Texnalogiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti qarshi filiali tt va kt
- yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi; -
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahongir Juraqulov Mustaqil ish 1
- yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi;
- aholining turmush darajasi va sifati; - inflyatsiya darajasi; - ishsizlik darajasi; - iqtisodiyot tarkibi; - davlat qarzi; - jamiyatning mulkiy tabaqalanishi; - iqtisodiyot va jamiyatning kriminallashuvi; - ishlab chiqarishning texnik va texnologik holati; - raqobatbardoshlik; - importga bog’langanlik; - xufiyona iqtisodiy faoliyat miqyosi; - oltin valyuta zahiralari. Iqtisodiy xavfsizlikni mezonlarga asoslangan holda o’rganish deganda, iqtisodiyot holatini umumlashtirilgan holda, ya’ni resurs salohiyati va uning rivojlanish imkoniyatlari, resurslardan foydalanish samaradorligi darajasi, raqobatbardoshligi va hokazolarni baholash tushuniladi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi bo’lganligi bois ham uni ta’minlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning har sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, “ushbu dolzarb masalada yengil fikrlash yoki muqarrar xavfga bepisandlik bilan qarash, uni kamaytirib ko’rsatish qanday oqibatlarga olib kelganligi haqida tarixdan istalgancha misollar keltirish mumkin” . Iqtisodiy xavfsizlik davlat xavfsizligi tizimidagi muhim yo’nalish bo’lib, mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ekologik halokatlardan himoya qilish kabi yo’nalishlar bilan bir qatorda turadi. Mana shu yo’nalishlar bir – birini to’ldirib turadi va bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. CHunki, mamlakat iqtisodiyoti baquvvat bo’lmasa, u barqaror rivojlanmasa, ushbu mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash mushkul bo’lib qoladi. Ayni paytda, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanmas ekan, uning mudofaa qobiliyati ham mustahkam bo’lmaydi va iqtisodiyoti samarali rivojlanmaydi. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun va mohiyatini yoritib berishdan oldin milliy xavfsizlik tushunchasiga to’xtalib o’tish kerak bo’ladi. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lish va farovonlikka intilish to’g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy va boshqa omillar ta’siri va tahdidlardan himoya qilishga yo’naltiriladi. SHuning uchun ham milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo’lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik,
g’oyaviy, mafkuraviy, axborot xavfsizligini o’z ichiga oladi (1-jadval).
1-Jadval. Milliy xavfsizlik turlari
rivojlanishiga qodirligini ta’minlashga yo’naltirilgan. Respublikamizda iqtisodiy xavfsizlik masalasi mamlakat milliy xavfsizligining bir qismi sifatida birinchi marta O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida ko’rib chiqildi. Unda mamlakatning milliy xavfsizligi, uning ajralmas qismi bo’lgan iqtisodiy xavfsizlik masalalari nazariy jihatdan chuqur tahlil qilindi. Hozirgi paytda iqtisodiy xavfsizlik bu – mamlakat iqtisodiyotini doimiy barqaror rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning umummilliy majmuasi bo’lib, u albatta davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi va mustaqilligini hamda tashqi va ichki tahdidlarga qarshi turish mexanizmini ko’zda tutadi. Ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining turlicha talqinlari berilgan. Bir guruh olimlar mazkur tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo’naltirilganligini, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo’lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining ahvoli sifatida ta’riflaydi.
Boshqa bir guruh olimlar esa o’rganilayotgan tushunchani hokimiyat institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan, milliy manfaatlarni qilish va ro’yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi, deb talqin qiladilar. A.Isaxodjaev va A. Rasulevlarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlik bu faqat milliy manfaatlarni himoya qilishdan iborat bo’lmay, davlat hokimiyati institutlari, ijtimoiy assotsiatsiyalar, xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining milliy manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilish mexanizmini yaratish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga tayyorligi va qobiliyatidir . “Iqtisodiy xavfsizlik” deganda iqtisodiyotning mamlakat ijtimoiy, siyosiy va mudofaa qobiliyatining yetarli darajasini ta’minlash imkonini beradigan holati tushuniladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu xalqning (davlat orqali) mustaqil ravishda, tashqaridan bo’ladigan aralashish va taziqlarsiz o’z iqtisodiy taraqqiyot yo’li hamda shakllarini belgilashidir. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu nafaqat milliy manfaatlarni himoyalanganligi, balki hokimiyat institutlarining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish borasidagi milliy manfaatlarni amalga oshirish va himoyalash mexanizmlarini yaratishga bo’lgan tayyorligi va qobiliyati hamdir. Rossiyalik mashhur olim, akademik L. Abalkin «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining uchta asosiy elementini ajratib ko’rsatgan. Bular: iqtisodiy mustaqillik, milliy iqtisodiyotning barqarorligi, mamlakatning o’z-o’zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirligi. L.Abalkinning fikricha, iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga ega emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga bog’liq qilib qo’yadi. Bunday sharoitlarda iqtisodiy mustaqillik milliy resurslarni nazorat qilish imkoniyatini bildiradi. Ishlab chiqarish, samaradorlik va mahsulot sifatining shunday darajasiga erishish kerakki, u mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlasin va jahon savdosida, kooperatsiya aloqalarida va fan-texnika yutuqlarini ayirboshlashda teng ishtirok etish imkoniyatini bersin. Milliy iqtisodiyotning barqarorligi esa mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligi uchun sharoit va kafolatlarni yaratish, barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo’lgan omillarga (masalan, iqtisodiyotda kriminal tuzilmalar bilan kurash, og’ir ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan daromadlar taqsimlanishida katta tafovutlarga yo’l qo’ymaslik) to’siq bo’lish imkoniyatlarini bildiradi.
2- Jadval. Iqtisodiy xavfsizlik darajalari L.Abalkinning ta’kidlashicha, mamlakatning o’z-o’zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirligi ayniqsa hozirgi paytda o’ta muhimdir. Investitsiya va innovatsiyalar uchun kerakli muhitni yaratish, ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiya qilish, xodimlarnining bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy darajasini oshirish kabilar milliy iqtisodiyotning barqarorligining zarur va muhim shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining shunday holatidirki, bunday holatda mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani, mamlakat iqtisodiy rivojining ijtimoiy yo’naltirilganligi, ichki va tashqi jarayonlar rivojidagi eng noqulay sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada ta’minlanganligini ifoda etadi. Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari mavjud: xalqaro (global va mintaqa darajasida); milliy, lokal (mamlakat ichidagi mintaqa yoki tarmoq darajasida); xususiy (firma va shaxs darajasida). Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – bu har bir davlat, ya’ni dunyo hamjamiyati a’zosining o’z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini erkin tanlash va amalga oshirish imkoniyatlarining ta’minlangandagi holatidir. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling