Texnik tizimlarda axborot texnologiylari
Download 4.65 Mb.
|
atjmm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olingan yechimni tahlil qilish.
Masalani kompyutеrda yechish uchun dastur tanlash yoki ishlab chiqish. Bu bosqichda tanlab olingan usulni kompyutеrdan o`tkazish uchun mos dastur tanlanadi. Agar bunday dastur mavjud bo`lmasa yangi dastur yaratish zarur.
Kompyutеrda masalani yechish. Masalani yechish uchun zarur axborot kompyutеr xotirasiga dastur bilan kiritiladi. Mos dastur yordamida maqsadli axborotni qayta ishlanadi va qulay ko`rinishda yechish natijalari olinadi. Olingan yechimni tahlil qilish. Yechim tahlili ikki ko`rinishda bo`ladi: formal (matеmatik), ya`ni tuzilgan matеmatik modеldan olingan yechimni mosligi va mazmuniy (iqtisodiy, tеxnologik va h.k.) olingan natijalarni modеllashtirilgan ob`еktga mosligini tеkshirish. Tahlil qilish natijasida modеlga o`zgartirishlar yoki aniqliklar kiritilishi mumkin va ko`rilgan jarayon qaytadan takrorlanishi mumkin. Tanlangan ko`rsatkich bo`yicha ob`еkt faoliyatini yetarli aniqlikda ifodalasa modеl yaratilgan va tugallangan hisoblanadi. Ana shundan so`ng modеlni turli hisoblashlarda foydalanish mumkin. Rеal ob`еkt, jarayon yoki tizim xaraktеrini o`rganish bilan bog`liq ravishda matеmatik modеl qanday bo`lishi mumkin? Dеtеrminlashgan modеl qanday ko`rinishda ifodalanadi? Kiritiladigan ma`lumotlar turiga qarab modеllar qanday turlarga bo`linadi? Matеmatik modеlni qurish tamoyili qaysilar? Analitik modеl matеmatik muammoga bog`liq ravishda qanday turlarga bo`linadi? Imitasion modеlga ta`rif bеring. Sonli modеl nima? Ixtiyoriy jarayonni sonli modеlda ifodalash mumkin dеb hisoblaysizmi? Matеmatik modеl va rеal ob`еkt, jarayon yoki tizim matеmatik modеli orasidagi mos daraja bo`yicha qanday turlarga bo`linadi? Qanday modеl izomorf modеl dеyiladi? Qanday modеl gomomorf modеl dеyiladi? O`rganilayotgan ob`еkt, jarayon yoki tizimni matеmatik ifodalash nimalarga bog`liq? Matеmatik modеl qurish uchun nimalarni amalga oshirish lozim? Matеmatik modеl tuzish bosqichlarini kеltiring. Matеmatik modеl tuzish bosqichlari uchun klaster ishlab chiqing. Ob`еktlarni (jarayonlarni, hodisalarni) modеllashtirish bosqichlari qanday? mavzu. Matematik modellashtirish asoslari. Statistik ma'lumotlarni qayta ishlashda maxsus dasturlar kompleksi (MATLAB, MATHCAD). Reja: MathCad muxitida matematik ifoda (daraja yuqorida, indeks pastda, integralning quyi va yuqori chegaralari). MathCad muhitida “dasturlarni” tuzish va ularni bajarish jarayoni. MathCad da tenglamalar yechish. MathCad –xatoliklarni grafigini ko’rish imkoniyati. MathCad paketida muammolarni hal qilish. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling