→Testlarni hammasini mukammal o'rganish darslikni mukammal takrorlab chiqish
-$. Moddalar va energiya almashinuvining ahamiyati
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5285486608152267447
30-$. Moddalar va energiya almashinuvining ahamiyati.
1.Moddalar va energiya almashinuvi bosqichlarini ketma-ket joylashtiring: a-oraliq va oxirgi mahsulotlar hosil bo'ladi, b- oxirgi mahsulotlar chiqariladi, d-hazm mahsulotlari so'riladi,e-organizm uchun zarur bo'ladigan moddalarga aylanadi, f- hazm mahsulotlari hujayralarga yetkazib beriladi, g-organizmga oziq moddalar va suv kiradi, h-yirik molekulali organik birikmalar parchalanadi. A) g,e,d,f,h,a,b B)g,h,d,f,e,a,b C) f,h,d,g,e,a,b D) a,h,d,f,e,g,b 2.Terminlarni ularga mos keladigan tushunchalar bilan birga juftlab yozing: a-metabolizm, b-assimilyatsiya, d- dissimilyatsiya, e-katabolizm, f-anabolizm; 1-energiya almashinuvi, 2-moddalar almashinuvi,3-moddalar va energiya almashinuvi jarayonlari majmuiyi, 4-assimilatsiyaga mos keladi, 5-dissimilatsiyaga mos keladi. A) a-3,b-1,d-2,e-5,f-4 B) a-4,b-2,d-1,e-5,f-3 C)a-3,b-2,d-1,e-5,f-4 D) a-1,b-2,d-3,e-5,f-4 3.Organizmda sodir bo'ladigan moddalar va energiya almashinuvini shartli ravishda necha bosqichga bo'lish mumkin? A)3 bosqichga B)4 bosqichga C)5 bosqichga D)2 bosqichga 4.Moddalar parchalanib, almashinuvi mahsulotlarini hosil bo'lishi nechanchi bosqich ekanligini aniqlang? A)4 -bosqich B)2-bosqich C)3-bosqich D)1-bosqich 5.Oziq mahsulotlari so'rilib, to'qima va hujayralarga yetkazib berilishi nechanchi bosqich ekanligini aniqlang? A)4 -bosqich B)2-bosqich C)3-bosqich D)1-bosqich 6.Fermentlar ishtirokida ichakda yuqori molekulali birikmalarni quyi molekulali moddalargacha parchalanishi nechanchi bosqichga to'g'ri keladi? A)4 -bosqich B)2-bosqich C)3-bosqich D)1-bosqich 7.Nima uchun ovqatga tuz solinadi? A)ovqat tarkibida ko'pchilik tuzlar yetarli bo'lmagani uchun B)ovqat tarkibida ko'pchilik tuzlar yetarli,faqat osh tuzi yetishmaydi C)organizmning tuzlarga bo'lgan kundalik ehtiyojini qondirish uchun D) A va C javoblar to'g'ri 8.Kalsiy tuzlari qanday ahamiyatga ega ? A)qonning ivishida ishtirok etadi B)to'qimalardagi suvni tutib turish uchun zarur C)suyak to'qimasi tarkibiga kiradi D) A va C javoblar to'g'ri 9.Qaysi energiya hisobidan ATF va boshqa katta energiyali birikmalar sintez qilinadi? A)biosintez jarayonida ajralib chiqadigan energiya hisobidan B)dissimilyatsiya jarayonida ajralib chiqadigan energiya hisobidan C)plastik almashinuv jarayonida ajralib chiqadigan energiya hisobidan D)barcha javoblar to'g'ri 10. Quyidagi jarayonlarni o'ziga mos to'g'ri javoblari bilan juftlab ko'rsatilgan qatorni aniqlang: a-moddalar almashinuvi, b-energiya almashinuvi, c-assimilatsiya, d-dissimilatsiya; 1-yirik organik molekulalarning fermentlar ta'sirida
https://t.me/Yazdanov_biologiya
32
oddiy birikmalardan murakkab birikmalar sintezlanishi, 3-hujayrada organik moddalar parchalanib, energiya hosil bo'lish jarayoni, 4-tashqi muhitdan suv va oziq moddalar organizmga o'tib, almashinuv mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarilib turishi. A)a-1, b-2, c-3,d-4 B)a-4,b-2,c-3,d-1 C)a-4,b-3, c-2, d-1 D)a-4,b-1, c-1, d-2 11.Organizmda bir vaqtning o'zida sodir bo'lib turadigan jarayonlarni tanlang? A)biosintez va dissimilatsiya B)assimilatsiya va parchalanish C)assimilatsiya va dissimilatsiya D)hammasi to'g'ri 12.Quyidagilar orasidan parchalanganda energiya chiqadiganlarni noto'g'ri ko'rsating: 1-suv, 2-oqsil,3-tuzlar,4- uglevodlar,5-yog'lar,6-kalsiy tuzlari,7-fermentlar,8-vitaminlar. A)2,4,5 B)1,3,6 C)7,8 D) B va C javoblar to'g'ri 13.Quyidagi ma'lumotlar orasida nechtasi noto'g'ri emas: 1-ovqat tarkibida ko'pchilik tuzlar yetarli,faqat osh tuzi yetishmaydi, 2-kaliy tuzlari qonning ivishida ishtirok etadi va suyak to'qimasi tarkibiga kiradi,3-mineral tuzlar organizm ichki muhiti tarkibining turg'unligini saqlaydi, 4-tana haroratining boshqarilishida suv katta ahamiyatga ega, 5-o'rta yoshli odamlar tanasining 60-80% ga yaqini suvdan iborat, 6-dissimilatsiya jarayonida ajralib chiqadigan energiya hisobidan ATF va boshqa katta energiyali birikmalar sintez bo'ladi, 7-chaqaloqlar tanasida suvning % i 80 % ga yaqin. A) 5 tasi B)6 tasi C)7 tasi D) 2 tasi 14.ATF energiyasi organizmdagi qaysi jarayonlarga sarflanadi: 1-muskullarning qisqarishi, 2-nerv impulaslarining o'tkazilishi, 3-tana haroratining doimiy saqlanishi,4-organik moddalarning sintezlanishi va so'rilishi, 5-sekret ishlab chiqarish,hujayra membranasida ionlar potensialini saqlab turish A)1,2,3 B)3,4,5 C)1,2,3,4,5 D)t.j.yo'q 15.Tiriklikning eng muhim xossasini aniqlang? A)assimilatsiya B)metabolizm C)anabolizm D)katabolizm
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling