Testlar tarqatilmasin!!! Zoologiya har bir bob bo’yicha testlar
ZOOLOGIYADAN TEST. LANSETNIK VA BALIQLAR
Download 0.57 Mb.
|
Testlar tarqatilmasin!!! Zoologiya har bir bob bo’yicha testlar-fayllar.org
ZOOLOGIYADAN TEST. LANSETNIK VA BALIQLAR.
VARIANT-2 1. Baliqlarda qon jabralardan qaerga keladi? A) qorin aortaga B) bosh miyaga C) orqa aortaga D) yurakka 2. Baliqlarda suv oqimini, suv ostidagi narsalarni sezishda qaysi organ yordam beradi? A) dum suzg‘ichlari B) yon chiziqlari C) anal suzg‘ichlari D) suzg‘ich pufagi 3. Baliqlardagi jabra qilchalarining qanday ahamiyati bor? A) oziq bilan kirgan suvni tashqariga chiqib kеtishiga yo‘l qo‘ymaydi B) suv bilan oqib kеladigan oziqni tashqariga chiqib kеtishiga yo‘l qo‘ymaydi C) suv bilan kirgan kislorodning qonga so‘rilishini tеzlashtiradi D) jabra yaproqchalari satxini kеngaytirib bеradi 4. Baliqlarning jabralari... (1) qismlardan iborat bo‘lib, gaz almashinuvi ... (2) qismida sodir bo‘ladi. a) jabra ravoqlari; b) jabra varaqlari; c) jabra qilchalari; d) jabra qopqog‘i; e) jabra varaqlaridagi kapillarlar; f) jabra qilchalaridagi kapillarlar A) 1-a,d,e; 2-e,f B) 2-a,b,c,d; 2-a,f C) 1-a,b,c,d; 2-e D) 1-a,b,d; 2-c,f 5. Baliqlarning juft suzg‘ichlarining vasifasi: A) tanasini muvozanatga solib turish B) burilish, to‘xtash C) oldinda asta-sekin suzish D) barchasi 6. Baliqlarning qaysi organi 2ta bo‘lib, u tasmasimon, qo‘ng‘ir- qizg‘ish rangda bo‘ladi? A) oshqozon B) buyrak C) jigar D) oshqozon osti bezi 7. Baliqlarning qaysi turkum vakillarida ichki urug‘lanish kuzatiladi? 1) baqra; 2) akulalar; 3) skatlar; 4) larpsimonlar; 5) losossimonlar A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 2, 4, 5 8. Baliqlarning qon aylanish sistemasi qaysi qismlardan tuzilgan? A) ikki kamerali yurak, arteriyalar, venalar, kapillar qon tomirlaridan iborat B) 3 kamerali yurak, arteriyalar, venalar tomirlaridan iborat C) 4 kamerali yurak, arteriyalar, venalar, kapillar qon tomirlaridan iborat D) ikki kamerali yurak, arteriyalar, venalar tomirlaridan iborat 9. Baliqlarning suzgich pufagi qanday vazifalarni balarishini aniqlang. 1) suzuvchanlik; 2) tovushni kuchaytirish; 3) suv yuzasiga ko‘tarilish; 4) nafas chiqarish; 5) nafas olish; 6) suv tubiga tushish. A) 2,3,6 B) 1,5,4,6 C) 1,3,4 D) 2, 3, 4, 5, 6 10. Baliqlarning turkumi va vakili mos keladigan javobni aniqlang: 1. karpsimon turkumi; 2. bakra turkumi; 3. losossimon turkumi; 4. togayli baliqlar; a) beluga; b) qora baliq; d) tikonli akula; e) losos; A) 1b, 2a, 3e, 4d B) 1a, 2e, 3b, 4d C) 1a, 2b,3e,4d D) 1b, 2,d 3e, 4a 11. Baliqlarning urchish davrida hosil bo‘lgan ―sut‖suyuqligi qaysi organida to‘planadi? A) tuxumdonida B) bachadonida C) urug‘don va tuxumdonda D) urug‘donda 12. Baliqlarning urug‘donida to‘plangan ―sut suyuqligining tarkibida nima bo‘ladi? A) tuxum hujayra B) spermatozoidlar C) jinsiy gormonlar va chavoqlar D) sariqlik modda 13. Baliqlarning uzunchoq miyasida qaysi jarayonlarni markazi joylashgan? A) nafas olish, qon aylanish, hazm qilish markaslari B) ayrish, nafas olish, qon aylanish markazlari C) ayrish, hazm qilish, harakat qilish markazlari D) A,B,C 14. Baliqlarning yoshini qanday aniqlash mumkin? A) tangachagidagi halqalar soniga qarab B) tangachalar sirtilagi tеri bеzlari soniga qarab C) tanasidagi muskul tolalarining tarmoqlarishiga qarab D) umurtqa pog‘onasidagi halqalar soniga qarab 15. Baliqning ayirish sistemasi qanday tuzilgan? A) loviyasiuion buyraklar, siydik pufagi B) 2 ta tasmasimon buyrak, siydik pufagi C) jabraoldi bo‘shlig‘idagi naychalar D) 4 ta tasmasimon buyrak, siydik pufagi 16. Baliqning bosh skeletiga xos bo‘lmagan suyak? A) jabra yoriqlari B) jag‘lar C) dimog‘ D) miya qutisi 17. Baliqning suzg‘ich pufagi qaysi qon tomirlari b-n qoplangan? A) arteriya B) vena C) kapillyar D) kapillyar va arteriya 18. Baliqning yuragidan qanday qon o‘tadi? A) aralash B) arterial C) venoz D) arterial va venoz 17. Bitta orqa suzgichga ega bo‘lgan organimzlarni ko‘rsating? 1) cho‘rtan 2) oq amur 3) forel 4) bukri baliq 5) oqcha 6) keta A) 1,2,3,5 B) 2,3,4 C) 3,4,6 D) 1,2,5 18. Chuchuk suv (a) va dengizlarda (b) yashovchi formalarni juftlab ko‘rsating? 1) soxta kurakburun; 2) keta; 3) qora baliq; 4) gulmoy; 5) osminog; 6) nereida; 7) qizil chuvalchang; 8) oq planariya; 9) aktiniya; 10) foraminifera; 11) nursimonlar; 12) baqachanoq A) a-2,3,4,7,9,12; b-1,5,6,8,10,11 B) a-1,2,3,4,5,6 b-7,8,9,10,11,12 C) a-1,2,4,7,8,12; b-3,5,6,9,10,11 D) a-1,3,4,7,8,12; b-2,5,6,9,10,11 19. O‘zbekistonda iqlimlashtirilgan baliqlarning turkumlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) karpsimonlar turkumi - oq amur, gulmoy B) karpsimonlar turkumi - xumbosh, bakra C) losossimonlar turkumi - xumbosh, gulmoy D) karpsimonlar turkumi - oq amur, xumbosh 20. O‘zbekistondagi asosiy baliq ovlanadigan joylarni aniqlang. A) Amudaryo, Orol dengul, suv omborlari B) Amudaryo, Sirdaryo, Orol dengizi, yirik ko‘llar va suv omborlari C) Amudaryo va Sirdaryo havzalari, sun‘iy suv omborlari D) Amudaryo, Sirdaryo, Orol dengzi va barcha ko‘llar 21. Dengiz tulkisi (a) beluga (b) ning bosh skeleti qaysi suyaklardan tashkil topgan 1. tog‘ayli miya qutisi 2. suyakli miya qutisi 3. jag‘lar 4. jabra ravoqlari 5. jabra qopqoqlari A) a-1,3,4,5 b-1,3,4,5 B) a-1,2,4,5 b-1,2,4,5 C)a-1,3,4 b-2,3,5 D) a-1,3,4 b-2,3,4,5 22. Ikkita orqa suzgichga ega dengiz (a) va chuchuk (b) suvda tarqalgan baliqlar A)a-keta b-qora baliq B) a-qora baliq b-keta C)a-keta, gorbusha b-forel, qora baliq D) a-gorbusha b- forel 23. Karpsimonlarga oid baliqlar? A) qora baliq, mo‘ylov baliq B) moybaliq, oqcha baliq C) lakka baliq, oq amur, xumbosh D) barchasi 24. Keta va gorbusha uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating? 1) tana skleti suyakdan iborat 2) ikkita orqa suzgichga ega 3) ko‘payish davrida dengizdan daryoga o‘tadi 4) ko‘payish davrida daryodan dengizga o‘tadi A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 1,4 25. Keta va gorbusha uchun xos bo‘lmagan xususiyatlarni ko‘rsating? 1) tana skeleti suyakdan iborat 2) ikkita orqa suzgichga ega 3) ko‘payish davrida dengizdan daryoga o‘tadi 4) ko‘payish davrida daryodan dengizga o‘tadi A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 1,4 26. Mantaga xos bo‘lmagan xususiyatni toping. A) eng yirik, bahaybat skat B) suv qa‘ridagi mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi C) tropik dengizlarda yashab, 70 Vt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qila oladi D) baliqchalar bilan oziqlanadi 27. Mantaning yuragi nеcha kamеrali va nеchta qon aylanish doirasi bor? A) 3 kamеrali, 2ta B) 2 kamеrali, 1ta C) 1 kamеrali, 1ta D) 2 kamеrali, 2ta 28. Qaysi baliqlarning boshida mo‘ylovlar joylashgan? 1) zog‘ora baliq 2) treska 3) cho‘rtan 4) Amudaryo qilquyrug‘I 5) laqqa A) 1,2 B) 1,2,3 C) 3,4 D) 1,2,5 29. Qaysi baliqlarning boshida mo‘ylovlari bo‘lmaydi? 1) zog‘ora baliq 2) treska 3) cho‘rtan 4) Amudaryo qilquyrug‘I 5) laqqa A) 1,2 B) 1,2,3 C) 3,4 D) 1,2,5 30. Qaysi bo‘g‘imoyoqli hayvonlarda qon aylanish sistemasi juda soddalashgan? 1) krab 2) langust 3) iskabtopar 4) ninachi 5) qandala 6) kana 7) chayon 8) trixogramma A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 3,4,5,8 D) 1,2,6,7 31. Qaysi organizmlar uchun reaktiv harakat xos emas (a) va xos (b) ? 1) dengiz likopchasi 2) dreysena 3) bitiniya 4) osminog 5) karakatitsa 6) manta A) a-1,4,5 b-2,3,6 B) a-2,3,6 b-1,4,5 C) a-1,4,6 b-2,3,5 D) a-1,5,6 b-2,3,4 32. Qaysi organizmlarda ayirish mahsulotlari kristall holatda tashqariga chiqariladi? 1) baqa 2) dengiz tulkisi 3) lansetnik 4) zorka 5) olma mevaxo‘ri 6) xonqiz A) 1,2,3 B)2,3,4 C) 3,4,5 D) 4,5,6 33. Qaysi organizmlarda ayirish mahsulotlari kristallanmaydi? 1) baqa 2) dengiz tulkisi 3) lansetnik 4) zorka 5) olma mevaxo‘ri 6) xonqiz A) 1,2,3 B)2,3,4 C) 3,4,5 D) 4,5,6 34. Qaysi organizmlarda zararli moddalar kipriklarning harakati tufayli ayirish naychalariga o‘tadi? 1) oq planariya 2) askarida 3) qizil chuvalchang 4) nereida 5) yomg‘ir chuvalchangi 6) iskabtopar 7) trixogramma 8) lansetnik A) 6,7 B) 1,2,6,7 C) 3,4,5,8 D) 3,4,5 35. Qaysi organizmlarning bosh miyasi bo‘limlarga ajralamagan? 1) sterlyad 2) beluga 3) asalari 4) chumoli 5) falanga A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 4,5 36. Qaysi baliq Yevropa daryolaridan Atlantika okeanining Sargass dengiziga borib tuxum qo‘yadi? A) ugor B) losos C) forel D) bakra Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling