorug’liktushib turadigan joyda bir necha soat saqlab
so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali
B bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib qorong’u joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib
turgan cho’p tushirish orqali
C gultuvakda o’sib turgan o’simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, bir necha soatdan keyin kuzatish
orqali                  D A va B
123. Suv bug’latish o’simlikning qaysi a’zo(lar)si orqali sodir bo’ladi?
A poyadagi yasmiqchalar   B bargdagi og’izchalar
C A va B 
D barg, poya, ildiz po’sti(epiderma, po’stlog’i)
124. Qaysi moddani bargli novda solingan shisha idishga tomizish orqali suv bug’latishini (vaqtincha) to’xtatish
mumkin?
A moy    B yod   C spirt     D sirka kislota (kuchsiz)
125. Bir tup o’simlikning barglari qancha suv bug’latganligini hisoblab chiqish uchun qaysi tajriba bajariladi?
A bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib yorug’liktushib turadigan joyda bir necha soat saqlab
so’ngra yonib turgan cho’p tushirish orqali
B bargli novdani og’zi zich berkiladigan shisha stakanga solib qorong’u joyda bir necha soat saqlab so’ngra yonib
turgan cho’p tushirish orqali
C gultuvakda o’sib turgan o’simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, bir necha soatdan keyin kuzatish
orqali
D bargli novdani suvli shisha idishga solinadi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchisiga qadoq toshi
qo’yiladi-muvozanatga keltiriladi suv bug’lanishi natijasida shisha idishdagi suv kamayadi, tarozi pallasi asta-sekin
ko’tariladi. Tarozi pallalari yana muvozanatga keltirilib qancha suv bug’langanligi topiladi.
126.O’simliklarning tuproqdan oladigan suvining turli darajada bug’latishi nima(lar)ga bog’liq?
A o’simlik turiga     B o’sish sharoitiga 
C A va B     D hayotiy shakliga
127. Qanday sharoitda o’sadigan o’simliklar suvni nisbatan kam bug’latadi?
A issiq, quruq sharoit  B issiq, sernam sharoit
C salqin, quruq sharoit    D salqin, sernam sharoit   
128.Barglari juda maydalashib ketgan cho’l o’simligini belgilang.
A saksovul    B kaktus   C shuvoq, qoraboyalich
D shirinmiya
129. Barglari shaklini o’zgartirib tikanlarga aylanib ketgan o’simlikni belgilang.
A saksovul    B kaktus   C shuvoq, qoraboyalich
D shirinmiya
130. Barglarda shakllangan suvni kam bug’latishga nisbatan paydo bo’lgan moslanishlarni belgilang.
1) barglarning juda maydalashib ketganligi 2)barglarning shaklini o’zgartirib tikanlarga aylanib ketganligi
3)barglarning qalin tuklar bilan qoplanganligi 4)yoz oylarida barglarning to’kib yuborish
A 1,2,3,4     B 1,2,3     C 2,3     D 1,3,4
131. Suvni kam bug’latish uchun yoz oylarida barglarini to’kib yuboradigan o’simliklarni belgilang.

A saksovul    B kaktus   C shuvoq, qoraboyalich
D shirinmiya
132. Bir tup g’o’za yoz oylarida qancha suv bug’latadi?
A 500-600 l    B o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p
C 200 l         D 250-300l
133.Bir tup makkajo’xori yoz oylarida qancha suv bug’latadi?
A 500-600 l    B o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p
C 200 l         D 250-300l
134. Bir tup o’rta yoshdagi(30-40yillik) qizilmiya yoz davomida qancha suv bog’latadi?
A 500-600 l    B o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p
C 200 l         D 250-300l
135.Urug’ida zaxarli modda to’plovchi , brglari navbat bilan joylashgan  o’simliklarni  belgilang
A) kampirchopon , bodom  B) bodom , ligustrum  
C) bodom , shaftoli   D) shaftoli , kampirchopon  
136.Umumiy barg bandining  uchi bitta barg bilan tugaydigan , murakkab bargli  o’simliklarni aniqlang
1) mosh  2) shirinmiya 3)yong’oq  4) na’matak  5)yeryong’oq 6) yantoq 
A) 4,6  B) 3,6   C) 2,3,  D)  1,5
137.Shakli o’zgargan  novdalarni aniqlang 
1)kartoshka tugunagi  2)sarimsoqning  piyozboshi  3)sholg’omning ildizmevasi  4)bug’doyiqning ildizpoyasi
5)makkajo’xorining  so’tasidagi  gul   6)qirqbo’g’imning  sporafili   7)zirkning  tikani  
A)2,3,4    B)2,4,5   C)1,2,4,7     D)1,2,3,6,
138.Ildizsiz  sporali o’simliklar  ?   1)bennettet  2)gingko biloba  3)kuksoniya  4)riniya  5)funariya  6)suv  qirqqulog’I
7)suv qaroqchisi  8)zuhrasoch
A)3,5,6,7    B)1,2,6     C)3,4,5    D)1,3,4,5,8
139.Albitsiya  poyasida po’st parenximasiva  kambiy orasida …., kambiy va  o’zak orasida ….joylashgan,
A)floema, ksilema    B) yog’ochlik , ksilema    
C)ksilema , yog’ochlik   D)lub , floema
140.Meva  hosil qilmaydigan  o’simliklarni aniqlang. 
1)buldenej  2)lola daraxti  3)lipa  4)qarag’ay  5)plaun 6)zuhrasoch  7)dala  qirqbo’g’imi  8)saur  9)ko’kterak
A)5,6,7    B)3,4,9    C)2,5,8     D)1,7,8
141.Loviya (a)  va no’xat (b) ning bargiga xos xususiyatlar ni aniqlang     1)toq patsimon  murakkab barg  2)murakkab
uch bargchali  3)oddiy bargli   4)yon bargchali   5)yo bargchasiz  6)murakkab bargning uchi gajak bilan  tugaydi
7)uch  bo’lakli  murakkab bo’lmagan barg
A)a-3,6,b-2,4  B)a-4,7,b- 1,5,6  
C)a-2,4,b-4,6  D)a-1,5,  b-2,6
142.Berilgan  o’simlik navlarining ularga xos  poya turlari bilan  juftlang   a)ilashuvchi   b)tik o’suvchi  c)palak
otuvchi
1-gultish     2-zarg’aldoq   3- buvaki  4- zarmiton  5- bargi
A )a-1,2,4   b-3  c-5     B) a- 3,4,  b-1  c-2,5   
C)  a-1,3,  b-2   c-4,5   D)  a-1,2   b-4  c-3,5
143.Qaysi o’simliklar  changchili  gul va urug’chili gul formulasiga  ega ?
A) terak, tarvuz , xolmon   
B) gazanda, quyonjun, qoqio’t  
C) tol, qovoq, bug’doy 
D)turkisto  ismalog’I, qozonyuvg’ich  makkajo’xori
144.to’pgulining  gulpoyasi  shoxlanmaydigan  o’simliklar ni  aniqlang    1) bug’doyiq   2) kelinsupurgi  3)oqqayin

4)bodiyon   5)zubturum   6)tok  7)olma  8) yong’oq 
A)4,5,8     B)1,2,4,6      C)1,2,6,7     D)3,5,7,8
145.Ekologik guruhlar bilan juftlab yozing?
a-suvda yashovchilar b-namsevar  d-seret osimliklar e-namlik yetarli
1-qo’g’a 2-elodeya 3-baliqko’z 4-qamish 5-nilufar 6-ro’vak 7-makkajo’xori 8-olma 9-sarsazan 10-sebarga 11-agava
12-karam 13-kaktus 14-bug’doy
A)a-2.5b-1.4.6d-3.9.11.13e-12.10.7.8.14
B) a-2.5b-1.4c-3.9.6.11.13e-7.8.10.14
C) a-1.2.5b-4.6c-3.9.11.13e-6.7.8.10.14
D)a-1.2b-4.6c-3.9.11.13e-7.8.12.14
146. Kuz kelishi bilan kunlar asta-sekin soviy boshlaydi. Kunlar …, tunlar …boradi
A qisqarib; uzayib     B uzayib, qisqarib
C uzayib; uzayib       D qisqarib, qisqarib;
147. … o'simliklarning qishga tayyorlanish davri hisoblanadi.
A tinim davri   B diapauza   C kuz    D anabioz
148. Qaysi o'simlik(lar)ning mevasi pishgandan keyin ham poyasining  uchki shoxlarida gullari ochilib turadi?
 Ag'o'za  B bangidevona  C ituzum  Dg'o'za va ituzum
149. Kuzda o'simliklarda sodir bo'ladigan muhim biologik o'zgarishlardan biri … dir.
Atinim davri  Bdiapauza   C xazonrezgilik  D anabioz
150.Qaysi o'simliklarning barglari ancha barvaqt to'kiladi?
A jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt, aylant
B jiyda, chinor, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt, aylant
C nastarin, atirgul, ligustrum  D shamshod, ligustrum
151. Qaysi gulli o'simliklarning bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi?
A archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
B nastarin, atirgul, ligustrum, archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
C nastarin, atirgul, ligustrum  D shamshod, ligustrum
152. Qaysi gulli o'simliklarning bargi qishda ham to'kilmaydi?
A archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
B nastarin, atirgul, ligustrum, archa, qaragay, qora qarag'ay, qulupnay
C nastarin, atirgul, ligustrum  D shamshod, ligustrum
153. Barglari qishda ham to’kilmay, saqlanib turadigan madaniy buta(lar)ni belgilang.
A shamshod  B atirgul    C nastarin      D hammasi
154. Xazonrezgilikning o'simliklar uchun ahamiyati nima?
A o'simliklarni qishki noqulay holatdan saqlaydi, chinki ular qishda tuproqdagi suvdan foydalana olmaydi
B ildizning so'rish kuchini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini jadallashtiradi
C ildizning so'rish kuchini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini susaytiradi
D t.j.y
155. .... usuldagi ko’payish o’simliklarning navlari va naslini saqlashdir.
A jinssiz   B vegetativ    C jinsiy    D jinsiy va jinssiz
156. Vegetativ organlarning o’simliklar hayotidagi ahamiyati nima(lar)dan iborat?
A oziqlanishda ishtirok etadi 
B ko’payishda ishtirok etadi   C A va B   D t.j.y
157.O’simlikning qaysi qismlaridan ko’paytirilganda vegetativ ko’payish sodir bo’ladi?
1)ildiz  2)ildizpoya 3)tugunak 4)piyozbosh 5)novda  6)barg 7)urug’  8)meva
A hammasi    B 2,3,4,5   C 1,2,3,4,5,6    D 1,5,6

158. Ildizpoyasidan ko’payuvchi o’simliklari belgilang.
1)lola 2)ajriq 3)boychechak 4)g’umay 5)salomalaykum 6)gladious 7)nargiz 8)bug’doyiq
A 1,3,4,5,8     B 2,4,5,8    C 1,3,6,7    D 2,4,5,6
159. Piyozboshidan ko’payuvchi o’simliklari belgilang.
1)lola 2)ajriq 3)boychechak 4)g’umay 5)salomalaykum 6)gladious 7)nargiz 8)bug’doyiq
A 1,3,4,5,8     B 2,4,5,8    C 1,3,6,7    D 2,4,5,6
160.Qaysi o’simliklarning ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo’lishi hisobiga vegetativ ko’payadi?
A qoraqat, na’matak, qizilmiya, yantoq, olvoli, terak
B yantoq, tok, qoraqat, na’matak, shirinmiya, terak
C yantoq, olvoli,atirgul, qoraqat, terak, shirinmiya
D shirinmiya, yantoq, olvoli, uchqat, na’matak, terak
161. Ildiz bachkisi nima?
A ildizda hosil bo’lgan kurtaklar  
B ildizdan hosil bo’lgan novdalar
C ildizning uchki qismi  D ildizpoyadagi kurtaklar
162.Vegetativ yo’l bilan ko’payadigan bitta … daraxti atrofida yer ostidan o’sib chiqadigan bachkilar hisobiga o’nlab
yangi daraxt tuplari hosil bo’ladi.
A tol     B terak    C tok    D tut
163.Ildiz bachkisidan yangi mustaqil o’simliklarning hosil bo’lishi qaysi hayotiy shakllar o’rtasida uchraydi?
1)daraxt   2)buta     3) ko’p yillik o’t
A 1    B 1,2     C 1,3      D 1,2,3
164.Yer surilishi yoki suv toshqini natijasida o’simliklarning shox-shabbasi sernam tuproq ostiga qolib uulardagi
kurtaklardan yangi novda o’sib chiqadi bu ta’rif qaysi o’simlikka tegishli?
 A tol     B terak    C tok    D tut
165. Vegetativ ko’payishning o’simliklar dunyosidagi ahamiyatini belgilang.
A navlarning doimiyligini saqlashda foydalaniladi
B o’simlik naslini saqlashda foydalaniladi
C urug’idan yaxshi ko’paymaydigan o’simliklarning tabiatda kamayib yo’qolib ketmasligini ta’minlaydi
D hammasi
166.Juda ko’p madaniy o’simliklar qaysi qismidan ko’paytiriladi?
1)ildiz  2)ildizpoya 3)tugunak 4)piyozbosh 5)novda  6)barg 7)urug’  8)meva

Download 227.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling