Texnik topshiriq
Download 1.64 Mb.
|
Virtual Patient Texnik Topshiriq
Qidiruv – qidiruv tizimi tizimdagi hamma sahifalarda hatto adminlarning sahifalarida ham mavjud bo’lib bu tizim orqali mashg’ulot yoki bemor topshiriqlarni qidirib topish mumkin. Mashg’ulot nomi va bemor topshiriq nomi orqali tizim qidiradi. Universitet profillariga kelsak, ular o’z profillaridan qidirganlarida faqat o’zlariga biriktirilganlari chiqadi xolos. Foydalanuvchilar profillaridan qidirsalar ham ularga tizimdagi barcha mavjudlari chiqadi va uni sotib olishi mumkin.
Qidiruv tizimi har bir rol uchun alohida vazifalarni bajarib avvalo SA profilidagi qidiruv tizimidan foydalanuvchilar nomi va universitet nomlari orqali ularni qidirib topishi mumkin. SM qidiruv tizimi orqali ham foydalanuvchilar nomi va ism-familiyasi va universitet nomi orqali ularni qidirib topishi mumkin. KM qidiruv tizimi orqali mashg’ulot nomi va bemor holati nomi shuningdek kontentlarni va yangiliklarni nomlari orqali ularni qidirib topishi mumkin. OTMA qidiruv tizimi orqali o’ziga tegishli moderator nomi orqali ularni qidirib topishi mukin. Moderatorlar qidiruv tizimi orqali o’zlariga tegishli talaba yoki o’qituvchi nomi va guruh nomi orqali ularni qidirib topishi mumkin. O’qituvchi qidiruv tizimi orqali o’ziga tegishli guruhlarni nomi va talabalarni nomi orqali qidirib topishi mumkin. Talabalar qidiruv tizimi orqali biriktirilgan mashg’ulotlarni nomi va bemor holatlarni (topshiriq) nomi orqali qidirib topishlari mumkin. Foydalanuvchilar qidiruv tizimi orqali mashg’ulot nomi va topshiriq nomi orqali ularni qidirib topishi mumkin. Bunda ular sotib olmagan mashg’ulotlarini ham nomlari orqali sotib olish uchun tizimdan qidirib topishi mumkin. Bosh sahifa qismidagi yangiliklar bo’limida qidiruv tizimi orqali istalgan foydalanuvchi yangilik nomi orqali yangiliklarni qidirib topa oladi. Bosh sahifa bo’limidagi qidiruv tizimi esa ma’lumotlarni yangilik nomi, bosh sahifaga yuklangan boshqa kontentlarning nomlari orqali qidirib topishga yordam beradi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling