Testlashtirish
Download 37.53 Kb.
|
F.Galton A .Binening testlashtirisg, vujudga kelishidagi xizmatlar.
Faoliyat mahsulini o’rganish– metodi, psixologiya tarixida, antropopsixologiya, ijodiy psixologiyada keng tarqalgan.
Ijodiylik psixologiyasida u asosiy hisoblanadi toki, ijodiy mahsulotni antiqaligi ham shundadir. Faoliyat mahsulining analizi klinik psixologlar uchun muhim materialni taqdim etadi; alohida kasallarda (Shizofreniya, Manianal – depressiv psixoz va b.) samaradorlik xarakteri tez o’zgaradi (matnlarda, rasmlarda va h.k). Neyropsixologik analizning bemor faoliyat mahsuldorligini namunasi A.R.Luriyaning «Yo’qolgan va qaytarilgan» ishlarida bayon qilingan. Barcha taxminlar kundalik qaydlarni tahlil qilish, miyaning chap yarim sharlari 1G’3 qismi og`ir asoratlarni kechirgan holda o’rganiladi. Proektiv metod oraliqdagi o’z darajasiga ko’ra psixologik o’lcham va faoliyat mahsuldorligining analizi metodi bo’lib hisoblanadi. Proektiv metodning istalgan muolajasini qo’llash, istalgan psixologik testni qo’llashga o’xshashdir, sinaluvchidan alohida vazifalarni bajarish so’raladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya tuzish, gapni to’ldirish. Eksperimentator uning harakatlarini boshqaradi, suhbatni olib boradi, vazifalarni alohida ketma-ketlikda ko’rsatadi, ammo an`anaviy test o’tkazishda muolaja tahlili va ishlanayotgan faoliyat mahsulotlari tahliliga ko’proq urg`u beradi. L.Frenka klassifikatsiyasiga binoan proektiv metodikalar unchalik ko’p emas; «Uyning rasmi» testi, «Odam qomati», Gudinaf va Maxover testi, «Daraxt rasmi» testi. Ammo u yoki bu chegarada faoliyat mahsuli tahlili kuzatiladi va tahlil jarayonida, boshqa test natijalarida ham kuzatib boriladi. Ular qatoriga TAT, Rozentsvey testi, Rorshaxning «Siyoh dog`lari» testi, yozuv analizi kiradi. Barcha proektiv testlarga quyidagilar xos: - Materialning yoki vazifaning nisbatan noaniqligi. - «Ochiqlik» - barcha javoblar – sinaluvchi barcha reaktsiyalari qabul qilinadi. - Mulozamatlilik muhiti va eksperimentator tomonidan chetdan baholashning ishtirok etmasligi. -Psixik funktsiyaning o’lchanishi emas, ijtimoiy muhitga munosabatni, shaxsning xususiyati o’lchanishidir. .Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari. Standartlashtirish (standart- inglizcha so’zdan olingan “me`yorda” degan ma`noni bildiradi) – test baholarini va muolajalarini yagona normativlarga keltirishdir. Metodika standartlashtirilganda turli sinaluvchilarda olingan natijalarni solishtirish imkoniyati vujudga keladi. Psixologik diagnostikada ikki xil standartlashtirish farqlanadi. Birinchi holda standartlashtirish deganda qo’llanmani, tadqiqot varaqalarini unifikatsiyalash(bir xil qilish) o’tkazish jarayonini, natijalarni qayd qilish usullarini, tadqiqot o’tkazish sharoitlarini, sinaluvchilar sonini aniq belgilash nazarda tutiladi. Tadqiqot o’tkazishda ketma-ketlikka rioya qilish tadqiqot natijalarini baholash uchun test normalarini aniqlash va testning ishonchliligini ta`minlashda asosiy sharoit hisoblanadi. Ikkinchi holda standartlashtirish deganda normal (yoki sun`iy normallashtirilgan) baholash shkalalarini sinaluvchilar to’plamida nisbiy taqsimlanish joyiga emas, balki o’rganilayotgan ko’rsatkichning miqdoriy empirik natijalariga asoslanilgan yangi shkalalarga o’zgartirish nazarda tutiladi. Psixometrikada dastlabki baholarni o’zgartirishda o’rta kvadrat tarqoqlik yordamida normallashtirish yoki markazlashtirish keng tarqalgan. Download 37.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling