Texnik iqtisodiy asoslar


О‘zbekiston gaz havzalari gaz kondensatlarining tarkibi va ba’zi xossalari


Download 237.53 Kb.
bet3/6
Sana11.02.2023
Hajmi237.53 Kb.
#1190095
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TEXNIK IQTISODIY ASOSLAR

О‘zbekiston gaz havzalari gaz kondensatlarining tarkibi va ba’zi xossalari 2- jadval.

Gaz havzalarining nomi

Tizimli uglevodorodlar tarkibi
(% hisobida)

Xossalari

Aromatik

Naftenin

Paradonli

s.og‘. kg/m3

Sindirish kо‘rsatkichi

Muborak (shim.)

8,8

29,1

62,1

728

1,4274

Kо‘kdumaloq

12,0

15,0

73,0

768

1,4392

Uchqir

24,2

36,7

39,1

787

1,4486

Gazli

32,0

23,0

45,0

765

1,4460

Muborak (janub)

10,0

32,0

5,8

850

1,4281

SHо‘rtan

29,0

22,0

49,0

762

1,4417

Organik sintez uchun gazlar asosiy va kerakli xom ashyodir. Bundan tashqari ular issiqlik va energiya manbaidir. Sintetik-kauchuklarni turlari, spirtlari, motor yoqilg‘ilarini ayrim komponentlari, eriturchilar, qorakuyani sifatlisi, sintetik moy tolalar, smolalar, plastmassalar va boshqa kо‘pgina sintetik moddalar hozirgi vaqtda gazlardan (uglevodorodlardan) olinmoqda.


Gazlar ikkiga – tabiiy va sun’iy (neftda qayta ishlash gazi) ga bо‘linadi. Qayerdan qazib olinayotgani va usuliga kо‘ra tabiiy gazlar -tabiiy, yо‘lovchi va gazokondensatlarga bо‘linadi.
Tabiiy gaz – bu nefti bо‘lmagan toza uglevodorod gazi.
Yо‘lovchi gaz – neft bilan birga chiquvchi gaz. Chuqurlikda va katta bosimda gazlar neftda erigan bо‘ladi.
Gazokondensat – chuqurlikda gaz suyuq neft uglevodorodlari bilan tо‘yingan bо‘ladi. Yuzaga chiqishi bilan suyuq faza gaz fazasidan oson ajraladi.
Tabiiy gazlar – asosan past molekulali parafin uglevodorod-laridan tashkil topgan. Ularda yuqori molekulali uglevodorodlar bо‘lmaganligi sababli ular quruq gaz guruhiga kiradi.
Yо‘lovchi gazlar yengil benzin (gaz benzini) olishni asosiy manbaidir.
Tabiiy gazlarda uglevodorod bо‘lmagan H2S, N, SO2, suv bug‘i va boshqa qо‘shimchalar ham bо‘lishi mumkin.
Gazni qayta ishlash vaqtida (turli uglevodorodlar fraksiyalariga ajratish – destruksiya) hosil bо‘lgan gazlar – sun’iy gazlardir. Masalan: termik va katalitik kreking, pirolizlar. Mazut termik krekinglanganda etilen, propilen, butilenlar miqdori kо‘p bо‘ladi. Katalitik kreking vaqtida izobutan kо‘p miqdorda chiqadi. Piroliz jarayonida esa etilen kо‘p miqdorda chiqadi.
Past bosim ostida boruvchi kreking vaqtida gazlarni hosil bо‘lishi kamayadi, piroliz vaqtida esa ortadi. Piroliz jarayonida reaksiyaga kirishishi yuqori bо‘lgan olefin uglevodorodlari kо‘p ajraladi. Shu sababli organik sintez uchun bu jarayon (piroliz) ahamiyatlidir.
Sun’iy gazlarda uglevodorod bо‘lmagan N2, H2S, CO2, CO qо‘shimchalari ham uchraydi. Shu boisdan gazlar yuqorida keltirilgan uglevodorodlar bо‘lmagan qо‘shimchalardan tozalanadi.

Download 237.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling