Texnik tizimlarda axborot texnologiylari
Download 4.65 Mb.
|
atjmm
Kabel yordamida bog’lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o’ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoqq plata yordamida bog’lanadi.
Simsiz bog’lanish. Wi-Fi(Wireless Fidelity) — ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz vafolik» ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi texnologiyasi deb raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir. Wi-Fi — radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma’lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. WiMAX (inglizcha: Worldwide Interoperability for Microwave Access) — texnologiyasini rivoji hamda koʻtarilishi uchun 1999-yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan edi. Forumga Nokia, Harris Corporation, Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur kompaniyalar qoʻshilishgan. 2005-yil may oyiga kelib ushbu forumda 230 dan ortiq qatnashchilarni birlashtirgan. Oʻsha yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society) tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qoʻygan. WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish (koʻpgina chekka hududlarda telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda). WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda kommunikatsion texnologiyalarga yoʻlni ochish. WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat. WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga oʻrnatilishi mumkin). WiMAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori asosida). Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oraligʻidagi bogʻlanish past chastotali diapason (2–11 GHz) orqali amalgam oshiriladi. Bunday bogʻlanish eng yaxshi sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda maʼlumot uzatishga imkon beradi va toʻgʻridan-toʻgʻri signal koʻrishni talab etmaydi[1]. Shuni yodda tutish lozimki, WiMAX texnologiyasi nafaqat „soʻnggi milya“, balki regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bogʻlashda bemalol qoʻllash mumkin. Qoʻshni baza stansiyalari bilan OYCh (oʻta yuqori chastota 10–66 GHz) toʻgʻridan-toʻgʻri radioaloqa rejimida doimiy bogʻlanish oʻrnatiladi. Bunday bogʻlanishlar 120 Mb/s tezlikda maʼlumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining toʻgʻridan toʻgʻri koʻrish orqaligina bir biri bilan maʼlumot almashinishi bu WiMAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan bogʻlanishga orada toʻsiq boʻla olardi. Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bogʻlanish orqali (T3 va shunga oʻxshash) provayder bilan doimiy bogʻlanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi asosida teng baza stansiyalariga taqsimlash mumkin. IEEE 802.16 tarmogʻi strukturasi odatiy mobil aloqa tarmogʻiga oʻxshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 Km radiusda hizmat koʻrsata oladi. WiMAX texnologiyasi: WiMAX ning ishlash rejimlari. WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud. Fixed WiMAX — fiksatsiyalangan aloqa Nomadic WiMAX — seansli aloqa Portable WiMAX — siljish rejimidagi aloqa Mobile WiMAX — mobil aloqa. 1999 yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 1999-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasida ma‘lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini modernizatziya qilish va uni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘i Respublikada mavjud ma’lumotlarni uzatish va ularni texnik ta’minlash, O‘zbekiston aloqa va telekomunikatsiya (UzPAK) va Vazirlar Mahkamasi ho’zuridagi xo‘jaliklararo axborot – kompyuter xizmati (UzNet) hamkorligida yaratildi. Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ida milliy Provayderlar vazifalari, shuningdek internet xizmatlari UzPAK zimmasiga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlar uzatish milliy tarmoqlarining barcha provayderlari xalqaro tarmoqlarga faqat ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘i orqali ulanish huquqiga ega. 1997 yildan boshlab O‘zbekistonda internet provayderlar xizmat ko‘rsata boshladi.Hozirgi kunda O‘zbekistonda 40dan ortiq internet provayderlar ishlamoqda. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling