→Testlarni hammasini mukammal o'rganish darslikni mukammal takrorlab chiqish


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#260185
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
2 5285486608152267447

 

15-$. Qonning kimyoviy tarkibi. 

1.Qon tarkibi va ularga mos keladigan tushunchalarni juftlab ko'rsating: a-qon,b-oraliq moddasi, d-shaklli elementlari, e-

qon  hujayralari, f-qizil ilik; 1-qon plazmasidan iborat, 2-suyaklarning g'ovak  moddasida bo'ladi, 3-qizil ilik  hujayralari 

hosil qilaydi, 4-suyuq biriktiruvchi to'qimadan iborat,5-qon hujayralaridan iborat. 

A)a-2,b-1,d-5,e-3,f-4   B)a-4,b-1,d-5,e-3,f-2   C) a-1,b-4,d-5,e-3,f-2    D)a-4,b-1,d-3,e-5,f-2 

2.Qon plazmasi tarkibidagi moddalar  va ularning xususiyatlarini juftlab yozing: a-suv, b-shaklli elementlar, d-minerall va 

organik  moddalar, e-oqsillar; 1-10% ni tashkil etadi, 2- 7%ni tashkil etadi, 3-eritrotsitlar,leykotsitlar,trombotsitlar,4- 90% 

ni tashkil etadi. 

A)a-1,b-3,d-4,e-2              B)a-2,b-3,d-1,e-4            C) a-4,b-3,d-1,e-2         D) a-4,b-3,d-2,e-1 

3.Qon ivishi jarayonlarini tartib bilan ko'rsating: a-tromboplastin qon plazmasidagi protrombinni trombinga aylantiradi,b-

qon oqishi toxtaydi, d-qon tomirlari jarohatlanganda   trombotsitlar yoriladi, e-fibrin tolalari jarohatlangan joyini qoplab 

oladi, f-tromboplastin qon plazmasiga chiqdi, g-trombin qondagi fibrinogen oqsilini fibringa aylantiradi. 

A)d,f,a,g,e,b    B) d,e,a,g,f,b    C) g,f,a,d,e,b    D) d,f,b,g,e,a 

4.Quyidagilar orasidan bir xil bo'lmaydigan(lar)ni aniqlang? 

A)eritrotsitlar    B)leykotsitlar     C)trombotsitlar    D) A va C javoblar 

5. Katta yoshdagi odamlarda qaysi modda massasi  1500 grammga yetadi? 

A)jigar   B)g'ovak moddasi     C)sariq ilik    D)tig'iz moddasi 

6.Qon hujayralarining hosil bo'lishi va yemirilishida ishtirok etuvchi organlarga qaysilar kirishini to'g'ri belgilang? 

A)chuvalchangsimon o'simta,taloq,qizil suyak iligi,limfa sistemasi,qalqonsimon bez,yumshoq tanglay 

B) chuvalchangsimon o'simta,taloq,sariq suyak iligi,limfa sistemasi,ayrisimon bez,yumshoq tanglay 

C) chuvalchangsimon o'simta,taloq,qizil suyak iligi,limfa sistemasi,ayrisimon bez,yumshoq tanglay 

D)chuvalchangsimon o'simta,taloq,qizil suyak iligi,limfa sistemasi,ayrisimon bez,qattiq tanglay 

7.Fibrin(a),girudin(b) va geparin(s) degan tushunchalarni ma'nosi bilan to'g'ri juftlab ko'rsating: 1-qon ivimasligi; 2-

zuluklar so'lak bezi ishlab chiqaradigan modda,3-jigar ishlab chiqaradigan modda,qonning tomirlarda ivishiga to'sqinlik 

qiladi,4-fibrinogenga trombin ta'sir etishidan hosil bo'lgan erimaydigan  modda. 

A)a-1,b-2,4, s-3   B)a-4,b-2,s-3   C) a-1,b-4, s-3   D) a-3,b-2,4, s-1    

8.Fibrin tolalari qon tomirining jarohatlangan joyini nimaga o'xshab qoplab oladi? 

A)doiraga o'xshab   B)daraxt shoxiga o'xshab   C)to'rga o'xshab   D)t.j.yo'q 

9.Quyidagi ta'rif qaysi shaklli elementga tegishli: dumaloq oval shaklda,diametri 3-4 mkm ga teng? 

A)eritrotsitlar   B)trombotsitlar   C)leykotsitlar      D)fagotsitlar 

10.Quyidagi javoblardan qaysi birida qonning ivishida sodir bo'ladigan jarayonlar ketma-ketligi to'g'ri ifodalangan? 

A) tromboplastin-->fibrinogen oqsili-->trombin-->protrombin-->fibrin-->tromb 

B) tromboplastin-->trombin-->protrombin-->fibrinogen oqsili-->tromb-->fibrin 

C) trombin-->protrombin-->tromboplastin-->fibrinogen oqsili-->fibrin-->tromb 

D) tromboplastin-->protrombin-->trombin-->fibrinogen oqsili-->fibrin-->tromb 

11. Girudin nima? 

A)zuluklarning oshqozonosti bezi ishlab chiqaradigan modda  B) C va D javoblar to'g'ri 

 C)zuluklarning so'lak bezi ishlab chiqaradigan modda  D)geparinga o'xshab ta'sir qiluvchi modda 

12.Quyidagi javoblardan noto'g'ri bo'lmagan javobni aniqlang? 

A)plazmaning tarkibi doimiy bo'lmaydi B)anorganik moddaning asosiy qismi 7% oqsildan iborat 

C)katta yoshdagi odamlarda qizil ilik 1500 g ga yetadi D)qon hujayralari sariq ilikda  hosil bo'ladi 

13.Qon ivimasligi bu-_____________? 

A)anemiya   B)gemofiliya   C)kandidoz     D)insult 

14.Yadroga ega qon hujayrasining vazifasini to'g'ri belgilang? 

A)immunitet   B)qon ivitish    C)kislorod va oziq modda tashish   D)barcha javob noto'g'ri 

15.70 kg dagi odamda qonning  massasi qancha ? 

A)4.9 kg   B)3.9 kg   C)4 kg    D)4.7 kg 


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling