Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
O’tish ketma-ketligini boshqarish
Download 272.5 Kb.
|
Mamayusupova mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarga kirish sahifalarini yaratish
- Ma’lumotlarga kirish saxifalarini taxrirlash
- Xisobotlar bilan tanishuv
- Xisobotlar ustasi
- Xisobotlarni taxrirlash va bezash
- Modullar xaqida
O’tish ketma-ketligini boshqarishE’tibor bergan bo’lsangiz Microsoft Windows operatsion tizimining ko’p maydonchali muloqot oynalarida bir elementdan boshqasiga o’tish odatda “chapdan o’ngga, yuqoridan pastga” (soat strelkasi bo’ylab yoki aksincha) kabi tartibda amalga oshiriladi. Bunday o’tish ketma-ketligini Tab yoki Shift+Tab, Ctrl+Tab yoki Ctrl+ Shift+Tab va boshqa kursorni boshqarish klavishlari orqali tekshirib ko’rish mumkin. Ayniqsa murakkab tuzilishga ega bo’lsa, bir maydondan boshqa maydonga o’tish tartibini boshqarishga ehtiyoj tug’uladi? Chunki, murakkab shakllarni shakllantirish va bezash davomida boshqaruv elementlarinig joylashishi bir necha bor o’zgartirilishi tabiiy hol. Bu esa o’z navbatida ma’lumotlar kiritish tartibini ham (MB ning o’ziga xosliklari tufayli) mos ravishda o’zgartirib yuboradi. Oqibatda, garchi shakl juda ham yaxshi bezatilgan bo’lsada, tezkor vaziyatlarda undan foydalanish samaradorligi etarli darajada bo’lmay qolishi mumkin. Bunday holatni bartaraf etsa bo’ladi: shakllarda maydondan maydonga o’tish tartibini o’rnatish, o’zgartirish “posledovatelnost perexoda” nomli muloqat oynasi orqali amalga oshiriladi. Bu muloqot oynasi shakl Konstruktor rejimida ochilgandagina kontekistlik menyuning yoki Vid menyusining mos bandi orqali faollashadi. Rasmdan ko’rinib turganidek bu muloqat oynasida shakldagi boshqaruv elementlarining nomlari “последователность“ deb ataluvchi maydonda keltirilgan. Ularning yuqoridan pastga qarab joylashish tartibi shakldagi maydondan maydonga o’tishning choqdagi joriy tartibiga mos keladi. Uni o’zgartirish uchun odatdagi usullar qo’llaniladi. Shakl maketi ustidagi amallar etarli darajada yakun topgach uni yopish mumkin. “База данных” oynasining “формы” panelida paydo bo’lgan shaklni ochib, shakl maketi ustida bajarilgan amallarning natijalarini ko’rish, shaklga asos bolgan jadval ma’lumorlarni o’zgartirish, qolaversa, yangi ma’lumot kiritish mumkin. Qayta ishlangan shaklni avvalgi nomi bilan yoki, kerak bo’lsa, bo’shqa nom berib saqlash mumkin. Ta’kidlash joizki, biror nom ostidagi shakl alohida faylda emas, balki MB faylni ichida saqlanadi.
Mazkur ob’ekt ham “shakl” singari MB dagi ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi. “Shakl” ma’lumotga bevosita kirish imkonini bersa, ”sahifa -страница” MB ga uzoqdan turib, Internet va internet orqali kirishga mo’ljalangan. rasm 5
“Ma’lumotlarga kirish sahifalari” ob’ekti MB dan olisdagi iste’molchiga ma’lumot uzatish masalasini hal etish maqsadida yaratilgan. Odatda MB anchagina katta hajmda bo’lgani boisdan ularni to’laligicha va to’gridan to’gri aloqa kanallari orqali etkazish amalda qo’llanilmaydi. Bu xavfsizlik maqsadlariga muvofiq emas, qolaversa, katta hajmli ma’lumotning katta masofalarga uzatilishi o’ziga yarasha vaqt sarflanishi taqazo etadi. Ayni choqda, ko’plab zamonaviy Web-brauzerlarning serverlarda joylashgan MB bilan ishlash imkoniyatlari hozircha etarli darajada emas. Shu boisdan, ”saxifalar” ob’ekti bu masalalarda vositachilik rolini egallaydi. «Saxifalar» ob’ektlarining afzalliklariga e’tibor bering: ular egallaydigan xajm katta bo’lmaydi, ular MB da erkin xarakatlanish uchun qulay boshqaruv elementlarini o’z ichiga oladi, ular NTML formatida yozib olinishi mumkin, odatdagi aloka kanallari orkali uzatilishi va standart brauzerda kayta ochilishi mumkin. Formatiga ko’ra “sahifalar” ob’ekti Web-hujjat hisoblangani sababidan, ularni boshqa ixtiyoriy Web-hujjat ichiga, aytaylik, Web-sahifaga joylashtirish mumkin. MBning boshqa ob’ektlaridan farqli ravishda “Sahifalar” ob’ekti alohida, MBBT dan mustaqil bo’lgan, faylda saqlanadi. Bu fayl NTML formatida bo’ladi. Ma’lumotlarga kirish sahifalarini yaratishYuqorida “sahifalar” ob’ekti “shakllar” ob’ektiga qaysidir jihatlari bilan o’xshashligini aytib o’tgandik. “Shakllar”dagi kabi “sahifalar”da ham bezak o’ziga xos bo’lishi kerak. “Sahifalar”ni “Maстер страниц” vositasida yaratish qulayroq. “Maстер страниц” ham boshqa barcha ustalar qatori avtomatlashtirish vositasi bo’lib, u “Cоздание страницы доступа к данным с помощью мастера” nomli belgicha(element)ni tanlash bilan ishga tushiriladi. “Maстер страниц” – “Saxifalar ustasi” ishga tushgach, dastavval saxifa kirishni ta’minlab berishi kerak bo’lgan jadvallar yoki so’rovlar, ularning tarkibida – maydonlar tanlanadi. Keyingi kadam ma’lumotlar turkumlanishini boshkarish uchun muljallangan. Bu imkoniyat ma’lumotlarning katta xajmini o’z ichiga olgan bazalarga kirish uchun ko’zda tutilgan. Chunki, MB jadvalining biror bir maydonida ayrim ma’lumotlar takrorlanib kelaversa, ularga mos qaydlarni bir guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, “ToshPMI talabalari” nomli jadval mavjud bo’lsa, unga kirishni ta’minlovchi “Saxifa” uchun jadvaldagi, aytaylik, bakalavriatda, magistraturada ta’lim olayotgan talabalarga taalluqli qaydlar aloxida guruxga jamlanishi mumkin. Bu turkumlash natijasida bir qancha ichma-ich joylashish pogonalariga ega bo’lgan ierarxik tuzilma tarkib topadi. Yukoridagi misolimizda “Bakalavriat talabalari” gurux ichida “1-pediatriya fakulteti talabalari”, “2-tibbiy pedagogika fakulteti talabalari”, “3-OMX fakulteti talabalari” kabi guruxlar, ularning ichida esa mos ravishda “1-bosqich talabalari”, “2-bosqich talabalari” va xokazo nomli guruxlar, aytaylik, “1-bosqich talabalari” gurux ichida uz navbatida “A potok talabalari”, “B potok talabalari” kabi qism guruxlar xosil qilinishi mumkin. Xuddi shuningdek, yana bir misol, bibkollektorning MBBT da yaratilgan MBsida tarkibidagi qaydlar maktab adabiyotlariga taalluqli bo’lgan “Maktab uchun yangi adabiyotlar” nomli jadval berilgan bo’lsa, olisdan turib foydalanuvchilar uchun “Saxifa”da yuqoridagi misolida keltirilgani kabi “adabiyotlar” ni turkumlash amalga oshiriladi. “Usta”ning ikkinchi saxifasi turkumlashni amalga oshiruvchi maydonlarni tanlashga mo’ljallangan boshqaruv elementlarini taqdim etadi va turkumlash satxining qanchalik ichkariga qarab ketishini boshqaradi. Ierarxik tuzilmaga ega “saxifa” o’zidagi turkumlanishning xar bir satxi uchun aloxida bo’lim xosil qiladi. Bu esa mos ravishda, xar bir bo’limning o’z boshqaruv elementlari bo’lganidek, turkumlash satxlari xam o’zlarigagina taalluqli boshqaruv elementlariga ega bo’lishlari mumkinligini anglatadi. Navbatdagi boskichda aks ettirilayotgan ma’lumotlarni tartiblash uslubi tanlanadi. Bunda turttagacha maydonni qamrab olgan saralash tartibini berish mumkin. Ma’lumki, saralashlar o’sish yoki kamayish tartibida bo’ladi. Яkunlovchi boskichda “saxifa” berilajak nom bilan saqlanadi. Shu erning o’zida “Izmenit maket stranitsi” doirachasini faollashtirish bilan Konstruktor rejimiga o’tish mumkin. Maketni o’zgartirayotganda “saxifa”ga Microsoft Office maketi tarkibiga kiruvchi “bezash mavzulari” (temi oformleniya)dan birini tadbiq etish mumkin. “Bezash mavzulari” Sizga Microsoft Windows operatsion tizimida ishlash malakangizga ko’ra yaxshi tanish bo’lishi kerak. Ma’lumotlarga kirish saxifalarini taxrirlash“Shakl”ni taxrirlash kabi “caxifa”ni taxrirlash uchun ham Конструктор rejimida odatdagi, yuqorida shakl uchun tavsiflangan, usullar qo’llaniladi. Ularga qo’shimcha ravishda saxifalarni taxrirlashda turkumlash imkoniyatiga bogliq xolda bo’limlar sonining ko’pligi hamda “Elementlar paneli”da boshqaruv elementlarining tarkibi kengayganligigiga e’tibor qaratamiz. Shuningdek, kuzatishimizcha, “shakllar”da ham, “saxifalar”da ham boshqaruv elementlari o’zlariga birikkan ustayozuvlar bilan birga boshqa joyga o’tkaziladi. “Shakl”da elementga birikkan ustayozuv boshqaruv elementisiz alohida joy almashmaydi, ya’ni ustayozuvni ko’chirmokchi bo’lsangiz uning elementi ham birga harakatlanadi. “Saxifa”da esa boshqaruv elementining ustayozuvi o’z elementidan ajralgan xolda boshqa joyga “tashib o’tilishi” mumkin. Xisobotlar bilan tanishuv“Xisobotlar-Отчеты” ob’ekti o’z nomi bilan “jadvallar”, “so’rovlar”, “shakllar” va “saxifalar”da bajarilgan ishlar natijasining qogozdagi ma’lum bir qolipga solingan aksi- xisobotidir. Demak, odatda, “xisobot” MB dan olingan ma’lumotlarni formatlangan xolda chop etish uchun mo’ljallangan. Bunda “xisobot”ni chop etish jarayoni Microsoft Officening boshqa turdagi xujjatlarini chop etish kabi boshqariladi. “Shakl”lar xakida aytganlarimizning aksariyati “xisobot”lar uchun ham o’rinlidir. “Avtoxisobot”larda avtomatik loyixalash amalga oshiriladi. “Avtoxisobot”larga База данных Создать Новый отчет buyruqlari ketma-ketligi orqali kiriladi va bunda “avtoxisobot” turlaridan biri tanlanadi. Xisobotlar ustasiXisobotlarni avtomatlashtirilgan xolda xosil qilish vositasi – bu “Maстер отчетов”dir. “Xisobotlar ustasi”ni sichkoncha ko’rsatkichi “База данных” oynasidagi “Создание отчета с помощью мастера” yozuvi ustida turgan xolda sichkonchaning chap tugmasini ikki marotaba deyarli uzluksiz bosish orqali ishga tushirish mumkin. “Xisobotlar ustasi” ham boshqa turdagi “ustalar” kabi bir qancha bosqichda ishlaydi. “Xisobotlar ustasi” ishga tushgach, uning yordamida MB ning xisobot asoslanishi kerak bo’lgan jadvali yoki so’rovi, xisobotda o’z aksini topuvchi maydonlar, turkumlanishi lozim bo’lgan maydonlar, saralanuvchi maydonlar va saralash uslublari tanlanadi, chop etiluvchi maketning ko’rinishi va bezash usuli tanlanadi. Tayyor xolga keltirilgan xisobotning tuzilmasi shakl tuzilmasidan fakat bo’limlarning soni ko’pligi bilan farq qiladi. Sarlavxa, izox va ma’lumotlar bo’limlaridan tashqari, xisobot tarkibida yuqori kolontitul va quyi kolontitul bo’limlari ham bo’lishi mumkin. Bu bo’limlar xisobot saxifasi bittadan ortiq bo’lgan xollarda, saxifa raqami kabi yordamchi axborotlarni chop etish uchun zarurdir. Agar xisobotning ba’zi maydonlari uchun turkumlash qo’llanilgudek bo’lsa, gurux(turkum)lar sarlavxalarini bezash (rasmiylashtirish) aloxida bo’limlarda bajarilishi boisidan, xisobotning bo’limlari soni anchaga ortadi. Xisobotlarni taxrirlash va bezashXisobot tizilmasini taxrirlash (ya’ni o’zgartirishlar kiritish) Конструктор rejimida amalga oshiriladi. Bu rejim, odatlanganimizdek, “База данных” oynasidagi ”Koнструктор” deb nomlangan tugmani bosish bilan ishga tushadi. Yuqorida aytganimizdek, “xisobotlar”lar uchun ham o’rinlidir, jumladan, ”xisobot”larni taxrirlash usullari ham xuddi “shakl”lardagi kabidir.”Xisobotlar” chop etiluvchi ekanligidan, ularda boshqaruv elementlari bezash elementlari vazifasini bajaradi. Boshqaruv elemenlarini joylashtirish elementlari paneli yordamida bajariladi. Bu panel Vid-Panel elementov buyrugi orqali faollashadi. “Xisobotlar”ning muxim o’ziga xos jixati, bu ularda yuqori va quyi kolontitullar soxasiga joriy saxifa uchun tartib raqami qo’yish, saxifalar sonini aks ettirib turish imkoniyatining mavjudligidligidir. Makroslar va modullar bilan tanishuv Microsoft Accessning biz ko’rib chiqqan ob’ektlari ma’lumotlarni aks ettirishning xamda ularni boshkarishning turlicha usullarini nomoyon etadilar. Mazkur ob’ektlardan birgalikda foydalanish Microsoft Accessda ishlash samarasini yanada oshiradi. Microsoft Accessning biz yuqorida sanab o’tgan ettita ob’ekti ichida ikkitasi ya’ni makroslar va modullar, o’z navbatida MBning qolgan ob’ektlarini qudratli axborot-qidiruv tizimiga birlashishni taminlaydilar. Makroslar turli ob’ektlarning asosiy masalalarini avtomatlashtirish yo’li bilan ularning ishlarini muvofiqlashtirish uchun mo’ljallangan. Makros bu foydalanuvchi ishtirokisiz MBBT tomonidan bajariladigan amallarning ro’yxatini o’zida ifoda etuvchi vositadir. Makros tayinlash orqali, misol uchun, MB ishga tushishi bilan kerakli shakllarni avtomatik tarzda ochiladigan qilib qo’yish mumkin. Shuningdek, makrosni biror tugmachaga boglab qo’yish orqali kerakli shakl ekranga chiqarilishi yoki xisobot chop etishga yuborilishi mumkin. Shakllardagi qiyin shartlarni tekshirish makroslarsiz amalga oshirilmaydi. Makroslar yordami bilan, xatto, Shakllarda nostandart menyular xosil qilish mumkin. Makroslarning qo’llanilish doirasi juda xam keng. Ularni MB ning deyarli xamma joyida qo’llash mumkin-Shaklda, xisobotda, boshqaruv elementida, klavishlar birikmasida yoki menyu bandi (buyrugi) da. Demak, makros bu Microsoft Access foydalanuvchi uchun bajaradigan amallar ro’yxati bo’lib, makros ishga tushirilganda MBBT unda keltirilgan barcha amallarni bajaradi. Umuman olganda, Microsoft Officeni tashkil qiluvchi barcha dasturlarda amallarning avtomatik tarzda bajarilishini ta’minlovchi buyruqqa makrobuyruq (makrokomanda) deyiladi. Aloxida olingan makrobuyruq, makrobuyruqlar to’plami va xatto o’zaro boglangan makroslar guruxi ham makros deb yuritiladi. Makroslar yana nima uchun kerak? Bir necha bor ketma-ket yoki muttasil bajarishga to’gri keladigan ixtiyoriy masala makros ko’rinishida ifodalanish uchun yaxshi nomzod xisoblanadi. Bunday masalalarni avtomatlashtirish MB samaradorligini va aniqligini oshiradi, chunki makros xar safar masalani bir yo’sinda bajaradi. Makroslar yordamida:
shakllar va xisobotlarni mazmunan birlashtirish mumkin; qaydlarning avtomatik qidiruvi va tanlovi amalga oshirish mumkin; boshqaruv elementlari qiymatlarini aniqlash mumkin; ma’lumotlar tugriligini tekshirish mumkin; shakllar, xisobotlar va boshqaruv elementlarining xossalarini aniqlash mumkin; ma’lumotlarning boshqa ko’rinishga o’tkazilishini avtomatlashtirish mumkin; nostandart ishchi muxitini yaratish mumkin; bulardan tashkari MB loyixasini ishlovchilar makroslarning kezi kelganda VBAda yaratilgan dasturlardan xam ustunroq darajada ishlaydigan xollari mavjudligini e’tirof etadilar. Modullar xaqidaMicrosoft Office dasturlari ichiga jo qilingan VBA dasturlash tili foydalanuvchiga MBni boshqarish yuzasidan keng imkoniyatlarni va to’liq nazoratni taqdim etadi. Loyixalovchi tamonidan tuzilgan VBA protseduralari makroslarga qaraganda etarlicha murakkab aniqlovchi xolatga ega amallarni bajarishga xizmat kiladi. VBA tilida yozilgan protseduralar Microsoft Accessning dasturiy modullar(kiskacha modullar) deb ataluvchi maxsus ob’ektlariga joylashtiriladi. Masalan, bir qancha so’rovlar, shakllar va xisobotlarda aynan bir xil ko’rinishdagi murakkab jarayonga duch kelindi. Bu xolda har bir ob’ekt uchun har safar qiyin iborani terib o’tirish o’rniga, VBA tilida xisoblashlarni bajaruvchi funktsiyani yozib qo’yish va bu funktsiyani talab qilingan joydan turib chaqira oladigan qilib qo’yish afzaldir. Ayni shu kabi imkoniyatlarni modullar taqdim etadi. Microsoft Accessda tuzilgan MB asosan ikki turdagi modullarni o’z ichiga olishi mumkin: sinf modullari (moduli klassa) va standart modullar. Яngi ob’ekt tavsifini o’zida jo etgan modulga sinf moduli deyiladi. Standart modullar umumiylik xususiyatiga ega bo’lib, ular MBning alohida ob’ektlari hisoblanadi va MBning ixtiyoriy joyidan kirish ta’minlanishi zarur bo’lgan dasturlarni saqlash uchun qo’llaniladi.
o’zbek tilida Rus tilidaBelgicha значок Boshqaruv elementi элемент управления Doiracha* переключатель Qayd запись Xisobot отчет Imzo подпись Kvadratcha* флажок So’rov запрос Tugun узел Tuzilma структура Turkumlash группировка To’r сетка Ustyozuv надпись Shakl форма Xulosa. ATlarni asosida ma‟lumotlar bazasi yotadi. Ma’lumotlar bazasi deganda, ma‟lumotlarni shunday o„zaro bog„langan to„plamini tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma‟lumotlarni bazasini boshqarish tizimi to„ldirilishi, o„zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin.1 Aniq ma‟lumotlarni (masalani) hal qilishda inson real dunyoni u yoki bu sohasi bilan cheklanadi. Bunday hollarda faqat ba‟zibir ob‟ektlarni o„rganishgina qiziqish o„yg„otadi. Bunday ob‟ektlarni majmuasini predmet soxa deyiladi.2 Hech bir inson inkor qilolmaydiki, hozirgi kunda axborot texnologiyalari asrida yashayapmiz. Vaholanki, o`zimizga tegishli yoki ish faoliyatimizga tegishli ko`pgina axborotlarni elektron tarzda olib yuramiz. Qolaversa, dunyo aholisining kattagina qismi kundalik hayotda ulkan hajmdagi axborotlar majmui bo`lgan internet tarmog‟idan foydalanadi. Biz foydalanadigan axborot hajmi kattalashib borgan sari uni boshqarish murakkablashib boraveradi. Savol kelib chiqishi tabiiyki, qanday qilib internet tarmog‟idagi qidiruv saytlari biz qidirgan axborotni sekundlar ichida minglab muqobillari bilan birga topib beradi? Qanday qilib normativ-huquqiy hujjatlar to`plamidan iborat elektron axborot tizimlari bizning so`rovga mos hujjatlarni bir lahzada topib beradi? Javob oddiy, bularning hammasi berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (keyingi o`rinlarda BBBT) orqali amalga oshiriladi. BBBT uchun ko`p dasturiy ta‟minotlar ishlab chiqilgan, misol uchun SQL Server, Oracle, MySQL, MS Access va h.k. Foydalanilgan adabiyotlar: Ma`lumotlar bazasi. Internet ma`lumotlar: Ziyonet.uz Download 272.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling