Texnika madaniyati
Download 1.16 Mb.
|
Texnika madaniyati
Texnika madaniyati Bazarbaev Diyorbek Reja: 1.Texnika 2.Ma'daniyat 3.Texnika va ma'daniyat uygunligi Texnika (techne — mahorat, sanʼat) — moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Asosiy vazifasi — inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qaʼrini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni oʻzlashtirishga imkon beradi. 19-asrda bosma mashina, telegraf apparatoʻ, fotografiya, ichki yoʻnuv dvigateli, samolyot, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, temir yoʻl transporta rivojlandi va boshqa 20-asrda elektr energiyasidan foydalanish kuchaydi, aviatsiya, atom texnikasi, hisoblash texnikasi, elektronika, televideniye, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika va boshqa taraqqiy etdi. 21-asr boshlaridan axborotlar texnologiyasi (internet, uyali telefon va boshqalar) rivojlana boshladi. Ma'daniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada „madaniyat“ atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi. „Ma'daniyat.“ arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — koʻchmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik — shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan. Madaniyatning 2 asosiy turi — moddiy va maʼnaviy ishlab chiqarishga qarab M.moddiy va maʼnaviy M.ga boʻlinadi. Moddiy M. moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi. Maʼnaviy madaniyatga ong, maʼnaviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, taʼlimtarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, sanʼat, adabiyot, mifologiya, din va boshqalar). Texnika madaniyatining favqulodda hodisasi sifatuda jamiat va tabiat o’rtasidagi munosabatni ta’minlaydi,u ijtimoiy madaniyat jarayonining ajralmas tarkibiiy qismidir. Texnika taraqqiyoti insonning tabiat ustidan xukmronlik qilishida uning imkoniyatlarini kengaytirdi,madaniy va ijtimoiy o’zgarishlarni muqarrar amalga oshiradi. Madaniyatda texnikaning o’rni xususida turlicha qarashlar mavjud. Fan-texnika taraqqiy topgan sharo-itda koʻpgina sotsiologlar va madaniyatshunoslar Madaniyatning yagona gʻoyasini izchil amalga oshirish mumkin emas, degan qoidani ilgari surdilar. Bu politsentrizm, Gʻarb bilan Sharqning azaldan qarama-qarshiligi va ijtimoiy taraqqiyotning boshqa umumiy qonuniyatlarini inkor etuvchi nazariyalarida oʻz ifodasini topdi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling