Тестовые задания по дисциплине «введение в языкознание»


Download 115.79 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2020
Hajmi115.79 Kb.
#120044
1   2   3   4
Bog'liq
илмий иш асослари охирги

№66 Боб- 2 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi termin va atamalar qaysi uslubning muhim belgisi?

ilmiy

publitsistik

rasmiy

badiiy

№67 Боб- 1 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Yunoncha so’z bo’lib, “ilmiy idrok, talqin mushohada” ma’nolarini anglatadigan so’z nima?

interpretatsiya

monografiya

dessertatsiya

annotatsiya

№68 Боб- 1 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy ishlar o’rganiladigan obyekti nuqtai nazaridan va til materiallarining qo’llanilishi jihatidan qanday turlarga bo’linadi?

ilmiy tadqiqiy, ilmiy uslubiy, ilmiy ommabop

ilmiy tadqiqiy, ilmiy ommabop, ijtimoiy-maishiy

ilmiy uslubiy, ilmiy publitsistik, madaniy va ma’rifiy

madaniy va ma’rifiy, ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy iqtisodiy

№69 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Maqola haqidagi noto’g’ri fikrni aniqlang.

eng kichik ilmiy janr bo’lib, 3,4 sahifadan iborat bo’ladi

20, 30, 40 bet, bazida undan ko’p sahifadan iborat bo’lishi mumkin

maqolaning ilmiy tadqiqiy, ommabop, uslubiy turlari mavjud

maqolaning annotatsiyasi va tezisi bo’ladi

№70 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Monografiya . . .

eng yirik ilmiy tadqiqiy nashr

o’qituvchi uchun mo’ljallangan nashr

ilmiy, ijtimoiy, amaliy sohalardagi qisqa ma’lumotlardan tashkil topgan nashr

tajriba- sinov natijasida yoziladigan asar turi

№71 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Qaysi ilmiy atama “ko’rib chiqish, xabar berish, baho berish, tavsif” degan tushunchalarni anglatadi?

taqriz

tezis

annotatsiya

dissertatsiya

№72 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-3



Ansipatsiya nima?

matnning davomini oldindan ko’ra bilish mahorati

manbani undan olingan iqtiboslarning kengaytirilgan qatorini izchil bayon etish yo’li

matn va rejaning o’ziga xos uyg’unligi

manbaning mazmunini to’liq aks ettirib, qayd etishning barcha uslublari bilan yaratilishi

№73 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Maqolaning muallif tomonidan tayyorlangan qisqacha bayonini ko’rsating

tezis

taqriz

epigraf

avtoreferat

№74 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Kitob, maqola, qo’lyozma mundarijasini, g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini va boshqa jihatlarini ochib beradigan ilmiy ish turi nima deyiladi?

annotatsiya

taqriz

monografiya

avtoreferat

№75 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-3



Ilmshunoslik nima?

ilmiy bilimning tuzilmasi va faoliyat yuritish qonunlari hamda ilmiy jarayonni tashkil qilishning eng samarali uslublari haqidagi bilim

ilmning kelib chiqishini dalillab isbotlash imkoniyatini beruvchi nazariya

ilmiy bilimning rivojlanish va uni o’rganish uslublari qonunlari haqidagi ta’limot

ilmiy idrokda qo’llaniladigan uslublar hamda ularni mantiq bilan aloqasini o’rganuvchi fan

№76 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy muammo bu . . . ?

obyektga mos bo’lmagan uslubni qo’llash oqibatida paydo bo’ladigan ta’rifdagi qiyinchilik

idrok etish jarayonidagi xato natijasi

ilmiy izlanish jarayonida paydo bo’lgan kutilmagan to’siq

talqin va ta’rif uchun muvofiq nazariyani talab qilgan ziddiyatli talqin yoki zaruriy, yetarli va ishonchli tushuntirishlarning yo’qligida namoyon bo’ladigan tadqiq etish obyekti haqidagi tasavvurga xos ziddiyatlar va bir-birini istisno etuvchi belgilar

№77 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy uslub nima?

mazkur fanda hukmronlik qiladigan tadqiqotlar yo’nalishi

tadqiqot obyektining yoyiq tavsifi

yangi bilimni olishning uslubi va qo’llanmalarining tizimi

nazarda tutilgan tadqiqotning batafsil rejasi

№78 Боб- 2 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy tadqiqot ishining kirish qismida nima sababdan adabiyotlar sharhi beriladi?

ma’lum ilmiy an’ana bilan mazkur ishning aloqasini ko’rsatish uchun

muallifning nazariy jihatdan tayyor ekanligini ko’rsatish uchun

mavjud bo’lgan muammoda ishni muvofiqlashtirish hamda mazkur ishning maqsad va vazifalarini shakllantirish uchun bazaga ega bo’lish uchun

kitobxonga tadqiqot xarakteri haqida kengroq ma’lumotlar berish uchun

№79 Боб- 3 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Metod tushunchasiga berilgan to’g’ri ta’rif qaysi qatorda ko’rsatilgan?

yunoncha so’z bo’lib, tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli

yunoncha so’z bo’lib, biror ishni bajarish, amalga oshirish yoki metodlarning yig’indisi

yunoncha so’z bo’lib, tadqiqot obyekti yuzasidan umumiy-nazariy, amaliy, mantiqiy yoki tavsifiy bilimlar hosil qilish haqidagi ta’limot

yunoncha so’z bo’lib, ta’lim jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan yoki ta’limot

№80 Боб- 3 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Metodologiya tushunchasiga berilgan to’g’ri ta’rifni ko’rsating

yunoncha so’z bo’lib, tadqiqot obyekti yuzasidan umumiy-nazariy, amaliy, mantiqiy yoki tavsifiy bilimlar hosil qilish haqidagi ta’limotdir

yunoncha so’z bo’lib, tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli

yunoncha so’z bo’lib, ta’lim jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan yoki ta’limot

yunoncha so’z bo’lib, biror ishni bajarish, amalga oshirish yoki metodlarning yig’indisi

№81 Боб- 3 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Metodika tushunchasiga berilgan to’g’ri ta’rifni ko’rsating

yunoncha so’z bo’lib, o’qitish usullari haqidagi ta’limot

yunoncha so’z bo’lib, tadqiqot obyekti yuzasidan umumiy-nazariy, amaliy, mantiqiy yoki tavsifiy bilimlar hosil qilish haqidagi ta’limotdir

yunoncha so’z bo’lib, tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli

yunoncha so’z bo’lib, ta’lim jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan yoki ta’limot

№82 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy tadqiqot ishlarida til materiallari deyilganda nima tushuniladi?

fonetik, leksik va grammatik ma’lumotlar

o’qish, tushunish, gapirish va yozish ko’nikmalari

bilim, ko’nikma, malakalar yig’indisi

ilmiy va ilmiy ommabop uslub shakli

№83 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy tadqiqot jarayonida nutqiy ko’nikmalar, ya’ni nutq faoliyatining asosiy turlari deganda nimalar tushuniladi?

o’qish, tushunish, gapirish va yozish ko’nikmalari

bilim, ko’nikma, malakalar yig’indisi

fonetik, leksik va grammatik ma’lumotlar

ilmiy va ilmiy ommabop uslub shakli

№84 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Yozma va og’zaki nutq jarayonida bir-biriga bog’liq bo’lgan va o’zaro biri-ikkinchisiga ta’sir qilib turadigan nutqiy faoliyat turlari nimalardan iborat bo’ladi?

bilim, ko’nikma, malakalar yig’indisidan

o’qish, tushunish, gapirish va yozish ko’nikmalaridan

ilmiy va ilmiy ommabop uslub shaklidan

fonetik, leksik va grammatik ma’lumotlardan

№85 Боб- 1 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy tavsif nima?

ilmiy izohlash

ilmiy asoslash

ilmiy izlanish yo’nalishi

ilmiy yangilikni fanga yoki jamiyatga joriy qilish

№86 Боб- 2 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-2



Ishning tadbiqi deyilganda nima tushuniladi?

ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilish

ilmiy asoslash

ilmiy izlanish yo’nalishi

ilmiy izohlash

№87 Боб- 2 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy tadqiq qilish deganda nima tushuniladi?

tadqiqotni ilmiy-nazariy asoslanishi

ilmiy izlanish yo’nalishi

ilmiy yangilikni fanga yoki jamiyatga joriy qilish

ilmiy izchillikning berilishi

№88 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy tadqiqot ishi nima?

ilmiy izlanish yo’nalishi

ilmiy izohlash masalasi

ilmiy yangilikni fanga yoki jamiyatga joriy qilish masalasi

ilmiy asoslash masalasi

№89 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Kompetentsiyaning asosiy turlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan

tayanch va xususiy kompetentsiya

lingvistik va nutqiy kompetentsiya

progmatik va sotsiokulturalogik kompetentsiya

umumiy va xususiy kompetentsiya

№90 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Tayanch kompetentsiyaning qanday ko’rinishlari mavjud?

kommunikativ kompetentsiya, axborot bilan ishlash kompetentsiyasi, umummadaniy kompetentsiyasi

ta’limiy kompetentsiya, ilmiy yondashuv kompetentsiyasi

nutqiy va lingvistik kompetentsiya

umumiy va xususiy kompetentsiyalar

№91 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Xususiy kompetentsiyaning turlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan

nutqiy, lingvistik, sotsiokulturalogik, pragmatik kompetentsiyalar

kommunikativ va axborot bilan ishlash kompetentsiyasi

umummadaniy, umumiy, ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi

matematik savodxonlik hamda fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish, foydalanish kompetentsiyasi

№92 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



“Kompetentsiya”, “Kompetentlilik” atamasi tilshunoslikda ilk bor nechanchi asrda va kim tomonidan qo’llanilgan?

XX asr o’rtalarida N. Xomskiy tomonidan

XX asr boshlarida L.Vigotskiy tomonidan

XX asr oxirida I.Zimnaya tomonidan

XX asrning 50 yillarida G.Selevko tomonidan

№93 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Kompetentsiya tushunchasiga berilgan eng to’g’ri lug’aviy ta’rif qaysi qatorda berilgan?

lotincha so’z bo’lib, layoqatli, munosib bo’lmoq ma’nosini anglatadi

yunoncha so’z bo’lib, insonning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirisha olish ma’nosini anglatadi

grekcha so’z bo’lib, duch keladigan muammolarni yechimini hal eta olish degan fikrni bildiradi

yunoncha so’z bo’lib, o’z sohasi, ya’ni kasbini ushlash degan ma’no ifodalaydi

№94 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Talabalarning ilmiy tadqiqot ishining asosiy maqsadi qaysi qatorda ko’rsatilgan?

talabani ilmiy tadqiqot ishining barcha bosqichlari bilan amaliy tanishtirib, faoliyati yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat

talabalarni ilmiy tadqiqotning asosi va unsurlari bilan tanishtirish

fundamental fanlarni chuqur o’rganish bo’yicha mustaqil ish ko’nikmalarini shakllantirish

tanlangan mutaxassislikka hurmat hissini tarbiyalash nazarda tutiladi

№95 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Talabalarning ilmiy tadqiqot ishining asosiy maqsadi qaysi qatorda ko’rsatilgan?

talabani ilmiy tadqiqot ishining barcha bosqichlari bilan amaliy tanishtirib, faoliyati yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat

talabalarni ilmiy tadqiqotning asosi va unsurlari bilan tanishtirish

fundamental fanlarni chuqur o’rganish bo’yicha mustaqil ish ko’nikmalarini shakllantirish

tanlangan mutaxassislikka hurmat hissini tarbiyalash nazarda tutiladi

№96 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



“Ustoz-shogird” ilmiy maktabining maqsadi nimaga qaratilgan bo’ladi?

talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilishni kengaytirish hamda ishtirokini va natijaviyligini oshirish, shuningdek, ilmiy va pedagogik faoliyatga bo’lgan intilishi va qobiliyatlarini namoyon etgan iste’dodli yoshlarni tanlash va ularni kelajakda ilmiy pedagogik va ilmiy xodim sifatida shakllantirish va rivojlantirish vazifalarini bajarishga imkon yaratadi

fundamental fanlarni chuqur o’rganish bo’yicha mustaqil ish ko’nikmalarini amaliy jihatdan o’rgatadi

tanlangan mutaxassislikka hurmat hissini tarbiyalash masalasi bilan bog’liq ilmiy faoliyatini olib boradi

talabalarni ilmiy tadqiqotning asosi va unsurlari bilan tanishtirishni asosiy maqsad qilib oladi

№97 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Oliy ta’lim muassasalarida talabalar ilmiy-tadqiqiy faoliyatini tashkil etishdan asosiy maqsad nimadan iborat bo’ladi?

talabalarning ilmiy-tadqiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish hamda iqtidorli talabalarni katta ilmiy-izlanuvchi, mustaqil tadqiqot izlanuvchanlika tayorlab borishdan iboratdir

talabalarning ilmiy savodxonligini oshirishga qaratilgan bo’ladi

talabalarning ham og’zaki, ham yozma nutqini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi

b va c javoblar to’g’ri

№98 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Talabalarning ilmiy-tadqiqiy ishini tashkil qilishning yo’nalishlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

ilmiy-tadqiqot va ta’lim yo’nalishi, amaliy-tarjima yo’nalishi, ijod yo’nalishi, bilimdonlik yo’nalishi

ilmiy-tadqiqot ishi, ilmiy-uslubiy ishlar, ilmiy-ommabop ishlar

kitobxonlik yo’nalishi, savodxonlik yo’nalishi, mashg’ulot yo’nalishi

a va b javoblar to’g’ri

№99 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Talabalarning ilmiy-tadqiqiy ishini tashkil qilishning amaliy tarjima yo’nalishida qanday ishlar amalga oshiriladi?

bunda talabalarni xalqaro konferensiyalar, simpoziumlarda sinxron tarjima qilish hamda badiiy asarlarni xorijiy tillarga tarjima qilish yo’nalishida o’z iqtidorini namoyon qilishga jalb etish ishlari amalga oshiriladi

bunda salohiyatli o’qituvchilar rahbarligida iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalar yozishga jalb qilish orqali katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchanlikka tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi

bunda talabalarni fan olimpiadalari, turli tanlovlarda o’z iqtidorini namoyon qilishga jalb etish ishlari amalga oshiriladi

bunda ijodkor talabalarni aniqlash, ularga ijod namunalarini matbuot sahifalarida va to’plamlarda chop ettirishga ko’mak berish ishlari amalga oshiriladi

№100 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Tadqiqotning tajriba-sinov ishlari qaysi metod asosida amalga oshiriladi?

eksperiment tadqiqot metodida

lingvistik tadqiqot metodida

tipologik tadqiqot metodida

diaxron va sinxron tadqiqot metodida

№101 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Tadqiqotning tajriba-sinov ishlari necha ko’rinishda amalga oshiriladi?

3 xil ko’rinishda

2 xil ko’rinishda

5 xil ko’rinishda

4 xil ko’rinishda

№102 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Tadqiqotning asoslovchi tajriba-sinov ishlarida nimalar aniqlanadi?

bunda talabalardagi ijtimoiy-madaniy kompetentlilik boshlang’ich darajasi o’rganiladi

bunda oliy ta’lim muassasalarida pedagogik ta’lim yo’nalishida talabalarning ingliz tilidan ijtimoiy-nazariy kompetentsiyalarni rivojlantirishga oid tushunchalari sinab ko’riladi

bunda o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari (natijalari) oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirishga oid o’zgarishlarni umumlashtirish va tahlil qilish nazarda tutiladi

barcha javoblar to’g’ri

№103 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Tadqiqotning tasdiqlovchi tajriba-sinov ishlari metodikasi nimaga asoslanadi?

tajriba sinov ishlarining natijalariga, ya’ni ularning umumiy tahliliga

savol-javob va mashg’ulot ko’rinishida

anketa so’rovnoma o’tkazish, testdan o’tkazish

a va c javoblar to’g’ri

№104 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Tadqiqotning asoslovchi tajriba-sinov ishining metodikasi nimaga asoslanadi?

anketa so’rovnoma o’tkazish, testdan o’tkazish

tajriba sinov ishlarining natijalariga, ya’ni ularning umumiy tahliliga

savol-javob va mashg’ulot ko’rinishida

a, b, c javoblar to’g’ri

№105 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy bahs va munozara qanday ko’rinishda amalga oshiriladi?

ilmiy etikaga amal qilingan holda

diplomatik tarzda

ilmiy faktlarga asoslangan holda

ilmiy uslub doirasida

№106 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



O’zbekistonda dissertatsiya himoyasi necha bosqichda amalga oshiriladi?

3 bosqichda: magistrlik, nomzodlik va doktorlik

2 bosqichda: nomzodlik va doktorlik

4 bosqichda: bakolavr, magistrlik, nomzodlik va doktorlik

3 bosqichda: bakolavrlik, magistrlik, doktorantlik

№107 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy tadqiqot ishining eng zarur va muhim belgilaridan biri …

ilmiy uslub;

rasmiy uslub;

publitsistik uslub;

badiiy uslub.

№108 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy uslub qaysi xususiyatlari bilan boshqa uslublardan ajralib turadi?

B va C javoblar to’g’ri.

fanning turli sohalariga aloqador so’z va terminlarni (atamalarni) ko’proq tasarruf qilish bilan;

bayonning ko’proq mantiqiy dalillarga suyanishi bilan;

badiiy tasvir vositalarining qo’llanilishi, so’zlarning ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan;

№109 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Qaysi fikr to’g’ri?

A, B, C javoblar to’g’ri.

Ilmiy uslubda to’liqsiz gaplar, bir tarkibli gaplar, so’z-gaplar deyarli uchramaydi;

Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy-ommabop ko’rinishlari bor;

Ilmiy uslubda tabiat va jamiyat hodisalari aniq, qandaydir qoidalar, formulalar, asosida ifodalanadi;

№110 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy uslub …

A, B, C javoblar to’g’ri.

ilmiy terminologiya bilan bog’liq;

tili faqat terminlardangina tashkil topmay, unda abstrakt leksika va ko’p ma’nolilik xususiyatiga ega bo’lgan umumxalq so’zlari ham shartli ravishda qo’llaniladi;

tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi;

№111 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy uslubda …

A, B, C javoblar to’g’ri.

grammatik qurilish mantiqiy bog’liqlikni, izchillikni, sintaktik aniqlikni talab qiladi;

ellipsis (nazarda tutilgan birorta so’zning tushib qolishi) hodisasidan qochiladi;

fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi;

№112 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ekspressivlik...

A, C javoblar to’g’ri.

ilmiy asarlarda mavjud bo’ladi;

ilmiy uslub tilida juda kam ishlatiladi;

ilmiylikdan yiroq;

№113 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy uslubning...

og’zaki va yozma shakllari mavjud;

faqat og’zaki shakli mavjud;

faqat yozma shakli mavjud;

shakllari yo’q.

№114 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy og’zaki uslub tili...

so’zlashuv tiliga juda yaqin bo’lsa-da, biroq unda qo’llanilayotgan so’z-terminlar, aniqlik, ta’rif va izchilliklar ilmiy uslub ekanligini isbotlab turadi;

turli xil ilmiy doiradagi o’quv qo’llanmalar tilidir;

turli xil ilmiy doiradagi o’quv darsliklari tilidir;

B, C javoblar to’g’ri.

№115 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Termin...

ilm-fanga tegishli bo’lgan tushunchalarning nomi;

mavjud narsalarga qo’yilgan nom;

mavjud narsalarga qo’yilgan nom va ilm-fanga tegishli bo’lgan tushunchalarning nomi;

to’g’ri javob berilmagan.

№116 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Qaysi javobda terminlar to’g’ri berilgan?

fonetika, ega, kesim, kislorod, vodorod;

B. ildiz, kvadrat, moslashuv, kelmoq, aylana;

quyosh, qit’a, kitob, morfologiya, inversiya;

inson, osmon, daftar, olma, olim.

№117 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Qaysi ma’lumot to’g’ri?

A, B, C javoblar to’g’ri.

Ilmiy uslubga doir har qanday ish yoki asar yozilmasin, unda muhim mavzuning o’ziga xos jihatlari ochib berilishi shart.

Ilmiy uslub biror narsa, voqea-hodisa haqida aniq asoslangan, izchil ma’lumot berishga qaratilgan bo’ladi, shunga ko’ra uni ta’riflab berish, tahlil qilish sabablarini aniqlab isbotlash va natijalarini bayon qilish asosiy o’rin tutadi.

Ilmiy uslub tili yoki uning yo’nalishini ilmiy tadqiqot ishlarida, ma’ruzada, sharh, annotatsiya kabilarda kuzatish mumkin.

№118 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy uslubning jabhalari...

A, B, C javoblar to’g’ri.

ilmiy-hujjat, ilmiy ommabop;

o’quv-ilmiy, publitsistik;

ilmiy-texnikaviy;

№119 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy uslub...

A, B, C javoblar to’g’ri

fanning u yoki bu sohasiga oid tushunchalarni ifodalovchi termin va atamalarga boyligi eng asosiy xususiyatlaridan biridir;

nutqning ixcham bo’lishiga intilish kuchli, lekin sintaktik qurilma ko’pincha murakkab bo’ladi;

ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan vazifaviy uslubdir;

№120 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ma’lumki, temirchi temir chambarakni g’ildirak to’g’iniga kiygizishdan oldin qizdiradi. Chambarak soviganida qisqarib, to’g’inni mahkam siqib turadi...

ilmiy-ommabop;

ilmiy;

Ushbu parcha qanday matnga xos?

ilmiy-uslubiy;

№121 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy asarning tuzilmaviy xususiyatlarini ... belgilab beradi. Ko’p nuqta o’rniga qo’yiladigan ma’lumotlar qaysi javobda to’g’ri berilgan?

matnning tuzilmaviy unsurlari, kompozitsiya va rubrikatsiyasini;

tadqiqotning dolzarbligi, yangiligi, obyekti, predmeti va uslubini;

tadqiqot jarayonini tasvirlashni;

tadqiqotning dolzarbligi

№122 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy tadqiqot jarayonining sxemasi qaysi javobda to’g’ri va to’liq berilgan?

tadqiqotning dolzarbligi, yangiligi, obyekti, predmeti va uslubini asoslab berish; tadqiqot jarayonini tasvirlash; ish natijalarini taqdim etish va muhokama qilish; xulosalarni chiqarish;

tadqiqotning yangiligi, obyekti, predmeti va uslubini asoslab berish; matnning tuzilmaviy unsurlari, kompozitsiya va rubrikatsiyasini aniqlash, tadqiqot jarayonini tasvirlash;

tadqiqot jarayonini tasvirlash; ish natijalarini taqdim etish va muhokama qilish; xulosalarni chiqarish;

A, B javoblar to’g’ri.

№123 Боб- 1 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy matnda bayon etish uslubi...

A, B javoblar to’g’ri.

formal–mantiqiy, jamoaviy bo’lib, asosan mulohazalardan iboratdir;

hissiy ekspressiv vositalar bosh rolni o’ynaydi, ular asosiy vazifani bajaradi;

emotsional hissiy idrokka emas, mantiqiy idrokka qaratiladi;

№124 Боб- 1 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy matnda ... ishlatiladi. Ko’p nuqta o’rniga qo’yiladigan ma’lumotlar qaysi javobda to’g’ri berilgan?

A, B javoblar to’g’ri;

yordamchi so’zlar va gap, uning qismlari o’rtasidagi mantiqiy aloqalarni ta’minlab beruvchi so’zlar;

umumiste’moldagi leksika, atamalar, mavhum ma’noga ega so’zlar;

to’g’ri javob yo’q.

№125 Боб- 1 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy matnda...

sinonimlarning keskin qisqarishi kuzatiladi;

omonimlarning keskin qisqarishi kuzatiladi;

antonimlarning keskin qisqarishi kuzatiladi;

paronimlarning keskin qisqarishi kuzatiladi.

№126 Боб- 1 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy matnda nimalarni farqlash lozim?

A, B, C javoblar to’g’ri

umumilmiy leksikani;

ilmiy fikrni shakllantiruvchi so’zlarni;

atama leksikasini (umumilmiy va maxsus);

№127 Боб- 2 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



O`qish nutq faoliyatining murakkab turi bo`lib, uning 2 jihati bor: ...

texnik o`qish va ijodiy o`qish.

muhim bo`lgan savollarga javob axtarib o’qish, topilgan javoblarni qog’ozga tushirib o’qish;

ko`rib o`qish, tanishib o’qish;

o`qib chiqilgan materiallarni tahlil qilib o’qish, tushunarsiz atama va tushunchalar mohiyatini aniqlab o’qish;

№128 Боб- 2 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy o’qishning turlari ...

tanishib o’qish, ko’rib o’qish, o’rganib o’qish;

ifodali o`qish, tez o`qish, ko`z yugurtirib o`qish;

tanishish uchun o`qish, o`rganib chiqish uchun o`qish;

tanishib o’qish, tez o’qish, ifodali o’qish.

№129 Боб- 2 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Texnik o’qish turlari...

ifodali o`qish, tez o`qish, ko`z yugurtirib o`qish, tanishish uchun o`qish, o`rganib chiqish uchun o`qish;

ijodiy o`qish, tez o`qish, ko`z yugurtirib o`qish, tanishish uchun o`qish, o`rganib chiqish uchun o`qish;

o`qib chiqilgan materiallarni tahlil qilib o’qish, tushunarsiz atama va tushunchalar mohiyatini aniqlab o’qish;

zarur mahlumotni topish va tanlab olib o’qish.

№130 Боб- 2 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy adabiyotlarni o`qish jarayonida rioya qilish kerak bo’lgan holatlar…

A, B, C javoblar to’g’ri.

tushunarsiz atama va tushunchalar mohiyatini aniqlash;

muhim bo`lgan savollarga javob axtarish;

o`qib chiqilgan materiallarni tahlil qilish;

№131 Боб- 2 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-2



Kitob, ilmiy jurnal, maqolalar to`plami, tezislar to`plami bilan ishlash tartibining bosqichi…

tezlikda ko’zdan kechirish, mundarijani o’qish;

o`qib chiqilgan materiallarni tahlil qilish;

tushunarsiz atama va tushunchalar mohiyatini aniqlash;

muhim bo`lgan savollarga javob axtarish.

№132 Боб- 2 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-2



Mutolaa qilingan materialdan kerakli ma’lumotni topish va ajratish qanday amalga oshiriladi?

A, B, C javoblar to’g’ri.

qalam bilan belgi qo’yish orqali;

alohida belgi tizimini qo’llash orqali;

belgilar qo’yish bilan;

№133 Боб- 3 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-3



Kartotekani tashkil qiluvchi til dalillari ...

A, B, C javoblar to’g’ri.

turli tovush izchilligi, gaplar, matn qismlari;

barqaror iboralar, so`z qatorlari va guruhlari;

alohida so`z, LSV, so`z shakllari, so`z birikmalari;

№134 Боб- 3 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-3



Ma’lumotlar banki manbalari ...

A, B, C javoblar to’g’ri.

katalog, elektron axborot ma’lumotlari banki;

audio va video yozuvlarning xilma-xil turlari;

kartoteka, ro’yxat;

№135 Боб- 3 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy yoki o`quv-uslubiy adabiyotlarni o`qishdan keyingi jarayon ...

konspektlashtirish;

belgilar qo’yish;

katalog bilan ishlash;

B, C javoblar to’g’ri.

№136 Боб- 2 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-2



Konspekt turlari qaysi javobda to’liq va to’g’ri berilgan?

rejali, erkin, matnli yoki iqtibosli, mavzuli;

matnli, bosma va yozma, iqtibosli, rejasiz;

erkin, epigrafli, rejali, havolali, mavzuli;

A, C javoblar to’g’ri.

№137 Боб- 2 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-2



Rejali konspekt ...

manba rejasi yoxud batafsil tasavvurni talab qilgan, yoxud batafsil tushuntirishni talab qilgan alohida punktlar bo’yicha batafsil yozuvlar bilan kengaytiriladi;

manbani undan olingan iqtiboslarning kengaytirilgan qatorini izchil bayon etish yo`li bilan tuziladi;

manbaning mazmunini to`liq aks etib, qayd etishning barcha uslublari bilan yaratiladi va “o`z” so`zi bilan hikoya qilib, iqtiboslar, ko`chirmalar va tezislar keltiriladi;

manba mazmunini to`liq hajmda emas, balki ma’lum mavzuning nuqtayi nazaridan aks ettiradi.

№138 Боб- 2 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-2



Mavzuli konspekt turlari qaysi javobda to’g’ri berilgan?

xronologik, sharhli.

sharhli;

rejali;

xronologik;

№139 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy o`qishning asosiy va majburiy unsurlaridan biri …

A, B, C javoblar to’g’ri.

tadqiqot mavzusiga doir materiallarni to’plashdir;

tadqiqot mavzusiga doir materiallarni talqin qilishdir;

tadqiqot mavzusiga doir materiallarni o`qishdir;

№140 Боб- 3 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Tahliliy-tanqidiy bosqichda …

A, B javoblar to’g’ri;

qanday vazifalar yechim talab qilishi va bu yechimlar qanday kontseptsiyalarda bo`lishi lozimligi nazarda tutiladi;

ilmiy adabiyotda qanday jabhalar o`rganilmaganligi yoki to`liqsiz o`rganilganligi nazarda tutiladi;

to’g’ri javob yo’q.

№141 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy ishlar o’rganiladigan obyektidan kelib chiqib qanday turlarga bo’linadi?

Ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop, ilmiy-uslubiy.

monografiya, dissertatsiya, avtoreferat;

darslik, o’quv qo’llanma, izohli lug’atlar;

maqola, annotatsiya, ilmiy ma’ruza;

№142 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy maqolalar …

A, B javoblar to’g’ri.

maxsus to’plamlarda yoki jurnallarda chop etiladi, ularda olib borilayotgan tadqiqot ishlari natijalari bayon etiladi;

ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy masalalarda yoziladi va ommabop jurnallar, gazetalarda chop etiladi;

sohaviy atamalar, terminlar, formulalar, havolalarni o’z ichiga qamrab oladi;

№143 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy-ommabop maqolalarning turlari qaysi javobda to’liq va to’g’ri berilgan?

bosh maqola, ocherk maqola, xabar, felyeton, reklama;

esse, felyeton, hikoya, reportaj, xabar;

bosh maqola, pamflet, xabar, poema;

ocherk maqola, reklama, avtoreferat, monografiya.

№144 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy-ommabop maqolaning eng xarakterli xususiyati …

ommaga ta’sir qilish, xalqni o’ziga jalb qilishdir;

badiiy tasvir vositalaridan juda keng foydalanishi, sohaviy atamalarning ishlatilmasligi;

muayyan fan sohasiga taalluqli bo’lishi, sohaviy atamalar, terminlar, raqamlardan foydalanishi;

sohaviy atamalar, terminlarga izoh bermaslik.

№145 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Annotatsiya …

ilmiy maqola yoki ilmiy asar matnining maksimal darajadagi qisqartirilgan (5-6 ta gapdan iborat) bayoni;

ilmiy maqola yoki ilmiy ma’ruzaning qisqartirilgan (1 betdan 3-4 betgacha) bayoni;

konferensiya, simpozium, semenarlarda taqdim etiladigan ilmiy asar;

A, B javoblar to’g’ri.

№146 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Tezis …

ilmiy maqola yoki ilmiy ma’ruzaning qisqartirilgan (1 betdan 3-4 betgacha) bayoni;

ilmiy maqola yoki ilmiy asar matnining maksimal darajadagi qisqartirilgan (5-6 ta gapdan iborat) bayoni;

konferensiya, simpozium, semenarlarda taqdim etiladigan ilmiy asar;

A, B javoblar to’g’ri

№147 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Annotatsiyada …

A, B, C javoblar to’g’ri.

tadqiqotning qanday uslublardan foydalanganligi ko’rsatiladi;

qanday til materiallari jalb etilganligi va tadqiqotning adresati kim ekanligi ko’rsatiladi;

ish qanday mavzuga bag’ishlanganligi ko’rsatiladi;

№148 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Risola ….

A, B javoblar to’g’ri.

murakkab ilmiy tushunchalar, terminlar kamroq qo’llanadigan asar;

annotatsiyadan kattaroq, biroq ilmiy maqoladan kichik hajmda bo’ladi;

ilmiy-ommabop asarlar sirasiga kiradi;

№149 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Taqriz ….

ilmiy asarga beriladigan tanqidiy baho, tanqidiy talqindir.

murakkab ilmiy tushunchalar, terminlar kamroq qo’llanadi;

annotatsiyadan kattaroq, biroq ilmiy maqoladan kichik hajmda bo’ladi;

ilmiy-ommabop asarlar sirasiga kiradi;

№150 Боб- 1 бўлим-1 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy ma’ruza …

A, B javoblar to’g’ri.

o’qiladigan og’zaki variant va olimlarning mazkur uchrashuvi materiallarini o’z ichiga olgan maxsus to’plamda nashr etiladigan yozma variantga ega;

murakkab ilmiy tushunchalar, terminlar kamroq qo’llanadigan asar;

konferensiya, simpozium, semenarlarda taqdim etiladigan ilmiy asar;

№151 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Monografiya haqidagi qaysi ma’lumot noto’g’ri?

maxsus kitob sifatida nashr etilmaydi.

bir muallif yoki tadqiqotchilar guruhi tomonidan biron bir muammoni fundamental tarzda tadqiq etilishi jarayonining natijasi;

alohida kitob tarzda nashr etiladi;

hajm bo’yicha eng yirik hisoblanadigan ilmiy-tadqiqiy asar;

№152 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Dissertatsiya haqidagi qaysi ma’lumot to’g’ri?

uning avtoreferati hajmi kichik broshyuraga teng bo’ladi;

bir muallif yoki tadqiqotchilar guruhi tomonidan biron bir muammoni fundamental tarzda tadqiq etilishi jarayonining natijasi;

alohida kitob tarzda nashr etiladi;

konferensiya, simpozium, semenarlarda taqdim etiladigan ilmiy asar.

№153 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Dissertatsiya haqidagi qaysi ma’lumot noto’g’ri?

ilmiy-ommabop asarlar sirasiga kiradi, shuning uchun unda murakkab ilmiy tushunchalar, terminlar kamroq qo’llaniladi;

muayyan fan sohasi doktori ilmiy darajasini beruvchi DFS, falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchini PDJ turlariga bo’linadi;

uning avtoreferati hajmi kichik broshyuraga teng bo’ladi;

muayyan fan yo’nalishida olib borilgan, tugallangan tadqiqot ishi hisoblanadi.

№154 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Avtoreferat …

uning hajmi kichik broshyuraga teng bo’ladi;

bir muallif yoki tadqiqotchilar guruhi tomonidan biron bir muammoni fundamental tarzda tadqiq etilishi jarayonining natijasi;

ilmiy-ommabop asarlar sirasiga kiradi, shuning uchun unda murakkab ilmiy tushunchalar, terminlar kamroq qo’llaniladi;

konferensiya, simpozium, semenarlarda taqdim etiladigan ilmiy asar.

№155 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy-uslubiy adabiyotlarning turlari qaysi javobda to’liq va to’g’ri berilgan?

darslik, o’quv qo’llanma, lug’at, izohli lug’at, ma’lumotlar to’plami, leksiyalar kursi, leksiyalar to’plami, metodik ko’rsatmalar, metodik qo’llanmalar, ma’lumotlar banki, dayjest, sharh v. b.

o’quv qo’llanma, lug’at, izohli lug’at, badiiy asar, konspekt, leksiyalar kursi, leksiyalar to’plami, metodik ko’rsatmalar, metodik qo’llanmalar, ma’lumotlar banki, v. b.

darslik, o’quv qo’llanma, lug’at, ilmiy-ommabop jurnal, ma’lumotlar to’plami, leksiyalar to’plami, metodik ko’rsatmalar, metodik qo’llanmalar, dayjest, sharh v. b.

darslik, lug’at, izohli lug’at, ma’lumotlar to’plami, so’zlashgich, metodik ko’rsatmalar, metodik qo’llanmalar, ma’lumotlar banki, sharh v. b.

№156 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Tadqiqotchi kuzatgan, tavsiflagan hodisa-narsa haqida uning o’zi shakllantirgan ilmiy tushuncha ...

ilmiy xulosa

mеtod

mеtodika

faraz

№157 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Tadqiq etishni talab qiladigan murakkab ilmiy masala nima dеb ataladi?

ilmiy muammo

mеtodika

ilmiy xulosa

faraz

№158 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Fikrlar, misollarni to’plash va tahlil etish uchun o’rganiladigan manbalarni aniqlang.

ilmiy maqolalar, dissеrtatsiyalar. avtorеfеratlar

davriy matbuot, mе'yoriy hujjatlar

ommaviy axborot nashrlari

kataloglar, elеktron adabiyotlar

№159 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Maqolaning mavzusini qisqacha yoritish bilan birga, muallifning fikr va mulohazalarini o’quvchilarga aniq yеtkazish nima dеb ataladi?

ilmiy ish annotatsiyasi

ilmiy ish rubrikasi

ilmiy ish kompozitsiyasi

ilmiy ish mavzusi

№160 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy natijalar qaysi shaklda chop etiladi?

monografiya, darslik

rеfеrat

rеfеrat, ilmiy maqola

o’quv qo’llanma

№161 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy bilishni rivojlantirish, yangi ilmiy bilim olish va undan foydalanish … dеb ataladi?

ilmiy faoliyat va ijod

ilmiy ishning sarlavhasi

ilmiy ishning o’rganilish darajasi

ilmiy ishning mavzusi

№162 Боб- 2 бўлим-3 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy tadqiqot ishining yakunlovchi qismida qaysi mazmuniy unsur majburiy hisoblanadi?

Xulosalar;

Olingan natijalarni amalda qo'llashning soha va uslublarini ko'rsatish;

Tadqiqot jarayonida olingan nazariy bilimlarni qo'llash sohasi;

Keyingi ilmiy izlanishning yo'nalishlarini ko'rsatish.

№163 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Lingvistika bo'yicha ilmiy nazariy tadqiqot ilmiy uslubiydan nimasi bilan farqlanadi?

Ilmiy nazariy tadqiqotning obyekti til, ilmiy uslubiy tadqiqotning obyekti esa tilga o'qitish jarayoni;

Ilmiy nazariy tadqiqotning obyektli til tuzilmasi, ilmiy uslubiy tadqiqotning obyekti esa tildan dars berish jarayoni;

Ilmiy nazariy tadqiqotning obyekti til faoliyatinig xususiyatlari, ilmiy uslubiy tadqiqotning obyekti esa tilga o'qitish uslublari;

Ilmiy nazariy tadqiqotning obyekti tilni o'rganish uslublari, ilmiy uslubiy tadqiqotning obyekti esa tilga o'qitish uslublari.

№164 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Lingvistik ilmiy nazariy tadqiqot tilshunoslik muammolariga bag'ishlangan ilmiy ommabop ishdan nimasi bilan farqlanadi?

Ilmiy nazariy tadqiqot lingvistika sohasidagi mutaxassislar uchun mo'ljallangan, ilmiy ommabop ish esa mazkur fan muammolariga qiziqadigan havaskorga yo'naltirilgan;

Ilmiy nazariy tadqiqot obyektni tasvirlash vositasi sifatida maxsus leksikadan foydalanadi, ilmiy ommabop ishda umumadabiy leksikadan foydalanadi;

Ilmiy nazariy tadqiqot kitob shaklida taqdim etilishi mumkin, ilmiy ommabop ish broshyura yoki maqola ko'rinishida taqdim etiladi;

Ilmiy nazariy tadqiqot boshqa tadqiqot mualliflari bilan bahsni nazarda tutadi, ilmiy ommabop ish qayd etuvchi xarakterga ega.

№165 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy ishning kirish qismida ....

barcha javoblar to’g’ri

darslik, o’quv-uslubiy qo’llanma, risolaning yozilish maqsadi va tuzilish tartibi haqida qisqa ma'lumot bеriladi, matеrialning asosiy mazmuni va boshqa turdosh adabiyotlardan farqli jihatlari ifodalanadi

tadqiqotchi nimani o'rganmoqchi bo'lganligi va nima sababdan aynan shu savollarni hozir o'rganishga qaror qilgani bayon etiladi

tadqiqot ishining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, muammoning o’rganilganlik darajasi, ilmiy-amaliy yangiligi va ahamiyati obzor tarzida bеriladi

№166 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Nazariya – bu ...

ilmiy bilishning eng yuqori shakli bo’lib, haqiqatligi amaliy yoki jihatdan isbotlangan, borliqning biror sohasiga oid ma'lum g’oyalar, qarashlarning muayyan tizimi tushuniladi.

ilmiy ishning mavzusi bo’lib, bugungi kundagi eng dolzarb, muhim muammolarni ilmiy tadqiq qilish

ilmiy ishning o’rganilish darajasi bo’lib, bugungi kundagi dolzarb masalalar bo’yicha ilmiy xulosalarga kеlish

ilmiy ishning nazariy qismi xulosalari

№167 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Xulosalar haqiidagi qaysi fikr to’g’ri?

barcha javoblar to’g’ri

Xulosalar mazkur tadqiqotda muallif tomonidan topilgan barcha yangiliklar mujassamlashgan holda aks etadigan va bu mujassamlikda bеriladigan ilmiy tadqiqot ishining zaruriy tuzilmaviy komponentidir.

Natijalardan tashqari xulosada mazkur ishda erishilgan yutuqlar tufayli keyingi tadqiqotlarning istiqbollari aniqlanishi, olingan natijalarni qo'llanish sohasi tavsiflanishi mumkin.

Xulosalar tadqiqot ishi natijasida olingan natijalar, muallif nuqtai nazaridan eng ahamiyatli fikrlarni qisqartirilgan, umumlashtirilgan bayonidir.

№168 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Fanda noaniqlikni, mavhumlikni aniqlash jarayonida “bu nima?” degan savolga birinchi bo’lib beriladigan javob bu ilmiy tavsifdir, fan tilida bu - ……….deb ataladi.

ilmiy tasnif

interprеtatsiya

ijodiy talqin

definitsiya

№169 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy adabiyotlarda mavzuga urg’u berilishi nima deb ataladi?

sarlavha

annotatsiya

reja

matn

№170 Боб- 2 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



O’quv materialini tushunish va to’liq o’zlashtirish uchun zarur ma’lumotlardan iborat bo’lgan matn qanday nomlanadi?

tushuntirish matni

oddiy matn

qo’shimcha matn

asosiy matn

№171 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy darajani belgilovchi ilmiy-tadqiqiy ish turini (janrini) belgilang.

dissertatsiya

avtoreferat

ilmiy ma’ruza

monografiya

№172 Боб- 1 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Ilmiy kontsepsiya nima?

tadqiqotchining ilmiy izlanish natijasida qilgan asosiy xulosasi

o’rganilayotgan obyektning xarakteri haqida keyingi isbot yoki rad etilishni talab qilgan taxminlar tizimi

tadqiqotning eng rivojlangani va isbotlangan nazariy holatlaridan biri

o’rganilayotgan predmet va hodisalarga asosiy nuqtai nazar, ularni tizimli yoritib berish uchun asosiy g’oya

№173 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-3



Lingvistik ilmiy tadqiqot ishining asosiy qismida quyida sanab o’tilgan mazmuniy unsurlardan qaysi biri imkoniyatli, ammo majburiy emas?

til materialining tahlili qanday o’tkazilganini namoyon etish

nazariy holatlarni shakllantirish

o’rganilgan til materialini batafsil, tartib bilan tuzilgan tasvirini berish

mazkur muammoga boshqa nuqtai nazarda bo’lgan tadqiqotchilar bilan bahslar o’tkazish

№174 Боб- 3 бўлим-2 Қийинчилик даражаси-2



Ilmiy texnologiya tushunchasiga berilgan to’g’ri ta’rifni ko’rsating

yunoncha so’z bo’lib, ta’lim jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan yoki ta’limot

yunoncha so’z bo’lib, tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli

yunoncha so’z bo’lib, tadqiqiy obyekti yuzasidan umumiy-nazariy, amaliy, mantiqiy yoki tavsifiy bilimlar hosil qilish haqidagi ta’limotdir

yunoncha so’z bo’lib, biror ishni bajarish, amalga oshirish yoki metodlarning yig’indisi

Download 115.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling