Moddiy ifodalangan yillik tejam – mahsulot xayotiy siklining barcha bosqichlarida moddiy va mehnat boyliklarining o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari bo‘yicha, standartni joriy qilishgacha va joriy qilingandan keyin bir yilga hisoblab topiladi.
Narxda ifodalangan yillik tejam – Standartni joriy qilishgacha va joriy qilgandan keyin mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarish, muomala va foydalanish (iste’mol qilish) ga xarajatlar o‘rtasidagi bir yilga xisoblangan farq.
Yillik iqtisodiy samara – Narxda ifodalangan yillik tejam va standartni ishlab chiqishga va joriy etishga yillik xarajatlar o‘rtasidagi farq.
Ishlab chiqarish xarajatlari – mahsulotning ma’lum turini ishlab chiqarishga jonli va ilgarigi mehnat sarflari.
Asosiy kapital xarajatlar – Ishlab chiqarish fondlarining yangisini yaratish, qayta tuzish (rekonstruksiya qilish) va amaldagi ishlab chiqarish fondlarini kengaytirishga sarflangan xarajatlar.
Keltirish koeffitsienti – Turli vaqtlardagi sarflar keltirish koeffitsienti yordamida bir hisobiy yilga keltiriladi.
Keltirish me’yori – Keltirish koeffitsaentini aniqlash uchun qo‘llaniladi, 0,1 ga teng o‘zgarmas kattalikdan iborat.
Me’yoriy foyda – Kapital mablag‘lar iqtisodiy samaradorligi me’yoriy koeffitsientining kapital mablag‘lar hajmi ko‘rsatkichiga ko‘paytmasiga teng bo‘lgan keltirilgan harajatlarning tashkil etuvchisi. Me’yoriy foyda kapital mablag‘lar summasidan foiz hisobidagi chegirma kabi aniqlanadi.
Kapital mablag‘larning iqtisodiy samaradorligi me’yoriy koeffitsienti – 0,15 ga teng o‘zgarmas kattalik bo‘lib, kapital mablag‘larning har bir so‘mi kamida me’yoriy, ya’ni kamida 15 tiyin foyda keltirishi lozimligini ifodalaydi.
Aylanma fondlar – Ishlab chiqarishda foydalaniladigan mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, yonilg‘i va b.). Aylanma fondlar har bir ishlab chiqarish siklida ishlatiladi va o‘zlarining tabiiy shakllarini yo‘qotadi. Ularning narxi darhol tayyorlanadigan mahsulotga ko‘chadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |